O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy nazorat (YaN)
Oraliq nazorat (ON) –semestr davomida o’quv dasturining tegishli
(fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat semestr davomida ikki marta o’tkaziladi va shakli yozma, og’zaki, test va hokazo bo’lishi mumkin. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriklarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda- 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. Yakuniy nazorat (YaN) –semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” yoki test shaklida o’tkaziladi. ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi. Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini baholash talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasini 5 ballik tizimda ifodalanadi. ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq tuzilgan jadvallar asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi. Oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi oraliq nazorat uchun esa yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi. Talaba semestrda ON turlari bo’yicha qoniqarsiz baho olsa YaN ga kirishi ruhsat etilmaydi. Yakuniy nazoratda qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi va belgilangan tartibda qayta topshirish jadvali asosida qarzdorlikni bartaraf etish lozim. Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o’quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling