O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti


-mavzu: O‘zbekistonning bronza davri me’morchiligi


Download 120.23 Kb.
bet2/9
Sana07.11.2023
Hajmi120.23 Kb.
#1753942
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Kurs O‘zbekistonning memoriy yodgorliklari

2-mavzu: O‘zbekistonning bronza davri me’morchiligi.
Yonboshqal’a IV, Tolstov makoni. Janubiy O‘zbekistonning bronza davri Me’moriyyodgorliklari. Sopollitepa, Jarqo‘ton va ularning me’moriy-rejaviytuzulishi. Shimoliy Baqtriya me’morchiligining shaharsozlik alomatlari. O‘rta Osiyoning shimoliy va sharqiy hududlari me’morchiligi. Tozabog‘iyob, Chust va Burgulik madaniyati me’morchiligi.


3-mavzu: O‘zbekistonning milloddan avvalgi IX-IV asrlar davri
me’morchiligi.
Avesto matinlari va ilk davlatlarda me’morchilik. Baqtriya, So‘g‘d, Marg‘iyona, Xorazmlarning shahar me’morchiligining shakllanishi. Afrosiyob, Yerqo‘rg‘on, Sangirtepa, Qiziltepa va Kuchuktepalarning qadimgi bosqichlari. Qadimgi Marv, Buxoro, Xiva, Termizlarning mil. avv. VI-IV asrlarda. O‘troq dehqonchilik vohalarida uy-joy me’morchiligi xususiyatlari.
4-mavzu: O‘zbekistonning antik davri me’morchiligi taraqqiyoti.
Siyosiy tarix. Yangi davlatlarning qaror topishi va ularning almashinishi. Sharq me’morchiligi va ellinizm.(Me’morchilikda order, modul, naqshlar).O‘zbekistonning antik davri shaharlari. Qurilish rejalari, qurilish usullari, mahobatli, uy-joy va diniy imoratlar me’morchiligi. Nisaibodatxonasi. Yunon-Baqtriya va Kushonlar davlatlari. Xolchayon, Dalvarzintepa, Termiz, Zartepa, Saksanoxur. Me’morchilik kompazitsiyasi: qurilish rejalari , qavatli uylar. Kesh va Naxshab, Yerqurqon. Me’moriy bezaklar freska va polixromiya. Ibodatxonalar xilma-xilligi, Budda, Zardushtiylik, Xristianlik ibodatxonalari. Dafn va memorial me’morchilik. Xorazm, Kengsoy, Davon, Choch me’morchiligi. Xorazmda Quyqirilganqal’a va Tuproqqal’a me’morchiligi. Kanka, Qovunchitepa, Shoshtepa, Davonning o‘rta asrlar shaharlari. Mahalliy memorchilik maktablarining shakllanishi va ularning asosiy belgilari.


5-mavzu: O‘zbekistonning ilk o‘rta asrlar me’morchiligi.
Ilk o‘rta asrlarda ijtimoiy iqtisodiy hayot va uning me’morchilika tasiri. Asosiy qurilish materiallari va standartlari. Gumbaz va qubbalar taraqqiyoti. Qasr mazkur davr uchun xos bo‘lgan me’morchilik imorati. Qasr me’morchiligining uchta shakli (Saroy, uy-qo‘rg‘on, mudofaa majmuasi). Shahar me’morchiligining yangi belgilari: mudofaa inshootlari hususiyatlari, tuzilishi. Ark ko‘rinishlari (Qasr, ma’muriy markaz, qal’a). Shaxristonlarning rejalashtrilishi. Olov va ajdodlar, buda va xristian dinlari ibodatxonalari. O‘rta Osiyo vohalari asosiy markazlari tavsifi: So‘g‘d-Samarqand, Buxoro, Varaxsha, Poykend, Panjikent; Toxariston-Termiz, Ajinatepa; Kesh-Kitob, Avultepa, Jongultepa; Xorazm-Qasrlar, Mizdaxkan, To‘qqal’a; Usturshona-Qoratepa, Karvonsaroy; Choch-Iloq-Kanka, Mingo‘rik, Tunket; Farg‘ona-Axsiket, Quva: Marva va Marg‘iyona shaharlari; Mazkur davr me’moriy bezaklari: Mahobatli rang tasvir va haykallar, ganch va ganch uymakorligi, terrakotik uyma naqshlar. Dafn etish me’morchiligi, Nauslar, yer osti va usti sag‘analar, mug‘xona, tosh tobut va boshqalar.



Download 120.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling