O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
8-Amaliy mashg’ulot
RDB texnologik formulasini STF ishlab chiqarish metodikasi Texnologik jihozlarinig STF siga misollar Dastgoh quvvati formulasi (DQF) dastgohga o’rnatilgan har bir yuritmaning dvigatellari, tok turi va aylanish chastotasi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Quvvat formulasi barcha yuritmalar va yordamchi dvigatellarning ketma ket yozilgan kodlaridan tashkil topadi. Barcha kodlar yig’indi (“+”) belgisi bilan bir biri bilan bog’lanadi. Har bir kod quvvat belgisi (“N“ harfi yuritma adresi indeksi bilan)va ketidan yozilgan kasrdan tuziladi. Kasr suratida dvigatel quvvati (kilovattda) va tok turi belgisi (“- “-doimiy tok va “~” - o’zgaruvchan tok), maxrajida esa dvigatelning aylanish chastotasi yoziladi. Yordamchi dvigatellar tarkibiga moylash, sovutish, qisish va boshqa tizimlar dvigatellari kirish mumkin, ularning formuladagi yozilish tartibi ixtiyoriydir. Misol tariqasida RDB vertikal frezalash dastgohining quvvat formulasi quyidagicha bo’ladi: FMS:= , + , + , + ~ + , + + , ~ + , ~ Bu yerda indekslarda surish harakati dvigatellari (x, y, z ), shpindel dvigateli (sh), moylash (sm), sovutish (oxl) va gidravlik kisish (zaj) tizimlari dvigatellari belgilangan; kasrlar suratida dvigatellari quvvati (kVt) va tok turi (- - doimiy va ~ - o’zgaruvchan); maxrajida esa dvigatelni aylanish chastotasi (ayl/min) ko’rsatilgan. RDB ko’p operatsiyali va asboblarni avtomatik almashuvi qurilmali parmalash frezalash dastgohining quvvat formulasi shunday yoziladi: FMS:= , + , ÷ + , ÷ + , ÷ + 2, 2 ~ 1420 + . 0,055 3600 + 0,6 1360 + 0,077 3600 + 0,055 3600 + , 0,055 3600 + . 0,055 3600 Bu yerda: N or.shp - almashuvdan oldin shpindelni orientatsiya qilish dvigateli; N gd - gidronasos dvigateli; N dr - manipulyator dvigateli; N ki - manipulyator qo’lini burish dvigateli; N pov.Md - diskli asboblar magazinini burish dvigateli; N per.sk - tezliklarni ulash dvigateli. Qolgan belgilar yuqoridan ko’rinib turibdi. SHuning bilan, RDBdastgohining formalizatsiyalashgan tasnifi STF, SPF, DQF, KTS dan tashkil topgan. Ularga qo’shimcha ravishda tsiklograf va kombinatsiyalashgan KTS qo’shiladi. TSiklograf asboblarni avtomatik almashuvi qurilmasining ishlashi haqidagi oson va tez tasavvur beradigan grafikaviy chizmadir. U tsiklogrammaning takomillashuvi bo’lib, tsikl elementlarining ketma ketligi va muddatidan tashqari ularning ishini ko’rsatadi. Dastgohlarning texnologik imkoniyatlari va koordinataviy tuzilishidan tashqari ularning konkret yuritmalari hamda o’rnatish joylari to’g’risida ma’lumotlarni ta’minlash uchun kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemalaridan (KKTS) foydalaniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling