O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 277.54 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi277.54 Kb.
#1246426
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Olimjonov Olimjon



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan




KURS ISHI
Mavzu: Globallashuv sharoitida mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish omillari.


Bajardi: Olimjonov.O
Tekshirdi: Israilov.Z

Andijon 2023


Mavzu: Globallashuv sharoitida mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish omillari.
M U N D A R I J A
Kirish
1. Raqobatning ko‘rinishlari va iqtisodiyotda tutgan o‘rni, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi.


2. Globallashuv sharoitida raqobatning iqtisodiy tabiatini tizimli tahlili va chet el tajribasi.



3. Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshlik omillari va uni oshirish strategiyasi.
Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish

Iqtisodiyotni tartibga soluvchi «ko‘zga ko‘rinmas qo‘l» raqobatdir. Shunday ekan, har bir mamlakat iqtisodiyotining qay darajada rivojlanishi shu davlatdagi raqobat muhitining amaldagi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, erkin bozor iqtisodiyotining negizini tashkil etuvchi munosabatlardan biri - bu raqobat deyish mumkin. Zero, raqobatni rivojlantirmay va uni himoyalash mexanizmini yaratmay turib, iqtisodiyotni erkinlashtirish yoki iqtisodiy samaradorlikka erishishni tasavvur qilish qiyin.


Shu sababli, raqobat, uning turlari, shakllari va iqtisodiyotdagi ahamiyatini bilmay turib iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, uning mazmunini anglab yetish juda qiyin. Raqobat — iqtisodiyotni harakatga keltiradigan kuch, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda uning roli beqiyosdir. Shu bois davlatimiz tomonidan monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni huquqiy tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«Raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur». Bugungi kunda raqobat muhitini yaratish uchun erkin raqobatni himoya qilish va monopoliyani cheklashga qaratilgan bir qator huquqiy me’yoriy aktlar tizimini yaratish eng muhim masalaga aylandi. Raqobat muhitini yaratishga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirmasdan turib, xalqimizning mahsulot (ish, xizmat)lardan sifatli hamda kafolatli foydalanishi, mahsulotlarning muqobilligi va iste’molchilar manfaatlarini to‘liq qondirilishini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faoliyat ko‘rsatadi. Bu hol ko‘pgina ilmiy risolalarda yetarli darajada isbotlangan, shuning uchun aksioma sifatida qabul qilinadi. Raqobat siyosati fani raqobat kurashi sharoitida korxonaning xatti-harakatini tadqiq qiladi, raqobat kurashining mohiyati va shakllarini o‘rganadi, raqobat sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini, jumladan, korxona rivojlanishi turli strategiyalarini shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini tahlil qilishni o‘rgatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyasini raqobat kurashidan alohida ko‘rib chiqish mumkin emas. Raqobat – bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o‘zaro bellashuvidir.
Odamlarni biri- biri bilan kurashi emas, balki, manfaatlar to‘qnashgan joyda vujudga kelgan kurashishi raqobat deyiladi. Raqobat - bozorning asosiy sharti va qonunidir. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yo‘llash uchun ham kurashadi. Tarmoq sotuvchilarining raqiblari bilan bozordagi eng yaxshi o‘rin va raqobat ustunligiga erishish uchun kurashda sarflayotgan kuch-g‘ayrati raqobatning eng yaxshi va yaqqol indikatori hisoblanadi. Firmaning raqobat strategiyasi bozorda muvaffaqiyatga erishish va imkon boricha raqib firmalar ustidan raqobat ustunligiga erishish bo‘yicha faoliyat dasturidan iborat. Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo`ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.

Download 277.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling