O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 175.29 Kb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi175.29 Kb.
#1372121
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi new

Buxgalteriya balansini turlari



Tarkiblash belgisi

Balans turlari

Mazmuni

Tuzilish davriga ko‘ra

Tashkil topish balansi

Korxonaning tashkil topish vaqtida tuziladi

Joriy balans

Korxonaning uzluksiz faoliyatida, qonunda belgilangan muddatlarda tuziladi

Tugatish balansi

Korxona tugatilganda tuziladigan balans

Bo‘lish balansi

Yirik korxona bir necha mayda korxonalarga bo‘linish vaqtida tuziladi

Birlashtirish balansi

Bir necha korxonalar bir korxonaga birlashganda tuziladi

Axborot hajmiga ko‘ra

Bir martalik

Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi

Yig‘ma balans

Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, qo‘mita, boshqarmalar va shu kabilar)ning xo‘jalik mablag‘larini aks yettiradi

Aks yettirish obyektiga ko‘ra

Mustaqil balans

Mustaqil balansni huquqiy shaxs bo‘lgan barcha korxonalar tuzadi

Alohida balans

Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, bo‘limlar, sho‘ba va qaram xo‘jaliklar va shu kabilar) tuzadi

Tozalash usuliga ko‘ra

Brutto balans

Tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir

Netto balans

Qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans

Mablag’lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak.
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati;
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
Manbalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning majburiyatlari bu oldingi amalga oshirilgan operatsiyalarning natijasi yoki kelajakda o’zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi.
Majburiyatlarni uch xil:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi;
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo’lishi.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi.

Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar.


Passivda: I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari va II bo’lim. Majburiyatlarga bo’linadi.

Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Хo’jalik yurituvchi subyektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.


Aktiv va passivning xar bir elementi mablag’lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.
Buxgalteriya balansining maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks yettirishdan iborat. Balansning jamlangan qatorlari bo‘yicha tasnifiy jihatlarini quyida ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
Joriy va uzoq muddatli aktivlarni tasniflash. Har bir subyekt joriy aktivlarni va joriy majburiyatlarni buxgalteriya balansida alohida tasnif sifatida ko‘rsatishni (yoki ko‘rsatmaslikni) belgilab olishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt bu tasnifni amalga oshirmaydigan variantni tanlab olsa, aktivlar va majburiyatlarni to‘lash muddatlariga doir axborot nima bo‘lganda ham buxgalteriya hisobining milliy standartlariga asosan ochib ko‘rsatilishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aniq belgilanadigan operatsiya siklidan foydalanib, tovarlar va xizmatlarni yetkazib bersa, u holda balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif yetilishi aylanma mablag‘ sifatida doimo muomalada bo‘ladigan sof aktivlar bilan subyektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar o‘rtasidagi tafovutni farqlash yo‘li bilan juda foydali axborotga yega bo‘linadi. Shuningdek, u joriy operatsiya sikli davomida olinishi kutilayotgan aktivlarni hamda shu davr ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni ham alohida ko‘rsatishi lozim.
Agar aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining bir qismi bo‘lsa va subyektning operatsiya sikli me’yorida o‘tayotgan paytda uni olish yoki iste’mol qilish kutilayotgan bo‘lsa, mazkur aktivlar joriy aktivlar qatoriga kiritiladi.
Agar aktivlar qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan bo‘lsa va undan hisobot vaqtidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo‘lsa, bunday hollarda u joriy aktiv sifatida tasnif yetilishi zarur. Ushbu tasnifiy jihatlardan farqli jihatlarda boshqa barcha aktivlar uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif yetilishi kerak.

Odatda joriy aktivlarning ikki turi tarkiblanadi:


- birinchi turi xo‘jalik yurituvchi subyekt aylanma mablag‘ining bir qismi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning me’yoriy operatsion sikli davomida olingan yoki iste’mol qilingan bo‘lishi lozim;


- ikkinchi turi operatsiya aktivlari bo‘lmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot vaqtidan keyingi 12 oy davomida sotish kutilayotgan joriy aktivlar doirasidan iborat. Hisobot sanasidan keyingi 12 oy davomida olinadigan yoki iste’mol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari ham joriy aktivlarga kiritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion sikli – bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlik bilan pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlarga sotish o‘rtasidagi o‘rtacha vaqtdir. Uzoq muddatli va joriy operatsion aktivlarni tasnif yetish maqsadida ayni shu tarmoq yoki faoliyatning shu turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa, bir yil oraliq operatsion sikl hisoblanadi.
Uzoq muddatli (joriy bo‘lmagan) aktivlar – subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlar. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo‘lmagan aktivlardir.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida hisob-kitob qilinadigan majburiyatlardir.
Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga o‘xshashdir. Kreditorlik qarzi ish haqi, soliqlar bo‘yicha qarzlar va boshqa operatsiya xarajatlari bo‘yicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsiyasi siklida foydalaniladigan aylanma mablag‘ni tashkil yetuvchi moddalar bo‘yicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsiya moddalari hatto hisobot vaqtidan so‘ng 12 oydan ortiq davr davomida ham hisob-kitob qilinishi lozim bo‘lsada, joriy majburiyatlar hisobida tasnif qilinadi.
Joriy majburiyatlarga‚ shuningdek, bank overdraftlari, to‘lanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga kreditorlik qarzlari, foizlarni to‘lashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi kiradi. Ular hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitobni talab yesada, operatsiya nuqtayi nazaridan joriyligini aniqlash qiyin.
Uzoq muddatli asosda aylanma mablag‘dan pul bilan ta’minlanadigan, foizni to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar (12 oy davomida hisob-kitob qilinmaydigan majburiyatlar) uzoq muddatli (nojoriy) majburiyatlar hisoblanadi.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalash tartibi. Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar – hisobot sanasidan boshlab 12 oy davomida hisob-kitob qilinishi lozim bo‘lgan majburiyatlardir.
Dastlabki muddat 12 oydan ko‘proq bo‘lsa, subyekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashni rejalashtirayotgan bo‘lsa, bu tartiblar moliyaviy hisobot ma’qullangunga qadar qaytadan moliyalashga yoki to‘lovlar muddatini o‘zgartirishga qaratilgan bitim bilan qo‘llab-quvvatlansa, bunday sharoitda nojoriy majburiyatlar sifatida tasnif yetilishi lozim.
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim yetishni qo‘llab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda ochib berilishi lozim.
Buxgalteriya balansida aks yettirilishi lozim bo‘lgan axborot. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning tarkibini tashkil yetuvchi turli jihatlarni aks yettiradigan tarzda taqdim yetilishi lozim. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy unsurlari hisoblanadi:
- moddiy aktivlar;
- nomoddiy aktivlar;
- moliyaviy aktivlar;
- zaxiralar;
- debitorlik qarzi;
- pul mablag‘lari va pul yekvivalentlari;
- kreditorlik qarzi;
- ajratmalar;
- foiz to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar;
- o‘z sarmoyasi va zaxiralari.
Buxgalteriya balansi unsurlari Korxonaning moliyaviy barqarorligi moliyaviy holatning asosiy belgilaridan biri bo'lib, ushbu korxonaga investitsiyalarning xavfsizligi darajasini aks ettiruvchi eng sig'imli, konsentrlangan ko'rsatkichdir. Korxonaning moliyaviy to'lov qobiliyatini tavsiflovchi moliyaviy holatning bu xususiyati. Moliyaviy barqarorlikni boshqarish korxonaning butun faoliyati davomida tashqi kontragentlardan mustaqillikni (tashqi moliyaviy barqarorlik - uning qarzlari va majburiyatlarini qondirish barqarorligi) va aktivlarni moliyalashtirish manbalari bilan qoplashning oqilonaligini (ichki moliyaviy barqarorlik) ta'minlash uchun muhim boshqaruv vazifasidir. ).
Moliyaviy barqarorlik - bu korxonaning umumiy barqarorligining ajralmas qismi, moliyaviy oqimlar balansi, tashkilotga ma'lum vaqt davomida o'z faoliyatini saqlab qolishga imkon beradigan mablag'larning mavjudligi, shu jumladan olingan kreditlarga xizmat ko'rsatish va mahsulot ishlab chiqarish. U asosan tashkilotning moliyaviy mustaqilligini belgilaydi.
Moliyaviy barqarorlik - bu uzoq vaqt davomida to'lov qobiliyatining prognozi. Kredit qobiliyatidan farqli o'laroq, bu tashqi emas, balki ichki ahamiyatga ega bo'lgan ko'rsatkichdir moliyaviy xizmatlar. Moliyaviy barqarorlik va uni baholash tashkilotdagi moliyaviy tahlilning bir qismidir. Korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish uchun ma'lum ko'rsatkichlar qo'llaniladi.
Ta'minot, ishlab chiqarish, marketing va moliyaviy faoliyat kapital aylanishining uzluksiz jarayoni, mablag'lar tarkibi va ularni shakllantirish manbalari, moliyaviy resurslarning mavjudligi va ehtiyoji va buning natijasida korxonaning moliyaviy holati, tashqi ko'rinishi to'lov qobiliyati, o'zgarishi mavjud.
Moliyaviy holat barqaror, beqaror (inqirozdan oldingi) va inqirozli bo'lishi mumkin. Korxonaning o'z vaqtida to'lovlarni amalga oshirish, o'z faoliyatini kengaytirilgan asosda moliyalashtirish, kutilmagan zarbalarga dosh berish va to'lov qobiliyatini saqlab qolish qobiliyati. noqulay holatlar qat’iyatliligidan dalolat beradi moliyaviy holat, va teskari.
Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash uchun korxona kapitalning moslashuvchan tuzilishiga ega bo'lishi, uning harakatini to'lov qobiliyatini saqlab qolish va o'z-o'zini ishlab chiqarish uchun sharoit yaratish uchun xarajatlardan doimiy ravishda oshib ketishini ta'minlaydigan tarzda tashkil qila olishi kerak.
Korxonaning moliyaviy holati, barqarorligi va barqarorligi uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati natijalariga bog'liq. Agar ishlab chiqarish va moliyaviy rejalar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, bu ijobiy ta'sir ko'rsatadi moliyaviy holat korxonalar. Aksincha, mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining to'liq bajarilmaganligi natijasida uning tannarxining oshishi, daromad va foyda miqdorining kamayishi va natijada korxonaning moliyaviy ahvolining yomonlashishi kuzatiladi. va uning to'lov qobiliyati. Binobarin, barqaror moliyaviy holat baxtsiz hodisa emas, balki natijalarni belgilovchi omillarning butun majmuasini malakali, mohirona boshqarish natijasidir. iqtisodiy faoliyat korxonalar.
Barqaror moliyaviy holat, o'z navbatida, natijalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi ishlab chiqarish rejalari ishlab chiqarish ehtiyojlarini zarur resurslar bilan ta’minlash. Shuning uchun moliyaviy faoliyat iqtisodiy faoliyatning ajralmas qismi sifatida moliyaviy resurslarning rejali ravishda kelib tushishi va sarflanishini ta'minlashga, hisob-kitob intizomini amalga oshirishga, o'z va qarz kapitalining oqilona nisbatlariga erishishga va undan eng samarali foydalanishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Moliyaviy faoliyatning asosiy maqsadi bitta strategik vazifaga - korxona aktivlarini ko'paytirishga qisqartiriladi. Buning uchun u doimiy ravishda to'lov qobiliyati va rentabelligini saqlab turishi kerak, shuningdek optimal tuzilma aktiv va passiv balansi.

Download 175.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling