Maruza 8 rdbq va dastgohlarning uzellari, yuritmalari va elementlari


Download 226.86 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2020
Hajmi226.86 Kb.
#139880
  1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 8


MARUZA 8

RDBQ va dastgohlarning uzellari, yuritmalari va elementlari

Reja:

  1. RDB dastgohlarining asosiy uzel va mexanizmlari

  2. Bazaviy detallari va yo‘naltiruvchilari

  3. Asosiy harakat yurutmasi

  4. RDB dastgohlarining uzatish va pozitsiyalash yuritmasi

Tayanch so`zlar: Uzel, pozitsiya, mexanizim, baza, yurutma

RDB dastgohlarining asosiy uzel va mexanizmlari

RDB dastgohi tarkibiga kiruvchi uzellar quyidagi asosiy guruhlarga
bo‘linadi:


  • Qolgan uzellar nisbiy joylashuvini aniqlovchi bazaviy (staninalar, ustunlar, kolonkalar);

  • Xomaki detalni ko'taruvchi va ishlov berish jarayonida uning tavsifini aniqlovchi uzellar;

  • Asbobni ko‘taruvchi va uning vaziyatini xomaki detalga nisbatan aniqlovchi uzellar (support, revolver kallagi);

  • RDB tizimlari va yuritmalari..

8.1-rasm







Zamonaviy dastgohlaming konstruksiyalarida ularning qo‘llanishi dastgohlarni tayyorlash, ishlatish va ta’mirlash tannarxini kamaytiradigan uzellar qo‘llaniladi. Bular tezlikning avtomatik qutilari, o‘zgarmas tok va asinxronli elektrodvigatelli komplekt elektr yuritmalari, mexanik variantlar, elektromagnit va tormoz muftalari, tirqishsiz reduktorlar, haydashning vint-gayka uzatmasi, gidrostatik uzatmalari, gidropanellar, asbob kallagi va bloklari, qisqich ushlagichlar, revolverli kallaklar, RDBQ va boshqalar hisoblanadi.

RDB dastgohlarining boshqaruv organlari elektr tugmacha, tumbler, almashlab qo‘shgichlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Odatda, RDB dastgohi ikki yoki uchta boshqaruv pultlari bilan jihozlangan bo‘ladi: bittasi RDBQ da joylashgan; ikkinchisi (tezkor boshqaruv pulti) dastgoh ijro organlarining oldida; uchinchisi dastgoh va uning asosiy tizimlarini ulash uchun mo'ljallangani, dastgohdan uzoqroqda joylashishi mumkin.

RDB dastgohlarining uzatish yuritmalari, tirqishlami avtomatik tarzda tanlovchi tishli-reykali, tishli-chervyakli va sharikli-vintli uzatmalarga ega.
Bazaviy detallari va yonaltiruvchilari
RDB dastgohining bazaviy detallariga qo‘yiladigan asosiy talablar ularga montaj qilingan, ijro organlarining uzoq muddat davomida o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi va siljishini ta’minlash. Dastgohning bazaviy qismi bo‘lib stanina hisoblanadi. Unga uzel, mexanizm va detallar montaj qilinadi. Staninalar gorizontal, vertikal va og'ma bo‘ladi. Ularning mustahkamligini ta’minlash maqsadida staninalar qutisimon shaklda tayyorlanadi.

Cho‘yandan quyma usulda, poiatdan esa payvandlash orqali tayyorlanadi. Payvandlangan konstruksiyalar qo‘yilgan konstruksiya- lardan yengil, ammo vibrobikrligi va qattiqligi ancha past. RDB dastgohi bazaviy detallaming yo‘naltiruvchilari:

  • dastgoh ijro organlarining berilgan harakatini ta’minlaydi;

  • kesish kuchlarini qabul qiladi;

  • Yuqori darajadagi yemirilishga chidamliligi va ishqalanish kuchining kichikligi bilan tavsiflanadi.

Harakat turiga qarab, ular: to‘g‘ri va aylanma harakat yo‘naltiruv- chilariga bo‘linadi. Ishqalanishning turiga qarab, gidrostatik, aerostatik, sirpanish, tebranish va aralash (sirpanish va tebranish) yo‘naltiruvchilari mavjud. To‘g‘ri chiziqli harakat yo'naltiruvchilari, bular odatda, prizmatik, to‘g‘ri burchakli yoki silindrik shaklning tayanchlari bo‘ladi. Yo'naltiruvchilar kuch bilan tutashadigan (5.1 -a rasm) va kuchsiz (5.1- b rasm) tutashadigan turlarga bo‘linadi. Kichik miqdordagi siljish tezliklarida qamrab olinuvchi yo‘naltiruvchilar (5.1- a, b, d, h, i, j rasmlar) qo‘llaniladi. Bu yo‘naltiruvchilar tayyorlanishi osonligi bilan ajralib turadi. Ularda qirindi to'xtab qolmaydi, ammo ular moylovchi materiallami o‘zida ushlab turmaydi. Siljishning Yuqori tezliklarida qamrab oluvchi yo‘naltiruvchilar (5.1 -e,f g rasm) qo‘llaniladi.

Ular moylovchi moddalami yaxshi ushlaydi, ammo ulami chang, qirindi va iflosliklardan himoya qilish talab etiladi. Qamrab olingan detal ham, qamrab oluvchi detal ham siljishi mumkin.

Tekis to‘g‘ri burchakli yo‘naltiruvchilar (5A-d rasm) eng oddiy shaklga ega. Ijro organi 3 staninaning yo‘naltiruvchisi sirtlari 1 va 2 bo'ylab siljiydi. Vertikal yo‘nalishda ijro organining siljishini 5 va 7 plankalar chegaralab qo‘yadi. Klin 4 gorizontal tekislikdagi tirqishni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Tekis yo‘naltiruvchilar agregat, og‘ir tokarlik va bo‘ylama frezalash dastgohlarida hamda konsol ustunlarda qo'llaniladi. Dastgohlarda bir necha yo‘naltiruvchilar (aralash usulda) qo'llaniladi (5.1- b, d rasmlar). Ularda bittasi tekis, ikkinchisi prizmatik yasalgan bo'ladi. Qavariq yo‘naltiruvchilar (5.1- e, ƒ rasmlar) ishlatish jarayonida tirqishlarining yo‘qligi bilan tavsiflanadi. U bo‘ylama randalash va jilvirlash dastgohlarining stollarini siljitish uchun qo‘llaniladi.









8.2. rasm. Yo`naltiruvchilarning turlari
Download 226.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling