O‘zbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muhandislik-texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti “Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish


Download 1.4 Mb.
bet11/14
Sana28.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1135313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Jumanazarov Shoxrux

Kompyuter tarmoqlari

Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari bu tarmoq qurilmalari bo’lib, abonentlar o’rtasidagi real aloqani ta`minlab beradilar. Dastlab portlar haqida to’xtalamiz:
Informasion texnologiyalarda portlar – bu jo’natilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi mantiqiy yoki fizik bog`lanishni tashkil etib, odatda quyidagi sinflardan iborat:
1. Qurilma (apparat) portlari – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u vilka yoki kabellar yordamida kompyuterga bog`lanadi. (4.1-rasm.) Bular: Parallel port, davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2
2. Kiritish-chiqarish porti – mikroprosessor bilan qurilmalar o’rtasida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. U dasturga o’zaro ma`lumotlar almashishni tashkil etadi.
3. Tarmoq porti – TCP va UDP protokollari parametrlari bo`lib, u IP formatidagi ma`lumotlar paketining qo`llanilishini aniqlaydi. (4.2-rasm.)
Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini uning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfeys portlar, shinalar, kompyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdir.
2. Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti.
Tarmoqlarning fizik darajasining belgilanishi bir qurilmadan boshqasiga axborot hajmining ya’ni bitlarni uzatishi bilan hisoblanadi. Axborotlarni uzatish uchun turli fizik tashuvchilardan foydalanish mumkin. Ularning xar biri o’tkazuvchanlik qobiliyatiga, tutib qolishi, narxi va o’rnatilishi hamda qo’llanilishiga ko’ra o’z xususiyatiga ega.
Axborotlarni uzatish muhiti elektromagnit spektrdagi to’lqinlar asosida ishlaydi. Elektronlarning xarakati fazoda xatto vakuumda ham elektromagnit to’lqinlarni hosil qilib tarqatishi mumkin. Buni 1865 yilda Britaniya fizigi Jeyms Klerk Maksvell (James Clerk Maxwell) tomonidan kashf etgan. 1887 yilda nemis fizigi Genrix Gerts (Heinrich Hertz) shu bo’yicha birinchi tajribasini o’tkazib uni isbot qilgan. Bu to’lqinlarning asosiy ko’rsatkichlari chastota va to’lqin uzunligidan iborat. To’lqin uzunligi deb ikki maksimumlar (yoki minimum) ketma-ketliklari oralig’idagi xolatiga aytiladi. Bu kattalik grekcha λ (lyambda) bilan belgilanadi.




        1. Download 1.4 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling