O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti
yilda O’zbekiston Respublikasi eksportining tarkibi
Download 0.54 Mb.
|
Tohirov Nozimjon (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-jadval O’zbekiston Respublikasi savdo balansi va tashqi qarzi dinamikasi
2013 yilda O’zbekiston Respublikasi eksportining tarkibi
Rossiyada ishsizlik darajasi oshganligi tufayli 2013 yilning yanvaridan boshlab migrantlarga 50 foiz cheklov o’rnatildi. Bu esa, O’zbekistonga kirib kelayotgan pul o’tkazmalari miqdorining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayni paytda migrantlarning O’zbekistonga pul o’tkazmalari miqdori qariyb 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, O’zbekiston jalb qilgan xalqaro kreditlarning asosiy qismi suzuvchi stavkali kreditlardir. Inqiroz davrida kreditlar bahosining qimmatlashuvi tashqi kreditlarga xizmat ko’rsatishni qiyinlashtirishi mumkin. 7-jadval O’zbekiston Respublikasi savdo balansi va tashqi qarzi dinamikasi
Prezidentimiz o’z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator etakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Ya’ni, «Moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, restessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investistiyaviy faollik ko’lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi o’z tasdig’ini topmoqda». O’zbekistonga moliyaviy inqirozning keskin salbiy ta’siri kuzatilmaganini quyidagilar bilan izohlash mumkin: 1. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va etarlicha xalqaro valyutaviy to’lovga qobillikning ta’minlanganligi. Bugungi kunda respublikamizning tashqi qarzi YaIM hajmining 13,3 foizini tashkil etadi va eksport hajmining 31 foizidan oshmaydi. 2015 yilning 9 oylik natijalariga ko’ra, respublikamiz tashqi savdo balansi 40,9 foizga, jumladan, eksport 62,9 foizga ortgan. To’lov balansining ijobiy saldosi qariyb 4,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Bu esa, 2007-2008 yil moliyaviy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga nisbatan sezilarli darajada yumshoq ta’sirga ega bo’lganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, respublikamizda kapitallar va kreditlar harakati bilan bog’liq cheklovlar batamom bekor qilinmagan. Bu esa, qisqa muddatli kapitallarning chiqib ketishi orqali mamlakat to’lov balansi muammolarining yuzaga kelishini oldini oladi. Ma’lumki, kapitallar harakatiga erkinlashtirilgan davlatlarda moliyaviy inqiroz davrida spekulyativ kapitalning chiqib ketishi darajasi juda yuqori bo’ladi. Fikrimizning isboti tariqasida, 1997 yilda Indoneziya, Malayziya, Janubiy Koreya, Filippin va Tailand davlatlaridan chiqib ketgan sof kapital 12 mlrd. AQSh dollarini tashkil etganligini va Osiyo inqirozining yanada avj olishiga zamin yaratganligini eslash kifoya. 2. Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish respublikamizda inqiroz yuz berishidan avval boshlandi va bu banklarning o’rtasida o’zaro mustahkam ishonchning saqlanib qolishini va likvidlilik muammolarini yuz bermasligini ta’minladi. Xususan, respulikamizda banklarning yalpi kapitali 2015 yilda 40,5 foizga ortdi va 2008 yilning1 yanvar holatiga 1503,0 mlrd. so’mni tashkil etdi. Bundan tashqari, respublikamiz banklari tomonidan real sektorga berilgan kreditlar qoldiqlari 2014 yilda 19,2 foizga oshgan. Bu holatlar respublikamiz bank-moliya tizimida barqarorlik saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Prezidentimiz o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida keltirib chiqarilgan to’rtinchi xulosani quyidagicha bayon etdilar: «Jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini engillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq». 2013 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizi ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo’lib o’tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko’lami tobora kengayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu sammitda bo’lib o’tgan muhokamalar bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida emas, balki undan qanday qilib chiqish yo’llari izlanayotganligidan darak berishini ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O’zbekistonga ta’sirining jiddiy bo’lmaganligini qo’yidagi omillar bilan izohlash mumkin: - ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanlanganligi; - davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi; - O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi; - oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; - aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; - davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi. Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – “O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi” degan so’zlarini yana bir bor esga olish muhimdir. O’z navbatida O’zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarining ma’lum darajada iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinligidan darak beradi. Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan etakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integrastiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o’sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi. Darhaqiqat, O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda, boshqa MDH mamlakatlari singari, davlat va jamiyat qurilishining qanday tamoyillari va usullariga asoslanish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotini belgilashda qaysi yo’ldan borish masalasi ko’ndalang turar edi. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, «O’zbekistonda qabul qilingan o’ziga xos islohot va modernizastiya modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’ta jo’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik». Shu bilan birga, bugungi kunda ko’plab etakchi olim va mutaxassislarimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta’sirini pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Jumladan, «Tatat» kompaniyasining bosh direktori D.Xaitboev mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga inqiroz oqibatlari ahamiyatli ta’sir ko’rsatadigan darajada integrastiyalashmaganligi, mamlakatimizda katta hajmdagi xorjiy kapitalni ushlab turuvchi kompaniya va moliyaviy institutlarning yo’qligi, mamlakatimizdagi xususiylashtirish mexanizmi va shart-sharoitlari natijasida deyarli barcha ustav fondlarining korxonalarning real xususiy aktivlari bilan ta’minlanganligi kabi holatlar asosida inqirozning salbiy ta’siri u qadar katta bo’lmasligi mumkinligini bildiradi. Aksincha, uning fikricha, «hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari biz uchun ijobiy ta’sirlarga ham ega bo’lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi mumkin. AQSh va Evropadagi investorlar akstiyalardan bosh tortib, o’z aktivlarini bo’shatmoqdalar. Mohiyatiga ko’ra, qaytadan qandaydir ishga jalb etilishi zarur bo’lgan resurslarni bo’shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi bozorlarni, yangi imkoniyatlarni izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning muqobil yo’llarini qidiradilar. G’arb bozorlari turg’unlikka yuz tutgan chog’da rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlari o’sishning ijobiy dinamikasini ko’rsatadi. Shunday mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko’plab investorlar O’zbekiston bozoriga e’tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas». Shubha yo’q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o’z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo’lib xizmat qilishi muqarrar. Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalariga asoslangan investistiyalariga ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizni eksport ko’lamiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mazkur jarayonning mamlakatimiz iqtisodiyotining barqarorligi hamda aholi farovonligiga ta’sirini har tomonlama va jiddiy baholagan holda Prezidentimiz «mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O’zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi», deb belgilab berdilar. 2009-2015 yillar davomida ishlab chiqarish sektorini modernizastiya qilish maqsadida jami 852 proekt uchun 42,51 mlrd. doll. va 2009 yil uchun 590 proekt uchun 24,43 mlrd. doll. pul ajratish ko’zga tutilgan. Bir so’z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda, qat’iy, har tomonlama o’ylangan keng ko’lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda. Albatta, mamlakatimizda bunday chora-tadbirlar tatbiq qilinishi bilan bir qatorda bu jiddiy sinovni engish, hech shubhasiz, ko’p jihatdan hammamizdan avvalo mas’uliyatimizni teran his qilishni, barcha imkoniyat va resurslarimizni ishga solishni talab qiladi. Bugungi kunda xalqaro maqomga ega bo’lgan moliya-iqtisodiy tashkilotlar qatoriga BMTning bir nechta ixtisoslashgan bo’linmalari kiradi. Ularga Xalqaro Rivojlanish Assostiastiyasi (XRA), Xalqaro Moliya Korporastiyasi (XMK), Investistiya Kafotlari bo’yicha Xalqaro Agentlik (IKXA), Xalqaro Hisob-kitoblar Banki (XXKB). O’zbekiston dunyoning 40 dan ziyod xalqaro tashkilotlariga a’zo O’zbekistonda Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilmokda: - milliy valyutani mustahkamlash; - davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; - kichik va o’rta biznesni rivojlantirish; - kadrlar tayyorlash. Ushbu aloqalar iqtisodiyotda tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish, respublikani jahon bozoriga va xalqaro iqtisodiy tizimga integrastiya qilinishi jarayoniga asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy banki hukumat bilan kelishgan shartlarda ish yuritib, Respublika nomidan xalq mablag’larini olish, foiz to’lovlarini to’lash va qarz majburiyatlarini joylash bilan bog’liq moliyaviy majburiyatlarni yuqorida qayd etilgan halqaro tashkilotlar oldida o’z vaqtida bajarilishini ta’minlamokdalar. 5-diagramma Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling