O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

IV. GLOSSARIY 
 
 


RDB dastgohi – dastgoh ishchi organlarining harakatini, ishlash 
ketma – ketligini, kesish tartibini, asboblarni avtomatik almashtirishini, 
yordamchi funksiyalarni dastur bo`yicha bajarilishini avtomatik 
boshqariladigan texnologik jihoz.  
RDB dastgohi – dastgoh va RDB qurilmasi majmuasi.  
RDB tokarlik dastgohlari - aylanish jismlari ko’rinishidagi 
detallarning tashqi va ichki sirtlariga ishlov berishga hamda tashqi va 
ichkli rezbalarni o’yishga mo’ljallangan dastgohlar.  
RDB frezalash dastgohlari - tekis va fazoviy korpusli detallarga 
ishlov berishga mo’ljallangan bo’lib, quyidagi operatsiyalarni bajaradi: 
turli burchak ostida va bir necha tomondan tekis, pog’onasimon, konturli 
frezalash; teshish; o`yish, o’tkirlash, rezba o’yish va boshqalar. RDB 
teshish-yo`nish 
dastgohlari 
detal 
teshiklariga 
ishlov 
berishiga 
mo’ljallangan bo`lib, teshish, o’tkirlash frezalash, rezbali o’yish, va 
boshqa ishlarni bajaradi.  
RDB jilvirlash dastgohlari - to’g’ri va egri chiziqli shaklli 
yasovchilari bo’lgan detalning tashqi, ichki va yon sirtlarini jilvirlash 
uchun qo’llaniladi.  
RDB ko’p vazifali dastgohlari (ishlov berish markazlari) - bitta 
o`rnatishda detallarga kompleks ishlov berishga mo’ljallangan bo’lib, 
barcha kesish-ishlov berish operatsiyalarini bajaradi.
RDB elektr eroziyali dastgohlar - ishlov berilishi boshqa usul bilan 
qiyin yoki umuman mumkin bo’lmagan tok o’tkazuvchi materialdan 
qilingan, murakkab konturli detallarni elektr eroziya metodi yordamida


kesish uchun mo’ljallangan dastgoh. Ishlov berish uzluksiz siljuvchi sim-
elektrod yordamida amalga oshiriladi.  
RDB dastgohlarni boshqarish tizimi - boshqarish usuli turiga qarab 
pozitsion, konturli yoki pozitsion-konturli bo’lishi mumkin.  
Dastgohlar avtomatlashtirish darajasi - quyi, o’rta va yuqori 
avtomatlashtirish darajasi.  
Quyi avtomatlashtirish darajasiga ega dastgohlar - RDBQ dan 
boshqariladigan 
ijro 
organlarining 
siljishigina 
dasturlanadigan 
dastgohlar.  
Yuqori darajadagi avtomatlashtirish dastgohlar - texnologik 
buyruqlarni qayta ishlashni RDBQ amalga oshiradigan dastgohlar.
RDB qurilmasi - boshqaruvchi dasturga asosan dastgohning ishchi 
organlariga boshqaruvchi buyruqlarni beruvchi qurilma.  
Boshqaruvchi dastur - geometrik va texnologik axborotlarni ishlov 
berish ket-ketligi asosida harflar va raqamlar ko`rinishidagi axborotli 
so`zlarni o`zichiga olgan satrlar ketma-ketligidagi matn.  
Geometrik axborot - tayanch nuqtalarining koordinatalarini absolyut 
yoki orttirmali koordinatalarini koordinata o`qlari orqali ifodasi. 
Texnologik axborot - asbobning turi (raqami), bosh harakat tezligi, 
surish tezligi va h.k. Texnologik axborot ham manzil – lotin harflari, 
hamda harfdan keyin raqamlar yordamida dasturnomaga yoziladi.  
Tarkibiy(strukturaviy) - texnоlоgik mоdel - bu ishchi mashinani 
bоshqarish sistemasi va tarkibiy texnоlоgik imkоniyati, aniqligi, shakl 
hоsil etish harakatlarining murakkabligi haqida kerakli va yetarlicha 
axbоrоtlari bo’lgan nоmatematik ifоda, sxema va siklоgrammadir.  


RDB dastgоhning tarkibiy-texnоlоgik ifоdasi (formulasi) – raqamli 
daturli boshqariladigan dastgоhning kооrdinataviy tarkibi va uning 
texnоlоgik parametrlari haqida axbоrоtlarni qisqa satrlarda aks ettirilgan 
ifodasi.  
RDB dastgоhning kооrdinataviy texnоlоgik sxemasi(KTS) - shartli 
tekislikdagi kesuvchi asbob va ishlov berilayotgan detalning tasviri bo`lib, 
unda dastgоhning ishchi va ijrochi organlari (qo`zg`aluvchan bloklari) 
ning shakl hosil qiluvchi va yordamchi harakat vektorlari va stanina 
(qo`zg`almas blok)ning shartli tasviri aks etadi.  
RDB dastgоhning kоmbinatsiyalashgan kооrdinataviy texnоlоgik 
sxemasi (KKTS) - uning texnоlоgik vazifasi — kооrdinataviy tarkibi — 
hamma ishchi va bajaruvchi a`zоlari harakatining musbat yo`nalishlari va 
ularning stanina bilan bоg`lanishini o`zida aks ettirgan sxema. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling