O’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 1.59 Mb.
bet7/25
Sana27.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1299963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Holmirzayev Hoshimjon Erkinjonovich BI

foreach operatori[10,16]. Ushbu operator massiv va unga o‘xshash kontaynerlardan ma’lumotlarni o‘qish uchun ishlatiladi.
Sintaksisi:
foreach( > in <kontayner>)
bu yerda:
- ichidan elementining qiymati o‘qib olinayotgan massiv yoki konteynerli o‘zgaruvchining tipi.
- massiv yoki konteynerli o‘zgaruvchi elementining qiymatini o‘zlashtirib oluvchi o‘zgaruvchi.
-elementlarining qiymati o‘qib olinuvchi massiv yoki konteynerli o‘zgaruvchi.
Misol:
int[] array = new int[] { 1, 2, 3, 4, 5 };//massiv
foreach (int i in array)
{
Console.WriteLine(i);
}
Yuqoridagi misolda kontayner sifatida int tipidagi array nomli massiv dan foydalanilyapti, shu sababli int tipidagi i nomli o‘zgaruvchini initsializatsiya qilib olinyapti. Ushbu sikl avtomatik tarzda kontaynerning barcha elementlarini navbatma navbat o‘qiydi.
while va do..while konstruksiyalari.
while operatori - shartni avval tekshirib olib so‘ngra, sikl tanasini bajarishga o‘tadi[10,15].
Sintaksisi:
while (shartli ifoda)
{
… operator(lar)…
}
Bu yerda:
shartli ifoda – takrorlashni tugallanishini yoki davom etishini belgilovchi mantiqiy ifoda, u har bir iteratsiyadan oldin tekshiriladi. Ushbu ifodaning qiymati true bo‘lsa, takrorlanish jarayoni davom etadi va aksincha false bo‘lsa takrorlash tugallanadi. ;
operator(lar)- sikl tanasi.
Misol:
int i = 6;
while (i > 0)
{
Console.WriteLine(i);
i--;
}
do..while operatori. Ushbu takrorlash jarayoni eng kamida bir marta takrorlanadi. Chunki takrorlashni sharti sikl tanasidan so‘ng tekshiriladi[10,12].

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling