O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Eshitish organlarini individual himoyalash choralari


Download 64.32 Kb.
bet6/9
Sana08.11.2023
Hajmi64.32 Kb.
#1758243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
022-20 HFX fani Must ishi 1 BazarovU

Eshitish organlarini individual himoyalash choralari:

1. Mexanizmning aylanma qismlarini o‘ta aniq hisob bilan bosish va balansirovka qilish.


2. Dinamik tovush bosuvchilardan foydalanish.
3. Silkinish manbai oborotlari sonini o‘zgartirish (chastota ko‘p bo‘lsa), moslamaning qattiqligini ko‘paytirish, ya’ni tebranishlar amplitudasini kamaytirish lozim. Bunga moslamaning egiluvchanligi va mustahkam emasligi holatida erishish mumkin.
4. Mashina poydevori va asosi o‘rtasida zich prokladkalardan (rezina, voylok, yog‘och, probka, prujina va ressorlar) foydalanish mumkin.
5. Mexanizmlarning qaytish-kirishish xarakatini aylanuvchan (podshipnik) – chayqalma, sirg‘aluvchan podshipniklar bilan, po‘lat detallarni plastmassali bilan almashtirish.
6. Mashinalar detallari uchun yopishqoq materiallar va qotirmalar qo‘llash. Bunday himoya turi shovqinning yuzaga kelish manbaida silkinish va shovqinga qarshi kurashning asosiy choralaridan biridir.

Ultratovush va infratovushlardan himoyalanish.

Inson qulog‘i 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan chastotali tovushlarni eshita oladi. 16 Gs dan kichik chastotali tovushlar – infratovushlar, 20000 Gs.dan katta chastotadagi tovushlar- ultratovushlar deb ataladi .


Ultratovushlarni tizimli ravishda insonga ta’sir etishi tez charchashga, quloqlarda og‘rik paydo bo‘lishiga, bosh og‘rigiga, asab va yurak – tomir tizimi ish faoliyatini buzilishiga olib keladi. Shu sababli, ultratovshli qurilmalar bilan bevosita kontaktda bo‘lish taqiqlanadi.
Ultratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri tovushni izolyasiyalovchi kojuxlar va ekranlardan hamda masofadan boshqarish (“distansion”) moslamalaridan foydalanish orqali bartaraf etiladi.
Infratovushlar tabiatda er qimirlashlar, vulqonlar, dengiz to‘lqinlari vaqtida yuzaga keladi. Infratovushlarning sun’iy manbai - dizelgeneratorlari, kompressorlar, turbin dvigatellar, elektrovozlar, teplovozlar, sanoat ventilyatorlari va boshqa katta o‘lchamli mashina-mexanizmlar hisoblanadi. Past chastotali tebranishlarning uzoq vaqt ta’siri toliqishga, bosh aylanishiga, uyquning buzilishiga, asabiy zo‘riqishga, markaziy nerv tizimining ish faoliyatini, qon aylanish jarayonini, yurak-tomir tizimini va oshqozon-ichak faoliyatini buzilishiga olib keladi. Inson qisqa vaqtda tovush bosimi darajasi 150 dB gacha bo‘lgan infratovushlarga bardosh bera oladi. Tovush bosimi 150 dB dan yuqori infratovushlar o‘limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, infratovushlar chastotasi inson ichki a’zolarining chastotasiga (3-9 Gs) teng bo‘lganda o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunday vaqtda rezonansli tebranish hosil bo‘lib, ichki a’zolarga katta bosim ta’sir etadi. Shunga mos holda nafas olish a’zolari uchun 1…3 Gs, yurak uchun 3…5 Gs, miya biotoki uchun – 8Gs, oshqozon uchun –5…9 Gs chastotali infratovushlar xavfli hisoblanadi. Infratovushlarni o‘lchash uchun maxsus infratovushli mikrofonlar va asboblar ishlatiladi.



Download 64.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling