Maruza 8 rdbq va dastgohlarning uzellari, yuritmalari va elementlari


Download 226.86 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2020
Hajmi226.86 Kb.
#139880
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 8


«Qaldirg‘ochning dumi» turidagi yo‘naltiruvchiIar (5.1- e rasm) o‘zining kompaktligi 1 klin yordamida boshqarishning soddaligi bilan farq qiladi. Ular support karetkasi, stollar va boshqa ijro organlarini siljitish uchun qo`llaniladi. Aylanish yo‘naltiruvchilar (5.1- i rasm) parmalash va frezali dastgoh shpindel gilzalarining vertikal siljishlari uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, ulardan tokarli avtomatlar supportlarining siljishi uchun ham foydalanadi.

Aylanali yo'naltiruvchilar avtooperatorlar va sanoat robotlari konstruksiyalarida ham ishlatiladi. Ko‘p qirrali yopiq yo‘naltiruvchilar (5.1- h, j rasm) kichikroq yurish uzunligida, uncha katta bo‘lmagan ko‘ndalang kesimga ega bolgan polzunlaming siljishi uchun qo‘llaniladi.

RDB dastgohlarining ko‘pchiligida tebranish, aralash (tebranish- sirpanish) va gidrostatik yo‘naltiruvchilar qo‘llaniladi. Gidrostatik yo‘naltiruvchilar og‘ir dastgohlarda uchraydi.

Tebranish yo‘naltiruvchilari uzoq muddatga chidamliligi va uncha katta bo‘lmagan ishqalanish bilan tavsiflanadi. Bu holda, ishqalanish koeffitsiyenti ijro organi siljish tezligiga bog‘liq emas. Tebranish yo‘naltiruvchilari 5.2- rasmda keltirilgan








8.3-rasm. Tebranish yo‘naltiruvchilari:

a-ochiq; b-yopiq; d-rolikli; 1-tayanch; 2- yo‘naltiruvchi; 3- dastgohning ijro organi; 4- roliklar; 5-separator.
Tebranish jismi sifatida sharik va roliklar ishlatiladi; (boshqaruv qurilmalari yordamida) dastlabki tortish yo£naltiruvchilaming qattiqligini 2-3 marta orttiradi. Tebranish yo‘naltiruvchilari ochiq (5.2- a rasm), yopiq (5.2- b rasm) bo£lishi mumkin. Harakat tezligi 10 m/min bo‘lgan holda, ijro organining uzunligi sezilarli bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli harakat yo‘naltiruvchilari uchun tebranishning rolikli tayanchlari qo‘llaniladi (5.2- d rasm). Gidrostatik yo'naltiruvchilar, asosan, og‘ir dastgohlarda qo‘llaniladi. Ular kontaktning butun maydoni bo‘ylab moyli asos hosil qiladi. Buning oqibatida harakatga qarshilik, yeyilish va harakatning sakrash ko‘rinishida bo‘lishiga barham beriladi. Ular tutashgan va tutashmagan holda tayyorlanadi. Tutashmagan gidrostatik yo‘naltiruvchilar quyidagicha faoliyat ko'rsatadi (5.3- rasm):

8.4-rasm. Tutashmagan gidrostatik yo‘naltiruvchilarning sxemasi

Download 226.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling