O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 0.54 Mb.
|
Tohirov Nozimjon (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari.
a. Ishsizlikning o’sishi
Yangi texnologiya joriy etilishi natijasida sanoatda ish joylari qisqaradi va ijtimoiy keskinlikni kuchaytiradi; Ishlab chiqarish tarkibining o’zgarishi va mehnat sig’imli tovarlar ishlab chiqarishning rivojlanayotgan mamlakatlar hududiga ko’chirilishi; Ishchi kuchi harakatchanligining ortishi. b. TMKlar salmoqli nufuzga ega bo’lishi natijasida ular o’z manfaatlarini yuqori qo’yadi, buning natijasida mahalliy hukumatning roli pasaya boradi va uning ba’zi funkstiyalari turli davlatlararo tashkilotlar va uyushmalarga o’tadi. Globallashuvning asosiy muammolaridan biri jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bog’liqligi tufayli global beqarorlikning muqarrarligi hisoblanadi. Natijada ma’lum bir mamlakatda ro’y bergan iqtisodiy o’zgarishlar yoki inqirozlar butun mintaqa yoki jahon miqyosida ta’sirini o’tkazishi mumkin. Bu holat faqat nazariy emas, hayotiy muammodir. Buni 1997 yil o’z ta’sirini o’tkazgan Osiyo moliyaviy inqirozi ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSh bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi. 3. Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari.Globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro’y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz o’z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar. «Bu inqiroz Amerika Qo’shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va akstiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi». Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablaridan hisoblanadi: norastional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi; moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag’lari o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; qimmatli qog’ozlar bo’yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi; moliyaviy audit va professional etika tamoyillarini buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi; moliyaviy rag’batlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko’rsatkichlarga asoslanganligi; yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog’ozlarni vujudga kelishi va hokazo. Shu o’rinda jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo’ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi. Xalqaro bozorlarda xom-ashyo tovarlari bahosining pasayishi O’zbekiston eksportiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Qayd etish lozimki, O’zbekiston dunyo avtosanoatiga mis etkazib beruvchi asosiy davlatlardan hisoblanadi. Vaholanki, inqiroz davrida misning bahosi 2 marta pasaydi. O’zbekiston paxta tolasi eksportining qariyb 85 foizi Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari engil sanoatiga etkazib beriladi. Moliyaviy inqirozning mazkur mamlakatlarga salbiy ta’siri, o’z navbatida, respublikamiz paxta eksportining pasayishiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, paxta tolasi va metallar respublika eksporti tarkibida sezilarli salmoqni tashkil etadi (4-rasmga qarang). Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling