8-mavzu: Siyosiy voqealar va uning me’morchilikdagi o‘rni
1970 yilda O’zRFA qoshidagi Arxeologiya institutining tashkil etilishi davridagi shart sharoitlar. Sobiq sho’rolar tuzumi davrida arxeologik yodgorliklarni o’rganish ish keng yo’lga qo’yilgan bo’lsada, keyinchalik ularni saqlash va ta’mirlash ishlariga e’tibor kam bo’lgan. O’zFA Arxeologiya institutining ma’lumotlariga ko’ra, respublikamiz hududida 1960 yilgacha 30 mingtaga yaqin arxeologik yodgorliklar bo’lgan. Ularning buzilishi va yemirilishi, ekin maydonlariga qo’shilib ketishi oqibatida 80—yillarga kelib, ularning soni 9 mingtaga tushib qolgan va 90 – yillarning o’rtalariga kelib, bu obidalarning soni bor-yo’g’i 5391 tani tashkil etgan. Oʼzbekistonning mustaqilligi davrida arxeologiya fanining rivojlanishi. Kashfiyotlar va yutuqlar. Xalqaro ekpeditsiyalar faoliyati. Xalqaro arxeologik shartnoma tuzishning ilmiy asosi. Xalqaro ilmiy shartnomaning asosiy bandlari. Xalqaro arxeologik ilmiy shartnoma bandlari YuNESKOning xalqaro ilmiy shartnomalar talablariga toʼliq javob berishi shart. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy kengashi “Oʼzbekistonda tarixiy - arxeologik yodgorliklarni saqlash” boʼyicha qonunning qabul qilinishi. Qonunning moddalari bilan talabalarni tanishtirish. Oʼzbekistonda arxeologik tadqiqotlar oʼtkazish qoidalari. “Ruxsatnoma” (Ochiq varaq) olish tartibi. Аrxeologik tadqiqot oʼtkazish tartib va qoidalari.
9-mavzu- Janubiy O’zbekistonning bronza davri memoriy yodgorliklari
Baqtriya-Margʻiyona madaniyati miloddan avvalgi XXIII-XVIII asrlarda janubiy Oʻzbekiston, Sharqiy Turkmaniston, Afgʻoniston shimolida mavjud boʻlgan bronza davri sivilizatsiyalaridan biridir. Bunday sivilizatsiyaning mavjudligi haqidagi fikr 1976-yilda arxeolog V. I. Sarianidi tomonidan eʼlon qilingan. Baqtriya-Margʻiyona madaniyati bizning davrimizda hind-yevropaliklar kelguniga qadar mahalliy madaniyat sifatida qaraladi. Bu madaniyat boʻyoqsiz kulolchilik buyumlari, ikki qavatli kulolchilik ustaxonalari, mis va bronza quyma buyumlar (pichoq, xanjar), aravachalarning loydan yasalgan modellari, tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari bilan ajralib turadi. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik sanoati shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligini koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |