O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti


II BOB. ONA TILI FANINI OʻQITISHNING MUAMMOLARI


Download 36.78 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2023
Hajmi36.78 Kb.
#1145866
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
chala kurs ishi.

II BOB. ONA TILI FANINI OʻQITISHNING MUAMMOLARI
2.1. Ona tili ta’limida soʻz birikmalarini innovatsion texnologiyalar vositasida oʻqitish.
Pedagogik taʼlim bugungi kunda mahoratli, bilimli va tasavvuri keng pedagoglarni talab qilmoqda. Har bir dars noanʼanaviy boʻlishi uchun yangidan yangi dars ishlanmalar yaratilishi dolzarb maqsadlardan boʻlmoqda. Oʻzbekistonning 2022—2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish aynan taʼlim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilganligi ham fikrimizni isbotlaydi. Shu paytgacha foydalanib kelinayotgan taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari faqat nazariy bilim berishga yoʻnaltirilgan boʻlib, bolalarni mantiqiy fikrlashga, amaliyotga, hayotga oʻrgatmayapti.
Chunki ayni damdagi metodik faoliyat yod oldirishga, grammatik qoidalarni oʻrganishga qaratilgan. Bu esa ona tili taʼlimining asl maqsadini ochib bera olmaydi. Maqolada oʻrgangan maʼlumotlarni amalda qoʻllay olish yoʻli haqida soʻz boradi.
Taʼlim murakkab jarayon hisoblanib, hech bir fan boshqa fanlardan ayro holatda mustaqil rivojlana olmaydi. Ular oʻzaro doimiy aloqada. Oʻqitishdan maqsad qoidalarni yod oldirish emas, balki oʻrganilgan maʼlumotlarni amalda qoʻllay olish hamda uni anglatish bilan bilan baholanadi. Oʻquvchilar mantiqiy fikrlashiga qaratilgan dars metodlarini yaratish oʻqituvchilarning dolzarb vazifasidir. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorlanish jarayoni ham oʻquvchilarning oʻqib tushunish, tinglab tushunish va amaliyotda qoʻllay olishning mukammal darajasini talab etadi. Bunda, albatta, oʻtilgan mavzu oʻquvchi tasavvurida gavdalanishi kerak. A. Eynshteyn taʼkidlaganidek, tasavvur bilimdan koʻra muhimroqdir. Bilim
cheklangan boʻlishi mumkin, tasavvur esa butun dunyoni qamrab oladi, taraqqiyotni ragʻbatlantiradi va evolyutsiyani yuzaga keltiradi. Oʻquvchi oʻz tasavvuri orqali yangi maʼlumotlarni bilimga aylantira oladi. Xalqaro tadqiqotlar uchun tayyorlanishda integratsiyali taʼlimni amalga oshirish oʻquvchi shaxsini rivojlantiradi. Oʻrganganlarini amaliyotda qoʻllay olishga kengroq yoʻl ochadi.Jumladan, morfemika boʻlimini oʻrgatishda matematik yondashuvdan amaliy foydalanish mumkin. Bunda soʻz yasovchi va shakl yasovchi qoʻshimchalarni farqlash uchun x+y=z va x+y=x dan foydalanish mumkin. Darslikda soʻz yasovchi qoʻshimchaga “asosga qoʻshilib, yangi maʼno hosil qiluvchi qoʻshimcha” deb, shakl yasovchi qoʻshimchaga esa “asosga qoʻshilib, uning maʼnosiga qoʻshimcha maʼno yuklash yoki oʻzi qoʻshiladigan soʻzni boshqa soʻzga bogʻlash vazifasini bajaruvchi qoʻshimchalar” deb taʼrif berilgan. Oʻquvchi buni yod olgani bilan mohiyatiga tushunmaydi va amalda ularni farqlash qiyin boʻladi. x+y=z shartli ravishda x (asos) + y (soʻz yasovchi qoʻshimcha) = z (yasalma) yaʼni soʻz yasovchi qoʻshimcha asosga qoʻshilib, asosning maʼnosini “z” ga, “x” boʻlmagan qiymatga aylantiradi. x+y=x da esa shartli ravishda y (shakl yasovchi qoʻshimcha) x (asos)ga qoʻshilsa-da, natijaviy qiymat yana “x” ning oʻzi ekanligi koʻrinib turibdi, yaʼni shakl yasovchi qoʻshimcha asos maʼnosiga taʼsir oʻtkaza olmaydi. Morfemikani oʻrganishda muhimi soat+soz=soatsoz boʻlishini bilishi emas, eng muhimi soatsoz soʻzi yasalma ekanligini, ushbu soʻzda soʻz yasovchi qoʻshimcha mavjudligini tan olishdir. Bunda har bir soʻz yuqorida keltirilgan shartli formulalarga solib koʻrilsa, soʻzning tub yoki yasalma ekanligi ochiqlanadi.
Oʻquvchiga grammatik qoidalarni yod oldirish bilan natijaga erishib boʻlmaydi. Oʻquvchi uni tushunishi va mustaqil ravishda amalda qoʻllay olishi kerak. Shunchaki yod olish tasavvurni cheklab, fikrlashdan toʻxtatadi. Bu esa oʻquvchilarni dasturlangan robotga aylantiradi, xolos. Xususan, yordamchi soʻz turkumlarini farqlashda ham matematik birliklardan foydalanish mumkin. Teng bogʻlovchilar soʻzlarni oʻzaro teng munosabatda bogʻlab, soʻz qoʻshilmasini hosil qilishini inobatga olib, bogʻlovchini = (teng) ishorasiga; koʻmakchilar soʻzni soʻzga tobe bogʻlab, soʻz birikmasini hosil qilishini nazarda tutib, uni < > (katta-kichik) ishorasiga; yuklamalar esa soʻz yoki gapga qoʻshimcha maʼno berishini nazarda tutib, x2 (kvadrat daraja) ga qiyoslab oʻrgatish mumkin. Bunda oʻquvchilar fikrlaydi, solishtiradi, xulosa chiqaradi va mavzuni tushunib, uni unutmaydi.
Hozirgi taʼlim jarayonida oʻquvchi salohiyati va tasavvurini rivojlantirish muhim. Xususan, Avstraliya taʼlim tizimida salohiyatni shakllantirishga juda katta eʼtibor qaratiladi. Avstraliyada 2009-yili Avstraliya taʼlim dasturini baholash tashkiloti (ACARA) tashkil etilgan. Avstraliyada oʻqituvchi yoʻnaltiruvchi pozitsiyasiga ega boʻlib, oʻquvchilarning mustaqil taʼlim olishlariga katta ahamiyat beriladi. Shuningdek, savodxonlik, oʻqish va yozish qobiliyatini shakllantirishda 4 xil bosqich ahamiyatga ega boʻlib, bunga avstraliyalik oʻquvchilar jiddiy yondashadilar. Bu 4 bosqich grammatik bilimlar, soʻz boyligi, matnni tushunish va vizual bilimlarni oʻz ichiga oladi. Sanab oʻtilganlar umumlashib savodxonlik darajasini Xalqaro tadqiqotlar qoʻyadigan talablarga javob beradigan holga keltirmoqda. Grammatik bilim, soʻz boyligi, matnni tushunish biz uchun tushunarli; vizual bilim olish nima? Undan qanday foydalaniladi? Bunda oʻquvchilar harakatsiz
va harakatlanuvchi tasvirlarni, grafiklarni, jadvallarni, xaritalarni va boshqa grafik tasvirlarni sharhlaydilar va oʻzlari tuzgan, tushunadigan matnlarda gʻoya va maʼlumotlarni taqdim etish uchun turli oʻquv dasturlarida tasvir va tilning oʻziga xos tarzda qanday ishlashini baholaydilar.
Bundan koʻrinib turibdiki, dars jarayonida yuqoridagilardan foydalangan holda amalda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Albatta, bunda mustaqil fikrlash, tafakkur eta olish, tasavvurida aks etgan mazmunni ifodali bayon eta olish muhim, bunday oʻquvchilar oʻrgangan bilimlarini amalda qoʻllay oladilar.
Oʻquvchilar dunyoqarashi jadallik bilan oʻsib bormoqda. Oddiy metodlar va hatto yaqinda paydo boʻlgan metodlar ham yangilik boʻlmay qoldi, pedagoglar ham shunga yarasha ijodkor boʻlishi lozim. Oldimizda PISA xalqaro tadqiqotiga yaxshi tayyorlanib, munosib natija koʻrsatish maqsadi turibdi. Bunday tadqiqotlar maqsadi esa oʻquvchilarning oʻqib tushunishi, soʻz boyligi, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishdan iboratdir. Shuning uchun ushbu maqsadga muvofiq boʻlgan dars ishlanmalar yaratish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davr, axborot texnologiyalari asrida nafaqat ona tili fanida balki boshqa fanlarda ham bilimlarni toʻgʻridan toʻgʻri berish emas, oʻquvchini oʻyga toldiradigan mushohada yuritadigan muammoli tarzda berishgina koʻzlangan maqsadga eltadi, bizningcha. Bu oʻrinda A. Gʻulomov va M. Qodirovlarning ham fikrlari oʻrinlidir: “Oʻquvchilarga ona tili fanidan bilimlarni tayyor holda bayon qilish serunum metod sanalmaydi. Chunki bilimlar oʻqituvchi tomonidan tayyor holda berilar ekan, oʻquvchi shu jarayonning ishtirokchisiga tinglovchisiga va faqat andazaga qarab harakat qiluvchiga aylanib qoladi”. Va
bizning bosh maqsadimiz sanalgan erkin va ijodiy fikrlaydigan, oʻz fikr mahsulini nutq sharoitiga mos tarzda ogʻzaki va yozma bayon qila oladigan yoshlarni tarbiyalay olmaymiz.
Mana shunday vaziyatda pedagogika ham oʻzining uzoq rivojlanish yoʻli davomida yangi- yangi usullarni izlab keldi. Endilikda oldimizda ikkita savol turadi: “Nimani oʻqitish?”, “Qanday oʻqitish”. “Nimani oʻqitish” degan savolga darsliklarimizdagi grammatikani sodda va tushunarli qilib, hayotiy misollar yordamida soddalashtirish javob boʻlsa, “qanday oʻqitish” shu narsalarni oʻquvchining erkin va ijodiy fikrlashiga yoʻnaltirilgan usullarda olib borish javob boʻladi.
Ona tili darsining samaradorligini taʼminlovchi muhim vositalardan biri oʻqitish metodlarini toʻgʻri tanlashdir. Bunda oʻquvchi yoshi va ularning faoliyati bilan bogʻliq jihatlari eʼtiborga olinishi, tanlanayotgan metodlar oʻquvchini fikrlashga va tafakkur orqali muammolarni hal etishga qaratilishi lozim.
Maktabda soʻz birikmasi boʻyicha 5- va 8-sinf ona tili darsligida maʼlumotlar bor. Batafsilroq 8-sinfda toʻxtalgan. Biz shu asosida soʻz birikmasini oʻqitishni 1-2 ta metodlar vositasida koʻrsatib oʻtamiz.
Dastavval soʻz birikmasi haqida oʻqituvchi doskadan foydalanib ozroq maʼlumot beradi. Keyin soʻz birikmasining turlari boʻyicha “Klaster” metodidan foydalanib oʻquvchilarda mavzuga oid bilimlar hosil qilinadi.
“Klaster” (gʻuncha, toʻplam, bogʻlam) puxta oʻylangan strategiya boʻlib, uni oʻquvchilar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashgʻulotlarda
qoʻllash mumkin. Metod yordamida oʻquvchilar topshiriq boʻyicha fikrlarini klaster tarzida quyidagicha ifodalaydilar:
Soʻz birikmasining uchta turi boʻyicha fikrlar toʻldiriladi.
1.
Olma
Suvli
2. Oʻquvchilarga shu tarzda klaster tuzib, namuna koʻrsatamiz, keyin ular shu asosida fikrlab tarmoqlarni toʻldiradilar va soʻz birikmalari hosil qiladilar.
Oldim
Qalamni
Oʻquvchining
daftari
Mana shunday metodlar vositasida oʻquvchi mantiqiy fikrlagan holda soʻz birikmasi boʻyicha tasavvur va bilimlarga ega boʻladilar. Endi olgan bilimlarini taqqoslash yoʻli bilan yanada mustahkamlaymiz. 8-sinf darsligida soʻz birikmasi va qoʻshma soʻzni farqi berilgan. Biz soʻz birikmasi va qoʻshma soʻzni oʻxshash va farqli jihatlarini Veyn diagrammasi yordamida koʻrib chiqamiz.

Nutq jarayonida tuziladi
Tarkibidagi har bir soʻz alohida soʻroqqa javob boʻladi, sintaksis

Download 36.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling