Maruza 8 rdbq va dastgohlarning uzellari, yuritmalari va elementlari


Download 226.86 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2020
Hajmi226.86 Kb.
#139880
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza 8


3 nasosdan 1 filtr orqali (2 saqlagich klapan yordamida ushlab turiladigan doimiy bosim ostida) 4 drossel orqali (doimiy qarshilik bilan) 5 cho‘ntak kamera yo‘naltiruvchida joylashgan. Kameradan h tirqish orqali moy sizib chiqadi.

Ijro organi harakatining aniqligi yuklama o‘zgarganda moy qatlami qalinligi nisbiy doimiyligini ushlab turish orqali ta’minlanadi (masalan, drosselni har bir kamera oldiga sozlash va yo‘naltiruvchilarni Yuqori geometrik aniqlikda bajarish orqali).

Shilish va ko‘p vazifali RDB dastgohlarida, ikkilangan ko‘p oqimli regulyatorli tutashgan gidrostatik yo‘naltiruvchilar ishlatiladi. Bunday yo‘naltiruvchilar og'ir burilovchi stol va planshaybalarda ham ishlatiladi.
Asosiy harakat yurutmasi

Asinxron elektrodvigatel, tezliklarning avtomatik qutisi (TAQ) va shpindel uzelidan tashkil topgan (ular o‘zaro klintasmali uzatmalar yordamida birikkan) asosiy harakat yuritmasi, shpindel aylanish chastotasini bosqichli yoki bosqichsiz boshqaruviga ega bo‘lishi mumkin. Bosqichli boshqaruvda TAQ bir yoki ko£p tezlikli boshqarilmaydigan elektrodvigatel bilan birgalikda ishlatiladi. TAQ da (8.4-rasm) ishga tushirish, tormozlash, revers, tezlikni boshqarish avtomatik tarzda elektromagnit muftalar yordamida amalga oshiriladi.



8.5.-rasm. Tezliklarning avtomatik qutisi (a) va shpindel aylanish chastotasi grafigining (b) kinematik sxemasi.











Elektromagnit mufta (5.5-rasm) 2 galtakli va 3 tok o£tkazuvchan halqatt 1 korpusdan, 4 friksion halqa, (7 tashqi va 8 ichki halqali) 10 yakordan hamda 9 bronza vtulkadan tashkil topgan. 5 ichki disklar 1 korpus bilan mahkamlangan. Biroz chiqib turuvchi tashqi disk 6 lar halqasiga kiradi. G£altak 2 ga kuchlanish uzatilganda ishchi magnit oqimi friksion disk korpusi bo£ylab yeyiladi. Yakor va disklar to‘plami bu holda korpusga tortiladi, siqilgan disklar o‘rtasida friksion bog‘lanish yuzaga keladi. Burovchi moment zanjirga uzatiladi: korpus — ichki disklar — tashqi disklar — halqa ketma-ketligi ro£y beradi. G‘altakdan kuchlanish olingandan keyin friksion disklar to‘plamining uzilishi kuzatiladi va burovchi moment uzatilmaydi.

Aylanish chastotasini bosqichsiz boshqarish tristor boshqaruvli doimiy tok elektrodvigateli yordamida amalga oshiriladi; elektrodvigatel ning aylanish chastotasi boshqaruvning elektron bloki yordamida bosqichsiz o'zgaradi. Bunday dvigatellar ikki, uch bosqichli tezliklar qutisi bilan birgalikda RDB dastgohlarida keng tarqalgan. Konstruksiyaning soddaligi va boshqaruvning yengilligi bunday yuritmalarning afzalliklari hisoblanadi.

RDB dastgohlarining shpindellari aniq, qattiq, o'tiruvchan va bazaviy sirtlarning yemirilishga kuchaytirilgan chidamliligi bilan tayyorlanadi. Shpindel uchlari standartlashtirilgan. RDB ko‘p vazifali va frezali dastgoh shpindellari asbobni sozlash uchun mo'ljallangan 7/24 konusli teshikka ega. Parmalash dastgohlarining shpindellarida asbobni sozlash uchun Morze konusli teshik mavjud. H va П sinfli dastgohlarning shpindellari 40X, 45, 50 markali po‘latlardan tayyorlanadi. Shpindellarning sirtlari HRSe 48—56 qattiqlikka qadar toblanadi. Murakkab shaklli shpindellar 40XGR, 50X markali po‘latdan, HRSe 56—60 qattiqlikka qadar toblab tayyorlanadi. Suyuqli ishqalanish podshipniklarida ishlovchi shpindellar, odatda, 38XVFYuA markali po‘latdan tayyorlanadi va HRSe 63—68 qattiqlikka qadar toblanadi.

Ko‘p hollarda, shpindellar tayanchi sifatida dumalash podshipniklari ishlatiladi. Tayanchlarning mustahkamligini orttirish uchun, ular awaldan tortilib, so‘ng o‘matiladi. Silindr rolikli podshipniklarda (8.6- a rasm) tortilish quyidagicha amalga oshiriladi: (2) shpindelning konik sheyka (bo‘yin)ga tortish natijasida (1) ichki halqa deformatsiyalanadi. Radikal sharikli podshipniklarda tortilish, ichki halqalarni tashqi prujinalarga nisbatan (prokladkalar yordamida) o‘q bo‘yicha siljitish orqali ta’minlanadi (8.6- b rasm)





8.6.-rasm Avvaldan tortishni hosil qilish usullari

Shpindel tayanchlaridagi sirpanish podshipniklari nihoyatda kam ishlatiladi. Ular faqat o‘q bo‘ylab yoki radial yo‘nalishda tirqish kattaligini boshqaruvchi qurilma mavjud bo‘lgan hollardagina ishlatiladi. Sirpanish podshipniklarida (5.7-a rasm) tirqish (2) vkladish (ichqo‘yma) ni siljitish orqali boshqariladi. Buning uchun (1) gayka biroz bo‘shatiladi va 3 gaykani burash orqali vkladish (ichqo‘yma) tortiladi.

Gidrostatik podshipniklarda ko‘taruvchi moy qatlami val aylanishida, moyning vkladish (ichqo'yma) hamda sapfa yuzasiga yopishib qolishi va moyning ular orasidagi tirqishga tortilishi natijasida hosil bo‘ladi.

Klinli tirqish quyidagicha hosil qilinadi: vkladish (ichqo‘ytna) laming ishchi sirtlari fasonli shilinadi, vtulkalar elastik deformatsiyalanadi, shpindel aylanishida vkladish (ichqo'yma) ning o‘z-o‘zidan o‘rnashishi ro‘y beradi. Ko‘p klinli gidrodinamik podshipnikning to‘rtta (1) vkladishi (ichqo'yma) (5.7-b rasm), aylanish yo‘nalishi va (2) shpindelning o‘q tekisligida o‘z-o‘zidan o‘rnashishi mumkin.

Prezitsion dastgohlarning tayanchlarida gidrostatik podshipniklar ishlatiladi. Ular, sirpanishning ixtiyoriy tezligida suyuqli ishqalanish rejimini hosil qilinishi natijasida, shpindelning Yuqori aniqlikdagi aylanishini ta’minlaydi. Nasosdan moy katta bosim ostida drossellovchi qurilmalar orqali bir necha 1 cho‘ntakka uzatiladi (5.7-drasm), ulardan (shpindel sheykasi (2) va (3) podshipnik orasidagi tirqish orqali) (4) teshikka siqib chiqariladi. Ko‘plab konstruksiyalar uchun cho'ntak- larning optimal soni (4) hisoblanadi.



8.7-sirpanish podshipniklari

Prezitsion dastgohlarda aerostatik podshipniklar qo‘llaniladi. Ularda shpindel va podshipnik o'rtasida siqilgan havoning yupqa qatlami joylashgan. Buning natijasida podshipnikning qizishi va yeyilishi kamayadi, Yuqori aniqlikdagi shpindel aylanishi ta’minlanadi.

RDB dastgohlarining uzatish va pozitsiyalash yuritmasi


Uzatish va pozitsiyalash yuritmasi dastgoh ishchi organlarini, BD ga muvoflq, talab etilgan pozitsiyaga siljitishni ta’minlaydi. Yuritmaga Yuqori talablar qo‘yiladi. U kichik tirqishlarga, Yuqori bikrlikka ega bo‘lishi; kichik tezliklarda siljish ravonligini va yordamchi siljishlarda Yuqori tezlikni ta’minlashi; tezlatish va tormozlashda kichik vaqt sarfiga, uncha katta bo£lmagan ishqalanish kuchlariga, uning elementlari qizishining kichik miqdori, boshqaruvning katta diapazoniga ega bo'lishi kerak. Ta’kidlangan talablar sharikli va gidrostatik vintli uzatmalar, tebranish yo‘naltiruvchilari, gidrostatik yo‘naltiruvchilar, qisqa kinematik zanjirli tirqishsiz reduktor va boshqalar yordamida ta’minlanadi


8.8.-rasm. Elektrogidravlik qadamli dvigatelning konstruktiv (a) va strukturaviy (b) sxemalari

1 - EQD (elektrogidravlik qadamli dvigatel); 2 - drossellovchi gidrotaqsimlagich (DGT); 3 - vint-gayka mexanik teskari aloqa; 4 - gidromotor (GM); 5 - momentli gidrokuchaytirgich (MGK); pn va ps - bosimli va oqava truboprovodlari.
Uzatish yuritmalari tuzilishiga ko‘ra yoyiq (5.8- a, b rasm) va berk (5.8- d rasm) ko‘rinishda bo‘ladi. Uzatish yuritmasi dvigatel, reduktor, vint-gayka kuch uzatmasi, teskari aloqa datchigi va boshqalardan tashkil topadi. Uzatish dvigatellari sifatida: aylanma va ilgarilanma-qaytma harakatning odimlovchi elektrodvigatellari; kuch odimlovchi elektrodvigatellari, o'zgarmas magnit va tristorli boshqaruvli Yuqori momentli doimiy tok elektrodvigatellari ishlatiladi.

Dastgohlarning yoyiq RDB tizimli uzatish mexanizmlarida qo‘Uaniladigan, aylanma harakat odimlovchi elektrodvigatelining konstruktiv va strukturaviy sxemalari 5.9- rasmda keltirilgan. Elektrogidravlik odimlovchi dvigatellarda odimlovchi elektr dvigatellar ishlatiladi (8-9- rasm)









8.9-rasm. Qadamli elektrodivigatelning konsturuksiyasi va ishlash tamoyili

  1. Statorda uch fazali chulg'amga ega uch juft 3 qutblar joylashgan (If, Ilf, IHf). Chulg'amlarning biriga (masalan, If ga) quwat berilsa, mos qutblar o‘rtasida magnit maydoni hosil bo‘ladi. Rotorning 02-02 qutb o‘qlari statoming 0, - 0, qutb o‘qlariga mos tushmagan hollarda, rotorga tangensial kuchlar Ft ta’sir eta boshlaydi. Bu kuchlar 01 - 01 qutb o‘qlari mos tushmagunga qadar rotomi buradi. Agar If chulg‘amdan quwat uzilsa va tok Ilf chulg‘amga berilsa, 2 rotor shtrix- punktir chiziqlar yordamida ko‘rsatilgan vaziyatga buriladi.

Shunday qilib, If, Ilf va IHf chulg‘amlarga kuchlanishni ketma- ket berilishida rotor soat strelkasi bo‘ylab aylanadi. Agar kuchlanish teskari tartibda uzatiladigan bo‘lsa, rotor soat strelkasiga qarama-qarshi aylanadi. Elektrogidravlik odimlovchi dvigatel tarkibiga (uning sxemasi 5.11- rasmda keltirilgan) momentni gidrokuchaytirgichi kiradi. U og‘ma diskli aksial-porshenli gidromotor (GM), drossellovchi gidrotaq- simlagich (DGT) va mexanik teskari aloqadan iborat.

Turtkich ostiga suyuqlikning uzatilishi va ulami og‘ma disk bilan o‘zaro ta’sirlashuvi tangensial kuchlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, bu esa valda burovchi momentni hosil qiladi. Ilgarilanma elektrogid­ravlik odimlovchi dvigatelning ishlash tamoyili Yuqorida ko'rilganlarga o'xshaydi (5.12- rasm). Bu dvigatellar RDB yoyiq tizimlarida qo'llaniladi. Ularning afzalliklari quyidagilar: kuch uzatmasi «vint- gayka» ning yo'qligi; dastgoh ijro organini siljishiga qaratilgan har qanday harakatni ta’minlay olish.

Yuqori momentli elektrodvigatellar (YuMED) — nisbatan sekin yuruvchi o‘zgarmas doimiy tok dvigatellari hisoblanadi. Bu dvigatellar RDB berk tizimlarida ishlatiladi. YuMED li uzatish yuritmasining strukturaviy sxemasi 8.10- rasmda keltirilgan.

Yuqori momentli elektrodvigatellar (YuMED) — nisbatan sekin yuruvchi o‘zgarmas doimiy tok dvigatellari hisoblanadi. Bu dvigatellar RDB berk tizimlarida ishlatiladi. YuMED li uzatish yuritmasining strukturaviy sxemasi 5.13- rasmda keltirilgan.





8.11.-rasm. Ilgarilanma harakatning elektrogidravlik qadamli dvigateli.

Download 226.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling