O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 1.16 Mb.
|
Turdaliyeva S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- H I S O B O T I
- Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi (nashriy, elektron, brayl, audio, badiiy adabiyotlar soni)
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI TRX-EU-18 guruhi talabasi TURDALIYEVA SARVIGUL ALISHER QIZIning NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT-RESURS MARKAZIDA o`tagan malakaviy amaliyoti bo`yicha H I S O B O T I Malakaviy amaliyot rahbari: _____________________________ Namangan - 2022 yil Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazi to`g`risida MA’LUMOT Axborot-resurs markazi faoliyatini tartibga solivchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjudligi va ish yuritish tizimining holati. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to'g'risida” Toshkent sh., 2006 yil 20 iyun, PQ-381-son. O'zbekiston Respublikasining Qonuni “Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida” Toshkent sh., 2011 yil 13 aprel, O'RQ-280-son. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida” Toshkent sh., 2017 yil 13 sentyabr, PQ-3271-son. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida” Toshkent sh., 2019 yil 7 iyun, PQ-4354-son. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori “2020 — 2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida” Toshkent sh., 2020 yil 14 dekabr, 781-sonli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo’yicha ish yuritib kelinmoqda. Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi (nashriy, elektron, brayl, audio, badiiy adabiyotlar soni) - 2022 yil 1 may holatiga ko’ra 119 nomda, 663 sondagi adabiyotlarni kirim qilindi. Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 2022 yil 1 may holatiga ko’ra 15573 nomda, 271800 sondagi adabiyotlarni tashkil etadi. Shundan, 4074 nomdagi 80837 nusxadagi darsliklar, 3532 nomdagi 66388 nusxada o’quv-qo’llanmalar, 3105 nomdagi 51912 nusxada ilmiy adabiyotlar, 3452 nomdagi 46363 nusxada badiiy adabiyotlar hamda 1410 nomdagi 26300 nusxadagi boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Bugungi kunda Axborot-resurs markazimiz bir vaqtning o’zida 1050 nafar foydalanuvchilarga hizmat qilish imkoniyatiga ega bo’lib, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida 320 nafar foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishga ega. Axborot-resurs markazi hududida 100% Wi-Fi zona mavjud va kitobxonlar foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uchun bo’lim administratsiyasidan ro’yhatdan o’tib, o’zlarida mavjud bo’lgan login parol asosida internetdan keng foydalana oladilar. Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 2022 yil 1 may holatiga ko’ra 15573 nomda, 271800 sondagi o’quv adabiyotlarni tashkil etib, shundan 16961 nomdagi adabiyotlarni to’liq elektron shaklga o’tkazilgan. Bular quyidagicha: 4168 nomdadarsliklar, 4869 nomda o’quv-qo’llanmalar, 4229 nomda ilmiy adabiyotlar, 1545 nomda siyosiy adabiyotlar, 2108 nomdabadiiy adabiyotlar hamda 42 nomda boshqa adabiyotlarni o’z ichiga oladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling