O’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 1.59 Mb.
bet13/25
Sana27.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1299963
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Holmirzayev Hoshimjon Erkinjonovich BI

System.Array bazaviy sinfi. C# da barcha massivlar uchun System nomlar makonining Array sinfi mavjud bo‘lib, unda massivlar bilan ishlash uchun bir qancha qulay bo‘lgan uslublar mavjud. Quyidagi jadvalda Array sinfining asosiy xususiyat va uslublari 1.1.- jadvalda keltirilgan.
Array sinfining ba’zi metodlari va uslublari 1.1.- jadval.

Element

Ko‘rinishi

Tavsifi

Length

Xususiyat

Massivning elementlar soni

Clear

Statik uslub

Massiv elementlarini e’lon qilingandagi boshlang‘ich holatga qaytarish

Copy

Statik uslub

Bir massivning ko‘rsatilgan diapazonidagi elementlaridan boshqa massivga nusxa olish

GetValue

uslub

Ko‘rsatilgan massiv elementi qiymatini olish

Reverse

Statik uslub

Bir o‘lchamli massiv elementlarini teskari(reversiv) joylshtiradi

Sort

Statik uslub

Bir o‘lchamli massiv elementlarini kamayish tartibida joylashtiradi

Rank

Statik uslub

Massiv o‘lchamini ko‘rsatadi

GetLength(n)

uslub

massivning n chi tartibi bo‘yicha uzunligini ko‘rsatadi. Masalan: GetLength(0) – 1 chi tartib bo‘yicha o‘lchami uzunligi, GetLength(1) – 2 o‘lchovli massivlarda 2 chi o‘lchami uzunligi va h.

GetUpperBound(n)

Statik uslub

massivning n chi tartibi bo‘yicha yuqori chegarasi(eng katta indeksi nomeri)ni ko‘rsatadi.

IndexOf(m,e)

Statik uslub

Bir o‘lchovli m massivdan e elementni birinchi bo‘lib, qaysi joyda uchrashini bildiradi.

LastIndexOf(m,e)

Statik uslub

Bir o‘lchovli m massivdan e elementni oxirgi bo‘lib, qaysi joyda uchrashini bildiradi.



foreach operatori. foreach operatori maxsus tashkil qilingan gurux ma’lumotlarini o‘qish uchun qo‘llaniladi. Massivlar xuddi shunday guruxlar sirasiga kiradi. Ushbu operatordan foydalanishni qulayligi shundaki, massivning elementlari sonini bilish talab etilmaydi va elementlar navbatma-navbat tartib nomeri(indeksi) bo‘yicha o‘qilaveradi. Sintaksisi:
foreach( in )
sikl tanasi
foreach operatoridan foydalanilganda, kontaynerning elementlari navbatma-navbat ko‘rsatilgan o‘zgaruvchiga o‘zlashtirib boriladi. Har bir siklda o‘zgaruvchi kontaynerning navbatdagi elementi qiymati o‘zlashtiriladi. Kontayner sifatida ko‘proq massivlar qo‘llaniladi. O‘zgaruvchining tipi kontayner elementi tipiga mos bo‘lishi talab etiladi.
Quyidagi dasturda massivning manfiy elementlari yig‘indisi va ularning sonini hamda eng katta elementini foreach operatoridan foydalanib topish dasturi keltirilgan.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{ class Class1
{ static void Main()
{
int[] a = { 3, 12, 5, -9, 8, -4 };
Console.WriteLine( "Massiv:" );
foreach ( int elem in a )
Console.Write( "\t" + elem );
Console.WriteLine();
long sum = 0; // manfiy elementlar summasi
int num = 0; // Manfiy elementlar soni
foreach ( int elem in a )
if ( elem < 0 )
{
sum += elem;
++num;
}
Console.WriteLine( "sum = " + sum );
Console.WriteLine( "num = " + num );
int max = a[0]; // eng katta element
foreach ( int elem in a )
if ( elem > max ) max = elem;
Console.WriteLine( "max = " + max );
Console.Readkey();
}
}
}
Foreach opertoridan foydalanib, konteynerdagi elementlar qiymatini faqatgina o‘qish mumkin. Quyidagi dasturda pog‘anasimon massivlar bilan ishlashda foreach operatoridan foydalanilgan dastur qismi keltirilgan
...
int[][] a = new int[3][];
a[0] = new int [5] { 24, 50, 18, 3, 16 };
a[1] = new int [3] { 7, 9, -1 };
a[2] = new int [4] { 6, 15, 3, 1 };
Console.WriteLine( "Joriy massiv:" );
foreach ( int [] mas1 in a )
{
foreach ( int x in mas1 )
Console.Write( "\t" + x );
Console.WriteLine();
}
// Massivning birinchi qatoridan 18 ga teng elementni topish:
Console.WriteLine( Array.IndexOf( a[0], 18 ) );
...


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling