I-Bob. TEXNIK QISM
1.1 Aminlar to’g’risida umumiy malumot. Aminlarning xossalari .
Aminobirikmalarni ammiak molekulasidagi vodorod atomlarini uglevodorod radikallariga almashinishidan hosil bo'lgan birikmalar deb qarash mumkin. Ammiakdagi bitta vodorod radikalga almashsa birlamchi , ikkita vodorod almashsa ikkilamchi va uchta vodorod almashsa uchlamchi amin hosil bo'ladi:
MEA
|
HO →N →H
↓
H
|
Mm = 61 g/mol
Tq = 170 o C
= 1020 kg/m3
|
DEA
|
HO → N →OH
↓
H
|
Mm = 105g/mol
Tq = 105 o C
= 1100 kg/m3
|
MDEA
|
HO → N →OH
↓
CH3
|
Mm = 119 g/mol
Tq = 243 o C
= 1040 kg/m3
|
Nomlanishi va izomeriyasi. Aminobirikmalarni empirik nomenklatura bo'yicha nomlashda aminoguruh bilan bogʻlangan radikal nomi oxiriga «amin» so'zi qo'shib o'qiladi. Sistematik nomenklatura boʻyicha nomlashda esa aminobirikma molekulasidagi uglerod atomining soniga qarab, unga mos keladigan to'yingan uglevodorod nomi oldiga «amino» so'zi qo'shib, aminoguruh va radikallarning holati raqamlar bilan ko'rsatiladi.
Olinish usullari Aminobirikmalarni spirtlar va galoid-alkillarga ammiak ta'sir ettirib, nitrobirikmalar, nitril va izonitrillarni qaytarib, kislota amidlarini oksidlab va boshqa usullar bilan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |