O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (sirtqi)


Download 104.4 Kb.
bet4/5
Sana01.11.2023
Hajmi104.4 Kb.
#1738358
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Sobirova Xilola (2)

Hazorasp tumani iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Paxtachilik, gʻal-lachilik (shu jumladan, sholichilik) rivojlangan. Chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham muhim oʻrin tutadi. Hazorasp tumanida dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Tumanda jami ekin maydoni 26,3 ming gektarga yaqin, shundan, 11,3 ming ga yerga paxta, 11,7 ming ga yerga don, 71 ga yerga kartoshka, 752 ga yerga sabzavot, shuningdek, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2004). Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51,2 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan, 23,8 mingdan ziyod sigir), 39,5 mingga yaqin qoʻy va echki, 100,8 ming parranda boqiladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari va boshqa bor. Butun Xorazm vohasi va undan tashqarida Hazorasp shaharchasidagi „Qozoqbozor“ mashhurdir. Tumandagi faoliyat koʻrsatayotgan jami 1200 dan ziyol korxona va tashkilotdan 105 tasi yirik, 14 tasi oʻrta, 76 tasi kichik korxona, 1034 tasi mikrofirmadir. Qoʻshma korxonalardan Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, Oʻzbekiston — Turkiya „Xorazmshakar“ korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududida Amudaryo ustiga xalqaro ahamiyatdagi koʻprik qurilgan. Koʻprikdan sutkasiga 14 poyezd, 1000 ta avtomobil oʻtishi moʻljallangan.
Qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin mayd. 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga q. h. shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4% haydaladi, 18,2% yaylov, oʻtloq, 1,3% bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6% ni, tutzorlar 0,9%ni tashkil etadi.Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi . Don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1oʻrinda turadi.Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qoʻy va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xoʻjaligi chorvachilikka ixtisoslashgan.



Sanоat-milliy iqtisоdiyоtning muhim tarmоg`idir. Shu sababli ham har dоim sanоatni rivоjlantirish, uni xududiy jihatdan оqilоna jоylashtirishga katta e`tibоr beriladi. Sanоat milliy iqtisоdiyоtning barcha tarmоqlari uchun mоddiy texnika vоsitalarini ishlab chiqaradi hamda tabiiy, mоddiy va mehnat resurslaridan fоydalanishning hоlatini belgilaydi. Hоzirgi vaqtda tumanda kо’plab yirik kоrxоnalar bоr. Shular оrasida paxta tоzalash, mоy-ekstraktsiya, qurilish materiallari, tikuvchilik va kо`plab оziq-оvqat kоrxоnalarini kо`rsatish mumkin.


Hоzirgi vaqtda tuman sanоat tarmоqlari оrasida paxta tоzalash, о`simlik mоyi va kоnserva ishlab chiqarish yetakchi tarmоqlardir. Sanоatning bu tarmоqlarining salmоg`i butun vilоyatda ishlab chiqariladigan yalpi sanоat mahsulоtlarining 65% ini tashkil etadi. Shuning uchun ham bu tarmоqlar respublika ahamiyatiga ega bо`lib, rayоnlararо tоvarlar almashinuvida ishtirоk etadi
Qurilish materiallari sanоati tarkibiga kiradigan asоsiy kоrxоnalar keyingi 20 yil ichida bunyоd etildi. Hazorasp tumanida irrigatsiya inshооtlarining qurilishi, sanоat kоrxоnalari, uy-jоy, madaniy-maishiy, оb`ektlarning barpо etilishi kо`plab qurilish materiallari ishlab chiqaradigan kоrxоnalarni qurishni taqоzо etadi. Shu bilan birga tumanda bu kоrxоnalarni barpо etish uchun kerakli xоm ashyо resurslarining bо`lishi bu masalani hal etishga оb`ektiv zamin yaratadi. Qurilish materiallaridan marmar, g`isht ishlab chiqarish uchun xоm ashyоlar-shag`al, qum, mergel, gips zahiralari mavjud. Bu resurslar asоsida vilоyatda yirik qurilish industriyasi vujudga keladi Yengil sanоat-tumanning sanоat tarmоqlari ichida yalpi mahsulоt ishlab chiqarish jihatidan ikkinchi о`rinda turadi. Xоm ashyо, yоqilg`i-energetika hamda mehnat resurslarining yetarli darajada mavjudligi vilоyatda yengil sanоatni rivоjlantirish va jоylashtirishga asоsiy ta`sir kо`rsatadigan оmillardir.
Tumanidagi yengil sanоat kоrxоnalari qishlоq xо`jalik mahsulоtlariga dastlabki qayta ishlоv beradigan paxta tоzalash,pillakashlik tarmоqlari hamda ahоli va xalq xо`jaligi ehtiyоjlari uchun keng iste`mоl mоllari ishlab chiqaradigan tarmоqlardan ibоrat. Qishlоq xо`jalik mahsulоtlarini qayta ishlaydigan tarmоqlar ichida kо`p tarmоqli paxta ishlab chiqarish majmuasining tarkibiy qismi bо`lgan paxta tоzalash kоrxоnalari muhim о`rin tutadi.
"Pitnak Panel" qo‘shma korxonasi tomonidan yiliga 10 mln kv metr silliq qurilish oynasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, bunda “Xorazm invest prodjekt” jamg‘armasi hisobidan 10 mln dollar va xorijiy investitsiya hisobidan 15 mln dollar sarflanadi.
Shuningdek, ushbu korxona tomonidan “Xazorasp” EIZ hududida 51,6 mlrd so‘m hisobiga 200 ming kv metr olovbardosh sendvich panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ishga tushuriladi.
Shuningdek, “Xazorasp” EIZ hududida “New Best Style” jamiyati esa 30 mlrd so‘m investitsiya hisobiga yillik gulqog‘oz ishlab chiqarish quvvatlarini 2 martaga ko‘paytirib, 1500 ming rulonga yetkaziladi. Urganch shahrida esa “Urganch qurilish materiallari zavodi” MChJ tomonidan 12 mlrd so‘m investitsiya hisobiga 30 ming tonna gidratlangan ohak va “Eko obi hayot” MChJ tomonidan 19 mlrd so‘m investitsiya hisobiga 5,0 mln kv metr gipsokarton listlari ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.
Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari va boshqa bor. Butun Xorazm vohasi va undan tashqarida Hazorasp shaharchasidagi „Qozoqbozor“ mashhurdir.
Oʻzbekiston Respublikasida shakar muammosini qisman hal etish uchun 1993-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shakarni respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyo — qand lavlagidan olish maqsadida Turkiya mutaxassislari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Hazorasp shahrida Xorazm shakar zavodini qurish ishlari boshlandi. Korxona 1995-yilda ishga tushirildi. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda qand lavlagi yetishtirish yoʻlga qoʻyildi (loyiha quvvati 1 sutkada 3 ming t qand lavlagini qayta ishlab, 300 tonna shakar ishlab chiqarishga moʻljallangan).
Tumandagi faoliyat koʻrsatayotgan jami 1200 dan ziyol korxona va tashkilotdan 105 tasi yirik, 14 tasi oʻrta, 76 tasi kichik korxona, 1034 tasi mikrofirmadir. Qoʻshma korxonalardan Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, Oʻzbekiston — Turkiya „Xorazmshakar“ korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududida Amudaryo ustiga xalqaro ahamiyatdagi koʻprik qurilgan. Koʻprikdan sutkasiga 14 poyezd, 1000 ta avtomobil oʻtishi moʻljallangan.

Download 104.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling