O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi angren universiteti
Download 61.02 Kb.
|
Internet madaniyatida milliylik savodxonlik va yangilanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Angren-2023 Internet madaniyatida milliylik savodxonlik va yangilanish Mundarija: Kirish
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar royxati Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANGREN UNIVERSITETI MUSTAQIL ISH Fan: Iqtisodiyotda innovatsion kommunikatsion texnologiyalar MAVZU: Internet madaniyatida milliylik savodxonlik va yangilanish Guruh: I-23/1 Bajardi: Kimsanova Shaxnoza Qabul qildi: Uralov S. Angren-2023 Internet madaniyatida milliylik savodxonlik va yangilanish Mundarija: Kirish 1. Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar 2. Axborot madaniyatining funksiyalari 3. Ijtimoiy tarmoqlarda axborot madaniyatining shakllanishi 4. Internet madaniyatida milliylik, savodxonlik va yangilanish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko’plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo’q, deb o’ylayman. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo’lsak, haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. (Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo’llagan tabrigidan) Axborot mavzusi insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etib, bugungi serqirra va intensiv hayotimiz, globallashuv jarayonlarida esa axborot yanada dolzarb masala bo’lib, endilikda axborotga egalik, zamonaviy tizimlarining shakllanganligi mamlakatning demokratik rivojini sifatlovchi omilga aylandi. Yurtboshimiz rahnamoligida o’tkazilgan tizimli islohotlar, yaratilgan mukammal qonunchilik baza, aloqa va telekommunikatsiya sohasida olib borilgan texnologik modernizatsiya ishlari tufayli mamlakatimizda zamonaviy axborot sohasi barpo etildi. Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g`risida"gi Qonunda "O’zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo’ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida"gi Qonunda "Pornografiya, shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan. Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to’g`ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo’ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko’magiga muhtoj. Biz o’sib kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirishimiz lozim. Axborot makonining globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, buni amalga oshirishda jamiyatimizning keng qatlamlari: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.1 Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo’yib bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Download 61.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling