O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 120.72 Kb.
bet2/7
Sana08.11.2023
Hajmi120.72 Kb.
#1757880
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xitoyda Manjurlarning hukmronligi o`rnatilishi. Tsin hukumatining ichki siyosati kurs ishi

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Xan xitoylarining Manjuriyada yashashi taqiqlanadi, ammo bu qoidaga amal qilinmaydi va XIX asr boshlarida Xan xitoylari mintaqa shaharlarida ko'pchilik aholini tashkil qildi.
1668-yilda imperator Kansi hukmronligi davrida Sin hukumati sakkiz bayroqli qismlarga tegishli bo'lmagan odamlarning bu hududga kirishini taqiqlash to'g'risida qaror qabul qildi.

ASOSIY QISM.
1-BOB. MANJURLAR HUKMRONLIGI VA TSIN HUKUMATI

    1. Xitoyda XVII asrdagi dehqonlar urushi va manjurlar hukmronligining o`rnatilishi.

XVII asrning 30-40-yillarida Xitoy davlati chuqur tushkunlikni boshdan kechirmoqda edi. Soliqlarning ko`payishi dehqonlarning ersizlanishi, savdo-sudxo`rlik asoratining kuchayishi, amaldorlarning sotqinligi Xitoy tarixida uzoq davom etgan 1628-1644-yillardagi qo`zg`olonni keltirib chiqardi.
40-yillar boshida qo`zg`olon yangidan yuksala boshladi. Qo`zg`olonda 2 ta markaz bo`lib, biri Xubey va Shensi viloyatlarida joylashgan bo`lsa, ikkinchisi Sichuan viloyatida joylashgan edi. Birinchi guruhdagi qo`zg`olonchilarga qishloqdagi dehqon oilasidan chiqqan sobiq cho`pon va pochta kureri Li Tszichen (1606-1645), ikkinchi guruhga esa sobiq soldat Chjan Syanchjun (1606-1647) boshchilik qilardi.
Qo`zg`olonchilar o`zlarining doimiy qurolli kuchlariga, hokimyat boshqaruv organlariga ega edilar. Ularning asosiy talablari hukmron Min sulolasini ag`darib tashlash, og`ir soliq zulmini yo`q qilishdan iborat edi.
1644-yil 25 aprelda Li Tszichen boshliq dehqonlar armiyasi mamlakat poytaxti Pekinni egalladi. Imperator Chju Yu-tszyan o`z joniga qasd qilib, halok bo`ldi. Li Tszichen imperator deb e`lon qilindi. Minlar sulolasining hukmronligi tugatildi.
Qo`zg`olonchilar Pekinni egallaganidan keyin mamlakatda tinchlik o`rnatishga harakat qildilar. Turmalardagi mahbuslar ozod qilindi, o`z shafqatsizliklari bilan nom chiqargan sobiq amaldorlar sud qilindi. Shu bilan birga Li Tszichen boshliq yangi sulola bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Qo`shin va davlat apparatini saqlash uchun mablag` kerak edi, bu mablag`ni esa faqat aholidan soliq olish yo`li bilan topish mumkin edi. Shuning uchun ham yangi hokimyat yaqindagina bekor qilingan soliq va majburyatlarni qayta tiklaganligini e`lon qilishga majbur bo`ldi. Bu esa hokimyatni mustahkamligini xavf ostiga qo`ydi va aholiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Yana bir katta xavf Xitoyga shimoldagi Manjurlar armiyasi tomonidan paydo bo`lgan edi. Xitoyning shimolida yashovchi manjur qabilalari birlashib, XVII asr boshlarida Nurxatsi boshchiligida o`z davlatini tuzdilar. Nurxatsining o`g`li va vorisi Abaxayxon hukmronligi davrida Tsin (sof, yorqin) (chistoe,svetloe) davlati tuzilganligi e`lon qilindi.1
Manjurlar davlati armiyasi otliklardan tashkil topgan bo`lib, u 8 ta bayroqqa (armiyaga) birlashgan edi, shuning uchun ham “8 bayroqli armiya” nomini olgan edi. Xitoyga hujum qilish arafasida manjurlar armiyasida 200 mingga yaqin askar bor edi.
Xitoydagi Min sulolasining harbiy qo`mondonlaridan biri U Sanguy qo`zg`olonchilarga qarshi kurashda manjurlardan yordam so`rashga, keynchalik esa mamlakatda o`z hukmronligini o`rnatishga intiladi. Shu maqsadda u 1644 yil bahorida manjur qo`shinlari bilan birgalikda Xitoyni bosib olishga kirishadi, bu bosqinchilik deyarli 40 yil davom etib, 1683 yilda yakunlanadi. 1644 yil may oyida Buyuk Xitoy devori (Shanxayguan) yonida Li Tszichen qo`shinlari bilan manjurlar va U Sanguy qo`shinlari o`rtasida katta jang bo`ladi. Qo`zg`olonchilar armiyasi mag`lubiyatga uchrab, Pekinni tashlab ketishga majbur bo`ladilar.



    1. Download 120.72 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling