O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 0.54 Mb.
bet1/12
Sana11.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1259971
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tohirov Nozimjon (2)





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan




KURS ISHI
Mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining moliyaviy muammolari.


Bajardi: Toxirov.M
Tekshirdi: Isroilov.Z

Andijon 2023


Mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallshuvining moliyaviy muammolari.


REJA
Kirish

1. Globallashuv va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri.



2. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalari va globallashuv sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy muammolar.


3. Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari.



Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish

Hozirgi sharoitda jahon xo’jaligi aloqalari tizimida glaballashuv va integrastiyalashuv jarayonlarning jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqliklarining kuchayishi zamonamizning eng muhim hususiyalaridan biriga aylanmoqda. Glaballashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayonlarda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizastiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investistiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay investistion muhit yaratish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosbatlarini shakillantirish O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkil etadi.


Bugungi kunda globalizastiya xaqida 100 dan ortiq kitoblar va 1000 lab maqolalar bag’ishlangan. U erda globalizastiya to’g’risida olimlar, siyosatchilar, biznessmenlar va jurnalistlar munozara yuritganlar. Bu munozaralar qamrovi juda keng hususan globallizastiya nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari va istiqbolllari xaqida fikrlar bildirilgan.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali mamlakat aholisini munosib turmush tarzi bilan ta’minlash va insonlar farovonligini muttasil oshirib borishdan iborat. Jahon xo’jalik tizimida globallashuv va xalqaro integrastiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda milliy xo’jaliklarning jahon iqtisodiyotiga bog’liqligi oshib bormoqda. Bunday sharoitda esa har qanday mamlakat, shu jumladan O’zbekiston o’z ichki imkoniyatlari va qiyosiy afzalliklariga asoslangan holda jahon xo’jalik tizimi bilan oqilona integrastiyalashishga va jahon iqtisodiyotida o’ziga xos o’rin egallashga alohida e’tibor qaratadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishga, mamlakatlar va xalqaro bank-moliya tashkilotlari bilan teng huquqli va manfaatli hamkorlik yo’nalishlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelmoqda.


  1. Globallashuv va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri.

Iqtisodyot borgan sari globallashmoqda. Hozirga kunda hukumatlarning hatti-harakati standartlarga va ko’proq siyosiy ravshanligiga erishishga katta ta’sir ko’rsatuvchi yangi global tashkilotlar vujudga kelmoqda.


Globallashuv jarayonlariga ikki turdagi o’zgarishlar sababchi bo’ladi: texnologiyalarining rivojlanishi va iqtisodiy siyosatning liberallashuvi. Bu o’zgarishlar axborotlar oqimi, iqtisodiyot (daromadlar va boyliklar taqsimlanishi sohasida) ustidan olib borilayotgan davlat nazoratini kamaytiradi, ma’naviy boyliklarni ahamiyatini mustahkamlaydi. Aslida globallashuvning hukumat faoliyatiga bo’lgan ta’siri juda murakkab bo’lib, o’z ichiga siyosatdagi har-xil kuchlar balansini va ta’sirini qamrab oladi.
Birinchi qarashda globallashuv ba’zi bir milliy manopoliyalarni buzadi: aloqa, TV, radio, xalqaro telefon xizmati va fakslar jo’natilishi, odatda boshqa tovar va xizmatlarga qaraganda oddiy aholi uchun ancha arzon. Bugungi kunda internet haqiqatdan ham global tarmoq bo’lib, kommunikastiyalar va axborot almashuvida katta imkoniyatlar yaratadi.
Shunga o’xshash holatni davlat tomonidan iqtisodiyotning rivojlanishini tartibga solinishi nazarda tutilishni iqtisodiyotda ham ko’ramiz bu erda bir nechta muammo ko’rib chiqilmoqda.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling