2-BOB. C# DASTURLASH TILIDA TARMOQLANUVCHI, TAKRORLANUVCHI OPERATORLAR VA MASSIVLARGA DOIR MISOL VA MASALAR YECHISH JARAYONIDA TALABALARNI INNAVATSIОN FAОLIYATINI RIVОJLANTIRISH
2.1. AFCE va Visustin blok-sxema muharrirlari
Algorithm Flowchart Editor (AFCE) har qanday turdagi sxemalarni yaratish, o'zgartirish va eksport qilish imkonini beruvchi bepul ta'lim dasturidir. Bunday muharrir dasturlash asoslarini o'rganayotgan maktab o'quvchisiga ham, informatika fakultetida tahsil olayotgan talabaga ham kerak bo'lishi mumkin.
Blok-sxema instrumentlari. Ma'lumki, blok-sxema yaratishda har xil bloklardan foydalaniladi, ularning har biri algoritm davomida muayyan harakatni nazarda tutadi. AFCE muharriri o'rganish uchun kerak bo'lgan barcha klassik vositalarga ega.
2.1-rasm. Algorithm Flowchart Editor (AFCE) dastur interfeysi
Manba kodi. Blok-sxemaning klassik qurilishiga qo'shimcha ravishda, muharrir dasturingizni grafik ko'rinishdan dasturlash tillaridan biriga avtomatik ravishda tarjima qilish imkoniyatini taklif qiladi.
2.2-rasm. Algorithm Flowchart Editor (AFCE) dastur manba kod interfeysi
Manba kodi avtomatik ravishda foydalanuvchi blok-sxemasiga moslashadi va har bir harakatdan keyin uning mazmunini yangilaydi. Ushbu bitiruv ishi yozish vaqtida AFCE muharriri 13 ta dasturlash tiliga tarjima qilish imkoniyatiga ega: AutoIt, Basic-256, C, C++, algoritmik til, FreeBasic, ECMAScript (JavaScript, ActionScript), Paskal, PHP, Perl, Python, Ruby, VBScript.
2.3-rasm. AFCE dastur dasturlash tili interfeysi
O'rnatilgan yordam oynasi. Algorithm_Flowchart_Editor muharririni ishlab chiquvchisi rossiyalik oddiy informatika o'qituvchisi. U yakka o'zi nafaqat muharrirning o'zini, balki to'g'ridan-to'g'ri ilovaning asosiy interfeysiga o'rnatilgan rus tilida batafsil yordamni ham yaratdi.
2.4-rasm. AFCE dastur yordam oynasi
Do'stlaringiz bilan baham: |