O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
5-Tajriba ishi MS12-250M1 rusumidagi ko`poperatsiyali RDB dastgohini struktura-texnologik modellashtirish. Dastgohning vazifasi va qurilmalari MS12-250M1 rusumidagi ko`poperatsiyali va asbob-uskunani avtomatik almashtiruvchi RDB dastgohi dastur bo`yicha turli detallarni ichki yuzalariga ishlov berish, shuningdek murakkab konturlarni frezalash uchun mo`ljallangan. Dastgohda quyidagi texnilogik operatsiyalarni bajarish mumkin: parmalash, ichki yuzalarni zenkerlash va kengaytirish; RDB qurilmasidan aylanma uzatish metodida frezalash yordamida ichki yuzalarga ishlov berish; uchki yuzalarni yo`nish; metchik yordamida diametri 12 mmgach o`lchamdagi rezbalar qirqish; diametri 60 mmgacha ichki va tashqi rezbalarni frezalash; murakkab yuzalar kanavka va karmanlarni frezalash. 1.rasm. MS12-250M1 rusumidagi ko`poperatsiyali RDB dastgohining umumiy ko`rinishi: 1 - asos; 2 – ustun; 3 – vertikal slazka; 4 – support; 5 – stol; 6 – shpindel; 7 – manipulyator; 8 – manipilyator asbob-uskunalarni almashtirish holatida; 9 – kantovkalagich; 10 – asbob-uskunalar ombori; 11 – frezerli support; 12 – kronshteyn. Dastgoh quyidagi kompanovkaga ega. Ustun 2 bir nechta sovituvchi suyuqlik rezervuarlari shaklida ishlatiluvchi korobka shaklidagi bo`sh bo`limli cho`yan quymali asos 1 ga o`rnatilgan. Gorizontal yo`naltiruvchi ustunning yuqori qismida shpindel kallagi harakatlanadi (koordinata Z) uning tepasida kranshteynda 12 asbob-uskuna magazini 10 o`rnatilgan. Kranshteynda asbob-uskunalarni avtomatik almashtiruvchi kantovkalagich 9 va minipulyator 7 o`rnatilgan. Shuningdek ustunning yuqori qismida shpindelning 12 xil tezlikda aylanishini ta`minlaydigan tezliklar qutisi joylashgan. Ustunning old yuzasida support 4 joylashadigan (koordinata Y) vertikal yo`nlatirgichlar mavjud. Yo`naltiruvchi supportida harakatlanuvchi stolli 5 (koordinata X) gorizontal slazkalar joylashishi mumkin. Dastgoh konturno-pozitsiyali RDB "4 o`lcham" tipli tizimga ega. Dastgohda quyidagi harakatlar dasturlashtiriladi: o`q bo`ylab-shpindel kallagi; vertikal-support; gorizontal-salazka; aylanuvchi-ko`tarilib buriluvchi stol. Dasturni 8 qatorli perfolentadan, boshqaruv pulti yoki EVM aloqa kanalidan qo`l yordamida RDB tizimiga kirgizish. Foydalanilgan organlarni ko`chirish uchun doimiy tok elektrodvigatelli kuzatuvchi yuritma va qayta aloqa datchigi sifatida intuktasinlardan foydalaniladi. Dastgohning kinematik sxemasi Asosiy harakat zanjirini sozlash organi shpindelning 12 xil tezlikda aylanishini ta`minlaydigan tezliklar qutisi hisoblanadi. Shpindel kallagining dasturiy joylashuvi tartibga solinadigan doimiy tok elektrodvigateli, reduktor va 1 juft vint-gayka yordamida amalga oshiriladi. Anologik yuritma support, slazka va ko`tarilib buriluvchi stol siljishi uchun ishlatiladi. Asbob-uskunalar magazini burilishi doimiy tok elektrodvigateli, chervyakli uzatma va tishli uzatmalar yordamida amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling