O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti


Download 36.78 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2023
Hajmi36.78 Kb.
#1145866
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
chala kurs ishi.

Kurs ishining vazifasi.


I BOB. ONA TILI DARSLARIDA ILMIY INSHO YOZISH KO’NIKMASINI
RIVOJLANTIRISH METODIKASI.



    1. Inshoning shakliga ko’ra turlari.

Zamonaviy milliy ta’limda sog’lom ma’naviyatni tarbiyalash bosh maqsad qilib belgilangani holda amalga oshirilayotgan ishlar hozircha yetarli ems edi. Botish ta’lim tizimining xususiyatlarini ko’r-ko’rona ko’chirish emas, ular erishgan yutuqlarning o’quvchi milliy xususiyatlari, ruhiy o’ziga xosligi, real jihatlariga mos keladigan tomonlarini o’zlashtirishgina samara berishi mumkin. Aks holda, chet el tarbiyashunosligidagi tashqi jihatlargina o’zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. O’quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan mustaqil yozma ishlarni o’quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini o’stiradi. Shu bilan birga, ulardagi fikr mustaqilligining o’sishini nazorat qilishga imkon beradi.
Sinfda asar mutolaasi davomida o’quvchilarga insho yozishda qo’l keladigan muhim so’z va iboralarni belgilab borishni o’rgatish ham maqsadda muvofiq bo’ladi. Bu narsa o’quvchilarni asarni o’qish davomida insho yozishga ruhan tayyorlaydi. Asar matnidagi muhimni nomuhimdan farqlashga o’rgatadi. Masalan, ,, Abdulla Qodiriyning ijodida men qadrlaydiganjihatlar “ mavzusida insho yozdirish uchun, avvalo, Abdulla Qodiriyning asarini o’quvchi sevib qola oladigan darajada tahlil qilish kerak. Asardagi o’quvchi qalbini titratadigan, jo’nbushga keltiradigan o’rinlarni kashf qildirish kerak. Mana shu kashfiyot o’quvchiga lazzat bag’ishlagan topildiqlargina adibni kitobxonga sevdiradi.


I BOB. BUGUNGI KUNDAGI ONA TILI DARSLIKLARIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR
1.1. Yangi tahrirdagi darsliklarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari.
Soʻnggi oʻn yillikda butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar va ularning taʼsir doirasi nihoyatda kengaydi. Bu jarayon, ayniqsa, yoshlarni tez fursatda oʻziga jalb qila oldi.
Hozirgi kun yoshlari ham uyda oʻtirgan holda dunyoning istalgan burchagida sodir boʻlayotgbnan voqealarni onlayn kuzatish imkoniyatiga ega, yaʼni virtual borliq va olam insoniyatning ajralmas boʻlagiga aylandi. Jamiyatda sodir boʻlayotgan bunday oʻzgarishlar darsliklar masalasini qayta koʻrib chiqish zaruratini ham yaratdi. “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan gʻoya ostida amalga oshirilayotgan loyihalarni hayotga tatbiq etishda darsliklarning oʻrni beqiyos. Milliy darsliklar tizimini yaratish sohasida juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinfi uchun yaratilgan ona tili darsligining toʻla yangilangan 5-nashri tom maʼnoda darslik yaratish sohasida yangilik boʻldi. Ushbu darslik taniqli tilshunos olimlar N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva va D.Mannopovalar tomonidan taʼlim tizimiga joriy etildi.
Darslik nashr etilmasdan oldin uning mazmuniga boʻlgan munosabat ijtimoiy tarmoqlarda juda koʻp muhokama qilindi. Chunki maktablarda ona tili fani uchun ajratilgan soat avvallari 5 soat edi, yangi darslik asosida esa 4 soat hajmida
belgilandi. Bu masalaning moddiy jihati. Bundan tashqari 170 soat hajmidagi axborotni 136 soatga qisqartirish koʻpchilikka imkonsizday tuyuldi.
Lekin darslik nashr etilgach, bu muammolarning yechimi juda chiroyli topilgani, darslikka kiritilgan yangiliklar, yangi ruknlar, yangicha hikoyalar, yangi maʼlumotlar-u xabarlar barcha oʻqituvchilarga birdek yoqdi. Ayniqsa, darslik asosida oʻquvchilarga taʼlim bergan ustozlarning fikrlashlari va dunyoqarashlarida ham zamonaviylik sezilib turdi. Chunki darslik tamomila zamon bilan hamnafas.
Oʻquvchining yoshi va psixologiyasiga mos ravishda toʻla yangilangan. Yangi darslikda fonetika, grafika, talaffuz va imlo meʼyorlari, leksikologiya, lugʻatshunoslik, punktuatsiya va ish qogʻozlari boʻlimlari mufassal yoritib berilgan.
Morfologiya 6-7-sinflar, sintaksis boʻlimi 8-sinf ona tili darsligida mukammal yoritilgani sababli darslikdan chiqarib tashlangan. Bu esa oʻqituvchilarga ancha qulayliklar tugʻdiradi. Chunki 11-12 yoshli bola uchun buncha axborotni qabul qilish va uni yodda saqlab qolish jarayoni birmuncha qiyinchiliklarni yuzaga chiqarar edi.
Eng birinchi yangilik bu – Komiljon va Donoxon obrazlarining darslikka kiritilishidir. Bola hatto bir oʻzi dars qilayotganida ham oʻzini yolgʻiz his qilmaydi.
Donoxon va Komiljonning suhbatlaridan bola obrazli fikrlashni, oʻz fikrini analiz va sintez qilishni oʻrganadi. Badiiy tasavvur doirasi kengayadi. Darslikda berilgan hikoyalar ham ibratli. Oʻquvchini oʻz xatti-harakatlari, hayot tarzi haqida oʻylashga undaydi. Keksa qayiqchi va uning eshkaklari haqidagi qisqa hikoya oʻquvchiga hayotda eng muhim narsa bu insonning maqsadi va unga yetishish yoʻlida odam ishonch bilan hamisha olgʻa harakat qilishi kerakligi haqidagi oddiy haqiqatni
obrazli tarzda ochib bergan. Darhaqiqat, bola bu yoshda ancha ulgʻayib, baʼzi oʻquvchilar oʻzlarini hatto kattalardek his qila boshlagan payt. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda bu kabi hikoyalar oʻquvchiga ijobiy taʼsir oʻtkaza oladi.
Toshkent kuranti tarixiy-meʼmoriy yodgorligining yaratilish tarixi, insoniyat qoʻli bilan barpo etilgan turli gʻaroyib koʻpriklar, azim poytaxtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshuvchi, atoqli shoir va yozuvchilarimiz xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan “Adiblar xiyoboni” haqidagi matnlar oʻquvchilar ongida buyuk bunyodkorlik gʻoyalarining tugʻilishiga zamin yaratadi. Ularda ham noyob arxitektura namunalari loyihalarini yaratishga turtki boʻladi.
Bugungi kunning eng global muammosi butun dunyoda sodir boʻlayotgan inson va tabiat oʻrtasidagi ziddiyatlar, odamlarning aralashuvi asosida tabiatda roʻy berayotgan noxush vaziyatlar, suv toshqinlari, sunamilar, dahshatli qurgʻoqchilik va ocharchilik oqibatida minglab yosh bolalarning bevaqt oʻlimi, havoga zararli gazlarning tarqalishi natijasida ozon qatlamining yemirilayotgani, Orol dengizi muammosi va uning oqibatida bizning jannatmakon yurtimizda ham choʻllashish jarayoni tezlashgani, Orolni asrab qolish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, chiqindilarni qayta ishlash jarayoni, oʻrmonlarning kesilishi, foydali qazilmalarning tobora kamayib borayotgani, insoniyatning kosmosni zabt etishga qaratilgan ishlarining foydasi va zararli jihatlari, odamzodning turli tajribalari, havoning global isishi natijasida yuzaga kelgan viruslar muammosi, ayniqsa, bugun butun dunyo aholisining diqqat markazidagi eng dahshatli vaziyat boʻlib qolmoqda. Bu borada dunyo bolalarining, xususan, Greta Tunbergning BMTda soʻzlagan nutqi diqqatga sazovor. Bu matnlarni oʻqir ekan oʻquvchi yoshlar tabiatga ehtiyotkorona
munosabatda boʻlish, uni asrab – avaylash haqida yetarlicha tushunchaga ega boʻladilar. Tabiatni asrash haqida muhim taklif va mulohazalarni oʻrtaga tashlab, muammolarni yechish yoʻllarini izlab koʻradilar.
Bolalar faqat muammolar bilan chegaralanib qolmaydi. Darslikda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ixtirolarning loyihalari haqida ham qiziqarli maʼlumotlar berilgan. Xususan, Navoiy bobomizning “Xamsa” asarida tasvirlangan robot, televizor, eskalator va lift haqidagi farazlari, Leonardo da Vinchining yaratgan roboti va qoʻlyozmalaridagi parashyut surati oradan ancha yillar oʻtgandan soʻnggina hayotga tatbiq etilgan. Bu esa ajdodlarimiz naqadar keng dunyoqarashga ega ekanligi va oʻz davri imkoniyatlaridan ancha ilgarilab ketganligini bildiradi.
Darslikda asosan oʻquvchilarning imloviy savodxonligini oʻstiruvchi mashqlar berilgan. Kirill va lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida bola birdek yoza olishi uchun alohida mashq va topshiriqlar jamlanmasi havola etiladi. Yozuvlar tarixi mavzusidagi 117-mashq va Mustahkamlash darsidagi 4-topshiriqda kirill alifbosida maqol va hikmatli soʻzlar berilgan. Oʻquvchilar esa keltirilgan maqol va hikmatli soʻzlarni oʻzbek alifbosiga oʻgirib yozishlari kerak boʻladi. Masalan: Китобнинг сони эмас, унинг яхшиси фойда келтиради. (Цицерон, юнон) — Kitobning soni emas, uning yaxshisi foyda keltiradi. (Sitseron, yunon) Bu usulda bola nafaqat fikrlaydi, balki ikkala yozuv imkoniyatlarini bir – biriga solishtiradi. Ona tilimizdagi soʻzlarning imlosi va talaffuzidagi farqlarni anglab yetadi, iloji boricha soʻzni aniq va toʻgʻri talaffuz etishga oʻrganadi.
Maʼlumki, 2021 yilning 16 mart kuni “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgandi. Unga koʻra, alifboda mavjud harf birikmalari: “sh” va “ch”, shuningdek, “oʻ” va “gʻ” harflarini diaktrik belgisiz harflar bilan almashtirish taklif etildi. Yuqoridagi kabi mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida oʻquvchilar alifbodagi qulaylik va tilimizda mavjud tovushlarning alifbomizda qanchalik toʻliq aks etishi haqida bahs va munozaralar oʻtkazish imkoniga ega boʻladilar. Tilimiz va alifbomizning sinxron tarzda rivojlanishiga oʻz munosabatlarini bildiradilar.
Yangi darslikda terminlar mavzusiga alohida urgʻu berilgan. Biz shu kungacha terminlarni kasb–hunarga oid va ilmiy terminlar sifatida oʻrgangan edik. Yangi darslikda esa internetga oid terminlar mavzusiga alohida dars soati ajratilgani quvonarli hol. Chunki hozirgi kunda nutqimizda juda koʻp uchraydigan, ammo ma’nosini chuqur anglamaydigan internetga oid atamalarimiz soni anchagina.
Darslikda akkaunt, bloger, avatarka, fayl, mem, xeshteg, veb-sahifa, vebinar, dayjest kabi terminlarning maʼnolari aniq keltirilgan. Ularni bilish orqali biz nutqimizni ifodali, ta’sirli va aniq ifodalay olamiz.
Darslikka qoʻshimcha taklif sifatida shuni aytmoqchimanki, takrorlash darslarida “Faqat bittasi” didaktik oʻyinidan foydalanish mumkin. Buning uchun oʻqituvchi sinf taxtasiga bitta harfini oʻzgartirish orqali yangi soʻzlar hosil qilish imkoniyati keng boʻlgan soʻz yozadi. Masalan: bosh soʻzi. Oʻquvchilar berilgan soʻzning faqat bitta harfini oʻzgartirib yangi soʻzlarni hosil qilishlari kerak. Bosh,
qosh, tosh, yosh, dosh, fosh, mosh, boʻsh, besh, bor, boq… kabi. Eng koʻp soʻz topa olgan oʻquvchi ragʻbatlantiriladi.
Bundan tashqari darslarda “Soʻzdan soʻz top” didaktik oʻyinidan foydalanish ham samarali natija beradi. Bu oʻyinda bir soʻzdan bir necha soʻzlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu oʻyin turi oʻquvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Berilgan soʻz tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha soʻzlar hosil qilish mumkin. Demak, bu oʻyinni maʼlum bir mavzu bilan bogʻliq holda oʻtkazsa ham boʻladi. “Soʻzdan-soʻz top” oʻyinidan tilning barcha sathlarini oʻqitishda foydalanish mumkin. Jumladan, leksikologiya boʻlimida shakldosh, maʼnodosh, paronim va zid maʼnoli soʻzlar mavzularini oʻrganishda bu oʻyindan foydalanish mumkin. Buning uchun oʻqituvchi soʻzning shakl va maʼno munosabatiga koʻra turlarini keltirib chiqarish mumkin boʻlgan soʻzlarni tanlay bilishi va shundan keyin ularni oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilishi lozim. Masalan, kompyuterlashtirilgan soʻzini olaylik. Bu soʻzdan yosh, ter, kuy, yut, ot kabi shakldosh soʻzlarni keltirib chiqarish mumkin.
Zid ma’noli soʻzlar mavzusida bu oʻyindan qisman foydalanish mumkin.Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan soʻng oʻquvchilarga qaragʻayzorlar, koʻzmunchoq soʻzlarini berib, antonim soʻzlari keltirib chiqarish topshiriladi.
Qaragʻayzorlar soʻzidan oq-qora, koʻzmunchoq soʻzidan och-koʻk soʻzlarini hosil qilish mumkin. Bu oʻyin oʻquvchilarni sezgir, zukko va topqir boʻlishga odatlantiradi. Oʻyinda ishtirok etish uchun oʻquvchi mavzuni yaxshi oʻzlashtirgan
boʻlishi lozim, aks holda, oʻyindan chiqib qoladi. Ana shuni oʻquvchi his qila borsa, unda ilmga qiziqish ham orta boradi.
Zamonaviy yangilangan ona tili darsliklarining oldiga qoʻyilgan asosiy maqsad — grammatika faqat nazariya uchun emas, fikrning aniq va tushunarli,qisqa va loʻnda ifodalanishi uchun xizmat qilishidan iboratdir. Bu borada maktab darsliklarini tubdan yangilash va zamonga mos tarzdagi yangi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, estetik, madaniy bilimlar bilan boyitilgan matnlarni darslik sahifalariga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Bugun zamon shiddat bilan rivojlanyapti. Shunday ekan, ona tili taʼlimi oldiga fanni oʻquvchiga qanday tushuntirish, qanday qilib uni amaliyotda qoʻllash kerak, degan savol koʻndalang boʻlib turibdi. Shundan kelib chiqib, ona tili taʼlimi oldiga mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini qoʻllash hamda ilm-fan va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, maʼnaviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash kabi vazifalar qoʻyildi.
Umumiy oʻrta taʼlimning DTSlarida ona tili fanini oʻqitishning asosiy vazifalari sifatida:
—oʻquvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun ona tili fani boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qoʻllash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
— oʻquvchilarning ona tilida ogʻzaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
—oʻquvchilarning oʻzlashtirgan bilimlari asosida oʻzini oʻzi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, koʻnikma va malakasini turli vaziyatlarda qoʻllay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish belgilab berilgan.
Dunyo tajribalariga tayangan holda nashr qilinayotgan darsliklar bugun oʻquvchilarga mustaqil fikrlashga, matnni tinglab tushunish jarayoni bilan uzviy bogʻlangan holda grammatik bilimlarni ham innovatsion usullarga oʻrganishlariga zamin yaratmoqda. Masalan 7-sinf oʻquvchilari uchun nashr qilingan ona tili darsligi oʻquvchilarda lingvistik bilimlar bilan bir qatorda hayotiy zaruratga asoslangan matnlarni oʻrganishga majbur qilmoqda. Bunda oʻquvchilar beixtiyor mavzu asosidagi matnni oʻqishi va munosabat bildirishi, matnda notoʻgʻri qoʻllangan soʻzlarni topishi, maʼnosini topish uchun keyingi berilgan topshiriq orqali bajarib bilimini mustahkamlashi mumkin.
Ona tili darsligida berilgan matnlar milliy qadriyatlarimizni oʻquvchilarga targʻib qilish bilan bir qatorda har bir inson bilishi amal qilishi, hayotda qoʻllay olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlib boradi. Matnlarning audio va video shaklda taqdim qilinishi oʻquvchilarning faqat kitobni oʻqishga yoʻnaltirilib yangi hosil qilishdan yiroqlashishiga sabab boʻlmoqda. Oʻquvchilarni fanga yanada qiziqtirish namunasi sifatida mavzuga mos rasmlarning tanlanishi, mustaqil oʻqish uchun berilgan matnlar ham yangicha uslubda ilm olishga yoʻnaltiriladi.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash
jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Nutq oʻstirishda oʻqituvchilar quyidagi talablarga eʼtibor berishlari lozim:
1. Oʻquvchilarni savolga “ha” yoki “yoʻq” deb emas, balki toʻla javob berishga oʻrgatish.
2. Oʻquvchilarda darak, soʻroq, buyruq, undov intonatsiyalariga rioya qilish malakasini tarbiyalash.
3. Nutqda ifodalilikka: pauza (toʻxtash), ohang va urgʻuga eʼtibor qilish.
4. Oʻquvchining ruhiy holatini hisobga olgan holda nutq oʻstirish ishlarini tartibga solish.
5. Nutqi va talaffuzida kamchiligi bor oʻquvchilarni guruhlarga boʻlib ishlash.
6.Oʻquvchi nutqidagi kamchiliklarni tuzatishda pedagogik usullardan foydalanish.
7. Namunali nutqni yozib olib, oʻquvchilarga eshittirish.
Nutqiy kompetensiya — tinglab tushunish, soʻzlash, oʻqish, yozish koʻnikmalari orqali belgilanadi. Darslik asosida tayyorlangan multimedia vositalari ham oʻquvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirib kundalik faoliyat davomida maqsadli qoʻllay olishga yoʻnaltiriladi. Masalan, 7-sinf darsligida berilgan “Kelajak kasblari” mavzusi asosida berilgan matnlar oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, kasb tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak degan savollarga javob topishga undaydi.
Audiomatnlarni diqqat bilan eshitgan oʻquvchi mavzu asosida berilgan savollarni qiyinchiliksiz javobini topa oladi. Mavzu asosida berilgan savollar oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga ham oʻrgatib boradi. Lingvistik kompetensiyalar
— grafika, orfografiya, fonetika, leksika, grammatikaga oid bilimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.Darslikda soʻzlarni toʻgʻri yozishga yoʻnaltirilgan topshiriqlarda oʻquvchilarning imloviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor beriladi. Soʻzlar imlosini topishga undaydigan topshiriqlarda soʻzlarning faqat notoʻgʻri shaklda berilishidan voz kechilib toʻgʻri shaklda yozilgani ham taqdim qilinib oʻquvchilarni yanada topqir boʻlishga, zamin yaratadi.
Soʻzlarni maʼnosini izohlash, maʼnolarini oʻquvchiga tez qabul boʻlishi uchun darslikdan oʻrin olgan matnlar, moslashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar oʻquvchilar lugʻat boyligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ona tili darsliklari bugungi zamon bilan hamfikr yoshlarni tarbiyalashda beminnat yordamchidir. Oʻqituvchilardan darslik mazmunini oʻquvchilarga tushintirib, anglatib borish, vatanparvar, salohiyatli qilib tarbiyalash, matnlarni tahlil qilish, tahlil jarayonida grammatik bilimlarni rivojlantirib borish, oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Download 36.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling