O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Download 0.78 Mb.
bet2/16
Sana29.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1307633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
SOBIROV ALIZODA ilmiy ishi 2022

Tadqiqotning maqsadi Sirdaryoning quyi oqimida Jetiasar madaniyati sohiblarining keng qamrovli tadqiqotlar natijasida turar jo‘y me’morchiligi, ibodatxonalari, dafn inshoatlari va kulolchilik maxsulotlari asosida bir majmuaa sifatida ularning dehqonchilik vohalariga madaniy aloqalarini kuzatish.
Tadqiqotning obʼyekti sifatida quyi Sirdaryo hududlarida ma’lum bo’lgan bronza davridan antik davrlargacha ochib o’rganiligan me’morchilik ob’yektlar va kulolchilik maxsulotlari.
Tadqiqotning predmetini hozirgacha Quyi Sirdaryo va vohalarda ma’lum bo’lgan arxeologik ma’lumotlar va ilmiy arxeologik adabiyotlar manbalarda keltirilgan asarlar hamda ularning o‘rganilishi bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi.
Tadqiqotning vazifalari:
me’morchilk ob’yektlarini bir tizimga solish va tahlil qilish;
kulolchilik maxsulotlari asosida Quyi Sirdaryo va voha xalqlari orasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarni o’rganish;
dafn inshoatlari asosida vohalardagi diniy qarashlarni o‘rganish;
bizgacha ma’lum bo’lgan arxeologik ma’lumotlarni tanqidiy o‘rganish va tahlil etish.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida tarixiylik tamoyili, tizimlashtirish, qiyosiy tahlil, tasniflash, yangi usullar asosida xronologik davrlashtirish kabi usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Quyi Sirdaryo hududlarida ma’lum bo’lgan doira va xochsimon shakldagi dafn inshoatlari vohalarda qisqa davrda tarqaganligini kuzatamiz. Shu jumladan Farg’onadagi Bilour tepa me’morchilk ob’yektlari;
kulolchilik maxsulotlari asosida Quyi Sirdaryo va voha xalqlari orasidagi iqtisodiy-madaniy va diniy qarashlarni o’rganish;
dafn inshoatlari asosida me’morchilik an’annalarini vohalarga kirib kelishini o‘rganish;
bizgacha ma’lum bo’lgan arxeologik ma’lumotlarni tanqidiy o‘rganish va tahlil etish.
Mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili. Bugungi kunga qadar O’rta Osiyo arxeologlari tomonidan Xorazm arxeologik ekspiditsiyasi tomonidan o’tgan asrning 60-70-yillariga qadar juda katta arxeologik ishlar olib borilgan. Keyingi yillarda voha hududlarida mavzu borasida unga yondosh masalalarda bir qator yangi tadqiqotlar olib borilgan. Hozirgacha qo’lga kiritilgan vohalardagi yangi arxeologik yodgorliklarni bir tizimda umumlashtirish va ularni Jetiasar madaniyati yodgorliklari bilan birga o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling