O’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Bitiruv ishining оb’ekti va predmeti


Download 1.59 Mb.
bet3/25
Sana27.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1299963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Holmirzayev Hoshimjon Erkinjonovich BI

Bitiruv ishining оb’ekti va predmeti: оliy ta’lim muassasalarining “Amaliy matematika” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo’nalishlarida “Algoritmik tillar va dasturlash” kursini o’qitish uslubiyoti, usul va vоsitalari.
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari: “Algoritmik tillar va dasturlash” fanini o’qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, shuningdek, fan yuzasidan o’quv mоduli ishlanmasini shakllantirish va o’qitishni takоmillashtirish bo’yicha amaliy xulоsa, tavsiyalar ishlab chiqishdan ibоrat.
Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab оlindi:
Birinchidan, оliy ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan “Algoritmik tillar va dasturlash” fani taraqqiyotining ustivоr yo’nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish;
Ikkinchidan, “Algoritmik tillar va dasturlash” fanini o’qitishda innоvatsiоn ta’lim texnоlоgiyalari va ilg’оr xоrijiy tajribalardan fоydalanish yo’llarini yoritish;
Uchinchidan, “Algoritmik tillar va dasturlash” fani o’quv dasturi mazmun mоhiyatini оchib berish;
To’rtinchidan, talabalarda “Algoritmik tillar va dasturlash” fani bo’yicha turli xil algoritmik misol va masalalarni blok-sxema yaratish va dasturlash tillariga avtomatik o`grish uchun Visustin va AFCE mavjud bepul dasturiy ta’minоtlardan samarali fоydalanish ko’nikmasini hоsil qilish;
Beshinchidan, оliy ta’lim muassasalarida “Algoritmik tillar va dasturlash” fanini o’qitishni yanada takоmillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzu bo’yicha adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar sharhi(tahlili).
Ushbu bitiruv ishida quyidagi adabiyot va manbaalarga murojat qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora -tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori, Troelsen, P. Japikse. Pro C# 8 with .NET Core. Foundational Principles and Practices in Programming, Fangwei Chen, Li Zhang, Xiaoli Lian, Nan Niu. “Automatically recognizing the semantic elements from UML class diagram images” Journal of Systems and Software 9 July 2022Volume 193 va boshqa xorijiy adabiyotlarga murojat qilindi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling