O’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 1.59 Mb.
bet10/25
Sana27.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1299963
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Holmirzayev Hoshimjon Erkinjonovich BI

continue operatori. Ba’zi xollarda sikl tanasining ma’lum qismida uning qolgan qismidagi amallarni bajarmasdan keyingi takrorlanish qadamiga o‘tish lozim bo‘ladi[10,16]. Bunday xollarda continue operatoridan foydalaniladi.
Masalan, 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ichidan faqat 3 ga karrali bo‘lgan sonlar chop qilmasdan o‘tib ketuvchi dasturni continue operatoridan foydalangan xoldagi matni.dastur kodi keltirilgan.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{ class Class1
{ static void Main()
{
int s;
for(i=1;1<=100;i++)
{
if (i % 3==0) continue;
Console.WriteLine( "i = " + i +"\n");
}
Console.ReadKey();
}
}
}
return operatori. return operatori biror bir operatsiyani bajarishga mo‘ljallangan funksiyani bajarilishini to‘xtatib, boshqaruvni ushbu funksiya chaqirilgan joyga qaytarish uchun xizmat qiladi[12,14]. Ushbu opertorning sintaksisi quyidagicha:
return [ ifoda ];
bu yerda ifoda funksiyaning qiymati sifatida qaytariluvchi va tipi ushbu funksiya tipiga mos bo‘lgan ifodadir. Agar funksiya void xizmatchi so‘zi bilan yozilgan bo‘lsa, bunday xolda ifoda yozilmaydi.
Ushbu operatordan foydalanishga misollarni qism dasturlar to‘g‘risidagi navbatdagi ma’ruzalarda ko‘rib o‘tamiz.


1.3. Massivlar


Massiv bir xil tipli elementlardan tashkil topgan cheklangan to‘plamdir. Massivning har bir elementi alohida o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lishi mumkin[15,16]. Massivda barcha elementlarning nomlari massiv nomi bilan bir xil bo‘ladi, faqatgina tartib nomeri bilan farq qiladi. Ushbu tartib nomerlari element indeksi deb yuritiladi. Massivlardan foydalanishdan avval ularni e’lon qilib olinadi. Masalan, 10 butun tipli elementga ega massiv quyidagicha e’lon qilinadi:


int[] w = new int[10];
Bu yerda:
int- e’lon qilinayotgan massiv tipi;
[] – e’lon qilinayotgan kattalik massiv ekanligini va uning o‘lchamini bildiruvchi belgi;
w – massiv nomi;
new – xizmatchi so‘z bo‘lib, xotiradan yangi yaratilayotgan massiv uchun joy ajratilishini ta’minlaydi. int[10] – xotiradan ajratiluvchi joy. Ushbu misolda new int[10] xotiradan 10 ta butun tipli element uchun joy ajaratib, ularni nollar bilan to‘ldiradi.
string[] z = new string[100];
Ushbu misolda string tipidagi 100 ta elementdan iborat z nomli massiv e’lon qilinyapti. Massivning har bir elementi u matnli tipda bo‘lganligi sababli null lar bilan to‘ldiriladi.
Massiv elementlari soni massivning o‘lchamini belgilaydi. Massiv o‘lchamini uni e’lon qilingandan so‘ng o‘zgartirib bo‘lmaydi. Massiv o‘lchamini manfiy son bilan va haqiqiy son bilan berib bo‘lmaydi. Massiv elementarining indeksi(raqamlanishi) har doim 0 dan boshlanadi, shu sababli massiv elementining eng katta indeksi har doim uning elementlari sonida 1 ta kam bo‘ladi.
Massiv elementiga murojaat qilinganda massiv nomdan keyingi to‘rtburchak qavs ichida element indeksi(nomeri) yoziladi. Masalan:
int[] nums = new int[4];
nums[0] = 1;
nums[1] = 2;
nums[2] = 3;
nums[3] = 5;
Console.WriteLine(nums[3]);
Agar massivning mavjud bo‘lmagan elementiga murojaat qilinsa yoki massiv o‘lchami chegarasidan chiqib ketilsa IndexOutOfRangeException tipidagi xatolik yuzaga keladi.
Bir xil tipga ega bo‘lgan massivlardan biri-birini e’lon qilishda foydalanish mumkin. Bu xolda massiv bilan e’lon qilingan yangi massiv elementlari tipi ishoratli tip sifatida qabul qilinadi. Bunday xolda har ikki massiv teng emas balki, bitta umumiy massiv bo‘ladi. Masalan:
int[] a = new int[10];
int[] b = a; // b va a bitta massivdir
C# da massivlarning 3 xil turi bilan ishlanadi: bir o‘lchovli massivlar, ko‘p o‘lchovli to‘rtbo‘rchak massivlar va pog‘onasimon massivlar.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling