III.1. SEMINAR MASHG‘ULOT MAVZULARI
II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: Tosh davrida me’morchilikning paydo bo‘lishi
Tosh davrida me’morchilikning paydo bo‘lishi. Gʻor, kamar, chayla va yerto‘lalarning o‘zlashtirilishi va ularda kishilarning moslashishi.Neolit davri yer usti uylari: Joytun, Monjuklidepa, Kanka va boshqalar. Aylana rejadagi diniy va shilab chiqarish komponentlari. Me’moriy bezaklar. Mil. Avv. IV-III ming yilliklar davri katta patriarxal oila uy-joy massivlari. Qoratepa, Geoksyur, Changdepa. Manzilgohlar xajmining kengayishi va me’moriy-rejaviy tuzilishining murakkablashishi. O‘rta Osiyoning mil. avv. III ming yilliklar davri protoshahar madaniyati. Oltindepa. Ibodatxona, uy-joy me’morchiligi evolyusiyasi.
2-mavzu: XVII-XIX asrlarda o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat
XVII-XIX asrlarda o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. Bu davrme’morchiliginig o‘ziga xos xususiyatlari. Qurilish uuslublari, qurilishhomashyosi, bezaklari va bezak turlari. Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Xorazm, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadariyo vohalari memoriy yodgorliklari.
3-mavzu: Avesto matinlari va ilk davlatlarda me’morchilik
O‘zbekiston hududida esa bu davr miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida boshlanib, miloddan avvalgi VIII asrlargacha davom etadi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyoti ham o‘ziga xos tarzda davom etgan. O’rta Osiyoning janubiy hududlarida dehqonchilikmadaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati shakllangan. O‘zbekistonning janubiy-sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Samarqand, Farg‘ona va Qarshi vohasi hududlarida ilk shahar madaniyati izlari so‘nggi bronza davriga kelganda vujudga keldi. Ungacha ushbu hududlarda ko'chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni Andronovo va Tozabog‘yob madaniyatlari aholisi yashab kelgan. O‘zbekistonning shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so‘nggi bronza va ilk temir davrida chorvador qabilalar o'troqlashib, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar va ular asosida qishloqlar tashkil etiladi.
|