O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Shaxsning fikr yuritish qobiliyatini aniqlovchi muhim mezonlardan


Download 1.91 Mb.
bet3/7
Sana22.03.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1286245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kasb

Shaxsning fikr yuritish qobiliyatini aniqlovchi muhim mezonlardan
biri muammoli vaziyatdir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni yoki talabalarni
muammoli vaziyatni, topshiriqni yechishga o‘rgatish ularning bu aqliy
qobiliyatini rivojlantirishga katta yordam beradi. Buning uchun talabalarga
muammoli, jumboqli topshiriqni yechish bosqichlarini ta’riflab berish joiz. Bunda
qo‘yilgan muammoning mohiyati tushuntiriladi, uni yechish usullari, vositalari
qidiriladi, tanlangan usul hamda vositalardan foydalanib, muammo yechiladi,
uning to‘g‘ri yechilganligi tekshiriladi va hokazo.
Ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bir element ortiqcha
berilgan yoki biror sharti yetishmaydigan, yo bo‘lmasa o‘zaro mantiqan
bog‘lanmagan topshiriq hamda masalalardan muammo sifatida foydalanilsa juda
qimmatli natija olinadi. Qo‘yilgan muammoning kasb-hunarga aloqador bo‘lgani
ma’qul. Muammoni hal qilishda tafakkurning mustaqilligi, ixchamligi, tezligi,
mantiqiyligi, izchilligi, o‘tkirligi, teranligi, mahsuldorligi juda katta ahmiyatga
ega.

Kasb - hunar to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri - bu maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‘lish ob’yektiv va qat’iy qarorni keltirib chiqaradi.


V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchrashi mumkin bo‘lgan motivlardan
quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi:

1) biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning
qiziqishi,

2) vatanga foyda keltirish istagi (o‘zlarining individual - psixologik
xususiyati va qobiliyatlarini hisobga olgan holda),

3) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach
qilib ko‘rsatish,

4) oilaviy an’analarga rioya qilishi (vorislik),

5) do‘stlari va
o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi

6) ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi,

7) moddiy ta’minlanganlik

8) o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga
joylashishning osonligi singari motivlardir

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling