O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim


Download 27.27 Kb.
bet1/2
Sana24.04.2023
Hajmi27.27 Kb.
#1394774
  1   2
Bog'liq
JISMONIY MADANIYATNING VAZIFALARI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
Jismoniy madaniyat yo’nalishi
1 - bosqich 22.24 A- guruh talabasi
Rahmiddinov Ahmadjon

Jismoniy mdaniyat nazaryasi va metodikasi


Fanidan

Mustaqil ishi


JISMONIY MADANIYATNING VAZIFALARI
Reja:

Kirish


  1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.

  2. Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.

  3. Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

  4. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) fan sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislami tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan hisoblanadi. Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlaming to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi. Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari, jismoniy tarbiya, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va keksa yoshdagi kishilami jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg^lotlari tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir. Bu hodisalarni tavsiflash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o‘mi; jismoniy tarbiyaning tarixiyligi mavjud.
Prezidentimiz o‘zining f,0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli kitobida; «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchni tasawur qilaman» degan. Bu esa keng qamrovli, chuqur ilmiy gcoya yangicha fikr, ta’limtarbiyaning yangicha metodik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishlardan
biridir. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa omillaming ahamiyati kabilami anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab bogMangan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini tushunish uchun, eng awalo, uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Jismoniy tarbiya har xil, ya’ni ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan
o‘rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi, uning metodikasi va h.k. Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U inson
barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek, bu qonuniyatlar asosida 0 ‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi; Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘gcrisidagi bilimlami tashkil qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi hamma turlarni hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport-pedagogik mutaxassislariga umumnazariy asos boMadi. Chunki tarbiyani, awalo, insonning o‘ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqib amalga oshirilayotgan "0‘zbek modelida" aniq ko‘rsatilgan - o‘zligini anglash birinchidan, uning ozod,
erkin, nodir, ulug4 siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy – insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining boMimlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarligidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, sport jismoniy tarbiyaning asosiy unsurlaridan biri hamda sport faoliyatining
maxsus shakli sifatida tahlil qilinadi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus kasb-hunar ta’limining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy
madaniyatning butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunini toMiq tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu yangi tipdagi bilim, metodlami egallashni, zarur boMgan kasbga nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalami hal qilishga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi.
2.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika. Ijtimoiy fanlarda "funksiya" atamasi matematika, fiziologiya va boshqa fanlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega. Jamiyatshunoslikda bu atama (ya’ni "funksiya") qatnashmoq, ta’sir etmoq, faoliyatida qatnashmoq va shu kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’langan. Demak, jismoniy madaniyat funksiyasi deganda insonga va insoniy munosabatlarga bo’lgan shaxs va jamiyatning ayrim talablarini
qondiruvchi va rivojlantiruvchi obyektiv xususiyatlarini tushunish lozim. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, jismoniy madaniyat funksiyalari o‘z-o‘zidan emas, balki madaniy boylikka mos ravishda foydalanishga yo‘naltirilgan insonning faol harakat faoliyati orqali amalga oshiriladi. Agar bir odam gimnastika yoki boshqa sport bilan shug‘ullangan bo’lsa, jismoniy madaniyatning bu komponentlaridan
foydalanish jarayonida uning ta’sirini to’liq sezadi, harakatdagi tabiiy talablarini qondiradi va shu bilan birga jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa odamlar bilan u yoki bu munosabatda bo’ladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat funksiyalarida, harakat jarayonida uning mazmuni oydinlashib, shaxs hamda butun jamiyat uchun ahamiyati ko‘rsatiladi. Jismony madaniyat funksiyalari boshqa funksiyalar kabi amaliyotda Bo’ladigan ma’lum shakllardan ajraladi. "Shakllar" atamalari bu yerda jismoniy madaniyatning tarkibiy turlarini, ya’ni tarkibiy aniqlikni bildiradi. Jismoniy madaniyat jamiyat va inson faoliyatining asosiy sohasidagi Bog’lanishlar hamda o‘zaro qonuniy munosabatlar turlarining
yigindisisanaladi. Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari awalo shunday
xususiyatlarga egaki, ular insonning harakat faolligiga oid tabiiy talablarni qoniqtiradi. Shu asosda - jismoniy holatini hamda sog’liqni mustahkamlash qonuniy atlariga mos ravishda organizmni rivojlantiradi va hayotda zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatni ta’minlaydi. Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ular quyidagicha farqlanadi:
1. Ta’limiy maxsus funksiyalar - umumiy ta’lim tizimida ko‘nikma
va malakalar bilan bog’liq bo’lgan bilimni muntazam shakllantirish;
2. Amaliy maxsus funksiyalar - amaliy tizimda mehnatga va kasbiy
yo‘nalishga qaratilgan;
3. Sport funksiyalari - yuqori natijalarni ko‘rsatish, bor
imkoniyatini ishlata bilishga qaratilgan;
4. Rekreativ va sog’lomomlashtiruvchi - tiklovchi maxsus funksiyalar
- dam olishda jismoniy mashqlarni ishlata olish, tiklash maqsadida Qo’llash;
5. Jismoniy madaniyatdan jamiyat foydalanish bilan bog’liq bo’lgan umumiy-madaniy, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy funksiyalar o‘zining jismoniy tayyorgarligini, sog’ligini qanoatlantirishga qaratilgan. Bazaviy jismoniy madaniyatga, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash tizimiga xos jismoniy madaniyatning fundamental qismi kiritiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning bazasi - negizi va asosiy jismoniy ta’lim hisoblanadi. Shunday qilib, bu yo‘nalishda jismoniy madaniyatdan foydalanish
asosida erishilgan natija jismoniy madaniyatning asosiy shakli - "Jismoniy madaniyat maktabi" deyiladi. Chunki birinchidan, 11-12 yil davomida turmushda, hayotda zarur bo’lgan ,harakat ka‘nikma va malakalarga ega bo’ladilar; ikkinchidan, tanlab olingan ya’ni maxsuslashtirilgan sport turlariga, amaliy maxsus yo‘nalishlarga ko'maklashadi va ularning fundamental negizi hisoblanadi. Bunday jismoniy tayyorgarlikni, sportga yo‘nalishni va boshqalarni jismoniy madaniyat negizi amalga oshiradi va imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham bu maxsus funksiya deyiladi. 2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida
Oldin aytib o ‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko'pchiligi jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan. Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan bevosita bog’liq bo‘lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Sportning maxsus funksiyalari "yuqori sport yutuqlarida va ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni ko‘rsatishga, rekord natijalarni ko‘rsatishga, butun imkoniyatlarini shu natijani ko‘rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik ko‘radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat negizi umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlash va oshirishga qaratilgan. 3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy kasb-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo’linadi. Kasb-amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi. 4. Sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi jism oniy madaniyat. Jismoniy madaniyatning bu bo’limi jismoniy mashqlardan kasallikni davolovchi va kasallik, shikastlanish, charchash va boshqa sabablarga ko‘ra buzilgan yoki yo‘qotilgan organizm funksiyalarini tiklovchi vosita sifatida ajralib chiqdi - davolovchi gimnastika, vaqtni nazorat qilgan holda yurish, yugurish va h.k. 5. Fonli jismoniy madaniyat. Bunga gigiyenik jismoniy madaniyat (ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va boshqa jismoniy mashqlar bo4lib, katta yuklama bilan bog’liq bo’lmaydi) va reaktiv jismoniy madaniyat (faol turizm, ov, jismoniy madaniyat, sport o ‘yinlari va ko‘ngil ochishlar) kiradi. 6. Jismoniy-madaniyat va boshqa madaniyat bo‘lim!arining birlashgan komponentlari: A) Jismoniy madaniyat teatrlashtirilgan shakllari – Jismoniy madaniyat paradlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari va h.k.. В) Jismoniy madaniyat arxitekturasi. Jismoniy madaniyat -
jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida
ko‘rib o ‘tilgan hamma tushunchalarni o'z ichiga oladi. Boshqacha
aytganda, jismoniy tarbiya poydevorini qurish demakdir.
3.Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan Bog’liqdir. Jismoniy madaniyat nazariyasining g‘oyaviy asosi shaxs haqidagi falsafiy ta’limot hisoblanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy-tabiiy asosi (anatomiya, fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika va boshqalar) fanlar majmuasidan tarkib topgan. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni o ‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni asoslash, qo‘yilgan vazifalarni hal etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib, uni bajarilishni baholashga, xatoliklarni yo‘qotish y o ‘llarini belgilashga hamda harakat malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi organizmida, jumladan, muskullarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlami o ‘rganish natijasida olgan ma’lumotlar ularni o ‘tkazish metodikasini takomillashtirishga yordam beradi. Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash uchun, mashg'ulotlarni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi pedagogik bilimlar tizimiga kiradi.
Psixiologiya, pedagogika, sportning ayrim turlari (gimnastika, yyengil atletika, sport o ‘yinlari, suzish va boshqalar) jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bilan chambarchas bog‘langan, jismoniy mashqlarga o ‘rgatish usullariga tayanadi. Harakatga o 4rgatish masalalarini ishlab chiqishda jismoniy tarbiya nazariyasi o‘rgatishning umumiy didaktik, prinsiplari va metodlariga, aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa tarbiya metodlariga tayanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasining vujudga kelishi Jismoniy madniyat tarixi madaniyatning boshqa sahifalariga nisbatan ilmiy tadqiqot jihatidan kechroq fan sifatida yuzaga keldi. Uning rivojlanishi ma’lum vaqt maxsus bilimlar tizimini shakllantirish bilan umuman bog’liq bo’lmagan, deb hisoblash mumkin emas. Albatta. jismoniy madaniyat shakllanib borgan, lekin uzoq vaqt empirik xaraktyerga ega bo’lgan.
Jismoniy harakat amaliyotida keng qo’llanishi bilan jismoniy madaniyat jamiyat hayotida muhimroq hodisa bo’lib qolgan hamda uning ilmiy tushunib olinishida talab kuchaygan. Shu bilan bir vaqtda haqiqiy imkoniyatlar osha boshlagan. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya nazariyasining asoslari buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan. Jismoniy tarbiya tizimining tuzilishi, uning ilmiy asoslari avlodlarning jismoniy va har tomonlama garmonik rivojlanishi hamda jismoniy ta’limning rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni yaratishda ko‘pgina ilmiy va amaliy yutuqlami o ‘zida ifodalaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini umumlashtiruvchi qonuniyatlar kengaytirilgan, monografik bayonga ega bo’ladi hamda oliy jismoniy madaniyat ta’limining o‘quv fani sifatida shakllantiriladi. Jismoniy madaniyat bilan bevosita bog’langan maxsus fan orasida jismoniy tarbiya nazariyasi umumlashtiruvchilardan biridir. I.ekin u jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasini butunligicha bayon eta olmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklida mavjud emas. Jismoniy madaniyat sohasidagi yana bir umumlashtiruvchi ilmiy bilim sifatida rivojlangan bo’limlardan biri ’’sport nazariyasi” dir. Uning tezkorlik bilan rivojlanishida, ayniqsa, so‘nggi bir necha 10 yilliklar davomida katalizator sifatida olimpiada va umuman xalqaro sportda erishiladigan ulkan yutuqlar xizmat qilmoqda. U o ‘z holicha tabiiy laboratoriya bo’lib, inson qobiliyatini aniqlash va maksimal rivojlantirishning yangidan-yangi yo’llarini aniqlashning yirik tadqiqot
resurslarini jalb etadi. Bu albatta sport haqidagi ilmiy bilimlami tezkorlik bilan to‘plashda o‘z ifodasini topdi Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sport bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy fan sifatida shakllana boshladi. Shu bilan bir qatorda jismoniy madaniyatdan foydalanishning ijtimoiy mehnatda muhim hamda an’anaviy jismoniy tarbiya va sportga moslashtirilmaydigan komponent va shakllarining bir qanchasi oxirgi vaqtda fandan foydalanish sohasidan chiqarib tashlanganday bo’ladi. A w alo gap insonni jismoniy madaniyatga mustaqil yaqinlashtirish shakllari, ishlab chiqarishdagi jismoniy madaniyat, madaniyatning sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi va ayrim boshqa shakllari haqida boradi, bulaming hammasi ahamiyatning bo‘sh vaqtini, dam olish va madaniy faoliyatini ko‘proq tug'diradi. Ommaviy jismoniy amaliyotning bu kengaytirilgan bo’limlari muhim ilmiy ta’minotni talab etadi.
Jismoniy madaniyat bog’liq bo’lgan hodisalarni o ‘rganuvchi ilmiy fanlar ko‘p vaqt ichida differensiya yo’li bilan olib borilgan. Buning natijasida jismoniy madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli bo’lsa ham, ko‘pgina xususiy fanlar vujudga kela boshladi. Shularning bir qismi amaliyotning jismoniy-sport bo’limida katta o ‘rin egallab, ixtisoslashtirilgan kasbiy bilimlami o ‘z ichiga olgan. Boshqa qismi maxsus tabiiy fanlarni o ‘z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya, biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiyena, psixilogiya va h.k.) bo’lib,
ular jismoniy madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq sifatida kengaytirilgan. Shu bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar shakllana boshlagan. Masalan: XX asr davomida jismoniy madaniyat institutlarining birinchi o ‘quv rejalariga jismoniy madaniyat nazariyasi va umumiy metodikasi kompleks fan sifatida kiritilgan. Lekin talab etilgan aniq materiallarning to’liqmasligi va ayrim boshqa sabablar fanning butun ilmiy ko‘rinishida shakllanishiga halaqit byergan. So‘nggi 10 villiklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o‘sishi bilan Bog’liq ravishda ilmiy bilimlami integratsiyalash oqimi kuchayib boradi. Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga qisman ta’sir etadigan xususiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi o‘z holicha ishning mazmunini toMa tushunishga kafolat bermaydi hamda amaliyotni ilmiy optimizatsiyalash uchun yetarii asos bo’lmaydi. Bundan tashqari,
umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibli keltirilmagan xususiy ma’lumotlar to‘plamini butunlay tushunishdan chetlashishi ham mumkin. Shuning uchun ham, zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda "informatsiya oqimi" xavfi ta’sirida tahlil qilish yo’li bilan foydalanishga va umumiy nazariyalami ishlab chiqarishga e’tibor kuchayib, ular ko‘pgina xususiy ma’lumotlami integrallashga, haqiqiy dunyoning bir butunligini ifodalovchi umumiy konsepsiyaga birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi deb shartli ravishda keng ma’noli jismoniy madaniyat amaliyotida nazariy ifodalovchi bo’limlarning barcha to‘plamiga aytiladi hamda u yoki bu qonun-qoidalarni tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga xizmat qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi shakllanishining salmoqli ta’siri sotsiologiya, antropologiya, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlami tashkil etish va boshqarish umumiy nazariyasi, tarbiyaning umumiy nazariyasi va ko‘pgina boshqa umumlashtiruvchi fanlar rivojlanishida seziladi.
4. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshiarni jismonan sog’lom, baquwat; Vatan mudofaasiga, hayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir. Ko'rsatilgan maqsad asosida 1) sog’lomlashtirish; 2) ta'limiy; 3) tarbiyaviy vazifalar hal etiladi. Suyak, bo‘gin tizimi, tana holati, shuningdek, tarkibiy qismlarining turli yo‘nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak apparati bog’lam va bolg ‘inlarini to4g ‘ri va vaqtida rivojlantirish tanani me’yorda ushlab turishni hamda hamma organ va tizimlar rivojlanishini ta’minlaydi. Umurtqa pogconasining qiyshayishi, bukirlik, yassioyoqlik muhim organlarning faoliyat jarayonini buzadi, bu esa kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo‘sh, chunki unda bir qancha nayhujayralari bo’ladi: bo‘g’lnlar ancha harakatchan, bog’lash apparati oson cho‘ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo‘sh va kalta. Shu munosabat bilan suyakning qotishi, umurtqa pog‘onasi egiluvchanligi, bo'gin apparati oson cho‘zilishi va mustahkamlanishi uchun to‘gri va o ‘z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi. Undan tashqari, tana qismlari nisbatini to‘g ‘ri rivojlantirishga, bo‘yi va tana massasini boshqarishga imkon berish zarur. Muskul tizimi tananing ayrim qismlarini ma’lum holatda mustahkamlaydi va bu holatni o‘zgartiradi, ya’ni muvozanatni saqlagan holda harakatni bajaradi, shuningdek, himoya vazifasini bajaradi — suyak tizimini ichki organlar urilishlaridan, sovuq oldirishdan saqlaydi.
Bolalarda muskullar nisbatan bo‘sh rivojlangan va tana massasining 20- 22-%ini tashkil etadi. Ayniqsa, yangi tug’lIganlarda qo’l va oyoq muskullari bo‘sh, sekin qisqarib, uzoq vaqt to‘grilana olmaydi. Chaqaloqning birinchi oylarida muskullarning egilish tonusi tocgrilanish tonusidan yuqori bo’ladi. Bolalar muskullarida suv ko‘p bo’lib, oqsil moddalari va yog‘ kam bo’ladi. Ayrim muskullarning rivojlanishi bir tekisda bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda muskullarning hamma guruhlarini rivojlantirish zarur. Muskullarning sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e ’tibor berish zarur. Yurak-tomir tizimi boshqa tizimlarga nisbatan oldinroq faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bola tug’llishida yurak-tomir tizimi ancha yetuk boMadi. Bolalarda qon tomirlari kattalarnikiga qaraganda ancha kengroq. Shuning uchun qon bosimi kamroq, lekin u yurak qisqarish tezligi bilan moslashib boradi. Yurak qisqarish ritmi oson buziladi. Yurak kuchlanishli ishdan tez charchaydi va tez o ‘zgaruvchan faoliyatga birdan moslasha olmaydi. Kichkina bolalarda puls juda tez, daqiqasiga 140-160 marta uradi. Asta-sekin u kamayib boradi, 7 yoshga kelganda daqiqasiga 95-85 ga yetadi.
Bugungi kunda inson faoliyatining jismoniy madaniyat bilan bog'liq bo'lmagan yagona sohasini topish mumkin emas, chunki jismoniy tarbiya va sport umuman jamiyatning va har bir shaxsning alohida e'tirof etilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlaridir. So‘nggi yillarda jismoniy madaniyat haqida nafaqat mustaqil ijtimoiy hodisa, balki shaxsning barqaror sifati sifatida ham ko‘proq gapirilayotgani bejiz emas. Shunga qaramay, shaxsning jismoniy madaniyati fenomeni to'liq o'rganishdan uzoqdir, garchi ruh va tana madaniyati muammolari qadimgi sivilizatsiyalar davrida ko'tarilgan.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyat hodisasi sifatida o'ziga xosdir. Aynan u inson rivojlanishidagi ijtimoiy va biologik bog'lanishga imkon beradigan tabiiy ko'prikdir. Bundan tashqari, bu insonda shakllanadigan madaniyatning eng birinchi va asosiy turidir. Jismoniy madaniyat o'ziga xos dualizm bilan tananing holatiga, psixikaga, insonning holatiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Tarixan jismoniy madaniyat, eng avvalo, jamiyatning yosh avlod va katta yoshli aholini mehnatga har tomonlama jismonan tayyorlashdagi amaliy ehtiyojlari ta’sirida shakllangan. Shu bilan birga, ta'lim va tarbiya tizimlarining rivojlanishi bilan jismoniy madaniyat harakat qobiliyatlari va qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy omiliga aylandi.
Jismoniy madaniyatning mohiyatini anglashning sifat jihatidan yangi bosqichi uning intellektual, axloqiy, estetik tarbiyaning samarali vositasi sifatida shaxsning ma'naviy sohasiga ta'siri bilan bog'liq. Va agar jismoniy mashqlarning insonning biologik mohiyatiga: uning sog'lig'iga, jismoniy rivojlanishiga, morfologik va funktsional tuzilmalariga katta ta'sirini isbotlashning alohida ehtiyoji bo'lmasa, uning ma'naviyat rivojlanishiga ta'siri alohida tushuntirish va dalillarni talab qiladi.
Aytish mumkinki, hozirgi vaqtda ta'limga bo'lgan intilish ilgari hech qachon namoyon bo'lmaganidek, juda keskin tarzda namoyon bo'lmoqda va har yili bu keskinlik kuchayib bormoqda. Hayotning o'zi muqarrar, halokatli tarzda har bir insonni bilim va tushuncha bilan qurollanishga undaydi. Shuning uchun yashash uchun, bu shovqin va shovqinga moslashish uchun mustaqil ravishda keng ko'lamli bilimlarni o'zlashtirish uchun ma'lum ko'nikmalar kerak bo'ladi. turli sohalar faoliyat, shu jumladan, jismoniy tarbiya sohasidagi salomatlikni saqlash uchun juda muhim bo'lgan faoliyat - har qanday faoliyat turida natijalarga erishish uchun asosdir.
Ta'lim umuman shaxsni maqsadli, har tomonlama rivojlantirish muammolarini hal qiluvchi pedagogik tizim sifatida qaraladi. Jismoniy tarbiya uning ajralmas qismi sifatida bu ma'noda istisno emas. Jismoniy madaniyatni rivojlantirishning bir qator kontseptsiyalarida ta'limga alohida e'tibor qaratilgan, lekin ko'proq odamlarning jismoniy madaniyatga bo'lgan munosabatini tubdan o'zgartirish, uning ulkan milliy va shaxsiy insoniy qadriyatini umumiy tushunish zarurligi tasdiqlanadi. .
Jismoniy madaniyat, shaxs kabi tushunchalarni anglash, uni real hayotga tatbiq etishning “texnikasini” ishlab chiqish vaqti keldi va yosh avlodni jismoniy tarbiya va tarbiyalashda hal qiluvchi omil ongli motivatsiyani maqsadli shakllantirish va mustahkamlash bo‘lishi kerak. chuqur bilim va e'tiqodlarga va sog'ligingiz haqida doimo o'zingizga g'amxo'rlik qilish zarurligiga asoslangan. Bunday holda, majburiy ta'limdan boshlab uzluksiz jismoniy tarbiya g'oyasini amalga oshirish, insonni o'z sog'lig'iga g'amxo'rlik qilishga o'rgatish, butun hayoti davomida ushbu faoliyat sohasida o'z-o'zini tarbiyalash bilan shug'ullanish muhimdir. . Shuning uchun ushbu mavzuning dolzarbligi shubhasizdir.
Ishning maqsadi: jismoniy madaniyatni umuminsoniy madaniyatning bir qismi sifatida qisqacha tavsiflash. Jismoniy madaniyat qadriyatlarini o'rganing.
Jismoniy madaniyat bo'yicha adabiyotlarni o'rganish.
Jismoniy madaniyatning insoniyat madaniyatining ajralmas qismi sifatidagi ahamiyatini ochib berish.
Jismoniy madaniyatning ijtimoiy ahamiyatini aniqlang.
Madaniyat - bu shaxsning ijodiy ijodiy faoliyati. “Madaniyat” rivojlanishining madaniy-psixologik jarayonining asosi va mazmuni, eng avvalo, insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uning axloqiy va estetik fazilatlarini rivojlantirishdir. Bundan kelib chiqadiki, jismoniy madaniyat jamiyatning umumiy madaniyatining bir qismi bo'lib, sog'liqni saqlashni yaxshilash, insonning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va ulardan ijtimoiy amaliyot ehtiyojlariga muvofiq foydalanishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohalaridan biridir. Jamiyatda jismoniy madaniyat holatining asosiy ko'rsatkichlari: odamlarning sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi darajasi; jismoniy madaniyatdan tarbiya va ta’lim sohasida, ishlab chiqarishda, kundalik hayotda foydalanish darajasi, bo‘sh vaqt tarkibi; jismoniy tarbiya tizimining tabiati , ommaviy sportni rivojlantirish, sport yutuqlari va boshqalar.
Jismoniy madaniyatning asosiy elementlari: jismoniy mashqlar, ularning komplekslari va ulardagi musobaqalar, tanani chiniqtirish, mehnat va maishiy gigiena, turizmning faol-harakat turlari, jismoniy mehnat aqliy xodimlarning faol dam olish shakli sifatida.
Jamiyatda jismoniy madaniyat xalq mulki bo‘lib, “ma’naviy boylik, axloqiy poklik va jismoniy barkamollikni o‘zida uyg‘unlashtirgan yangi shaxsni tarbiyalash”ning muhim vositasidir. Bu odamlarning ijtimoiy va mehnat faolligini, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy tarbiya harakati davlat va jamoat tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ko'p tomonlama faoliyatiga asoslanadi.
Xalqning jismoniy madaniyati uning tarixining bir qismidir. Uning shakllanishi, keyingi rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishiga, uning davlatchiligiga, jamiyatning siyosiy va ma'naviy hayotiga ta'sir ko'rsatadigan bir xil tarixiy omillar bilan chambarchas bog'liq. Tabiiyki, jismoniy madaniyat tushunchasiga xalqning ongi, iste’dodi, qo‘l san’ati bilan yaratilgan hamma narsa, uning ma’naviy mohiyatini ifodalovchi barcha narsalar, dunyoga, tabiatga, inson borlig‘iga, insoniy munosabatlarga qarash kiradi.
Jismoniy madaniyatning tarixdan oldingi davri insonning barcha jismoniy va aqliy faoliyati bevosita yashash sharoitlarini ta'minlash bilan chegaralangan davrda ildiz otgan. Gap shundaki, bu sharoitda, tabiat bilan davom etayotgan kurashda ajdodlarimizni kompleks rivojlantirishga qanday omillar sabab bo'lgan? mashq qilish, insonning shakllanishiga xizmat qiladi.
Zamonaviy dunyoda jismoniy madaniyatning inson va jamiyat tabiatini takomillashtirish omili sifatidagi roli sezilarli darajada oshib bormoqda. Shuning uchun jismoniy madaniyatni rivojlantirishga g'amxo'rlik davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim tarkibiy qismi bo'lib, u inson qobiliyatlarini aniqlash, ularning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish uchun keng imkoniyatlar ochadigan insonparvarlik g'oyalari, qadriyatlari va me'yorlarini amalga oshirishni ta'minlaydi. , va inson omilini faollashtirish.
Umuman sog‘lom turmush tarzi, xususan, jismoniy madaniyat kuchli davlat va sog‘lom jamiyat rivojiga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisa, birlashtiruvchi kuch va milliy g‘oyaga aylanib bormoqda. Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya, sog'lomlashtirish va sport tadbirlari davlat, uning hukumati, jamoat va xususiy tashkilotlar, muassasalar va ijtimoiy institutlarning sa'y-harakatlarini uzviy ravishda birlashtiradi va birlashtiradi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida shakllangan jismoniy madaniyatni takomillashtirish hozirgi kungacha davom etmoqda. Urbanizatsiya, ekologik vaziyatning yomonlashuvi va mehnatni avtomatlashtirish bilan bog'liq holda jismoniy madaniyatning roli ayniqsa ortdi, bu esa gipokineziyaga yordam beradi. 20-asrning oxiri ko'plab mamlakatlarda zamonaviy sport inshootlarini modernizatsiya qilish va qurish davriga aylandi. Mutlaqo yangi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar asosida jismoniy tarbiya va sport harakatining samarali modellari yaratilmoqda, “Salomatlik – hayot uchun”, “Sog‘lom yurak”, “Hayot – unda bo‘l” kabi arzon xulq-atvor dasturlari faol joriy etilmoqda. "va boshqalar, ular o'z salomatligi va turmush tarzi uchun ma'naviy javobgarlikni shakllantirishga qaratilgan.
Jahon miqyosidagi tendentsiya ham zamonaviy madaniyatdagi tub o'zgarishlarni aks ettiruvchi elita sportiga qiziqishning keskin ortishidir. Globallashuv jarayonlariga zamonaviy sport turlari, ayniqsa, olimpiya sport turlari ma’lum darajada turtki bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasining "Rossiya Federatsiyasida jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" gi Federal qonuniga muvofiq jismoniy tarbiya - bu jamiyat tomonidan jismoniy tarbiya maqsadida yaratilgan va foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig'indisi bo'lgan madaniyatning bir qismi. va shaxsning qobiliyatlarini intellektual rivojlantirish, uni takomillashtirish vosita faoliyati va sog'lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish orqali ijtimoiy moslashish.
Jismoniy madaniyat insoniyatning umumiy madaniyatining bir qismi bo'lib, nafaqat insonni hayotga tayyorlash, o'zlashtirish, rivojlantirish va tabiatan inson manfaati uchun boshqarishning ko'p asrlik qimmatli tajribasini (diniy nuqtai nazardan - Xudo tomonidan) jismoniy va aqliy qobiliyatlar, lekin jismoniy madaniyat faoliyati jarayonida namoyon bo'ladigan shaxsning axloqiy tamoyillarini tasdiqlash va mustahkamlash tajribasi bundan kam emas.
Jismoniy madaniyat ijtimoiy faoliyat sohalaridan biri bo'lib, unda odamlarning ijtimoiy faolligi shakllanadi va amalga oshiriladi. U butun jamiyatning holatini aks ettiradi, uning ijtimoiy, siyosiy va axloqiy tuzilishining namoyon bo'lish shakllaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Jismoniy madaniyat - sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, ongli jismoniy faoliyat jarayonida shaxsning psixofizik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jamiyatda jismoniy madaniyat holatining asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat: odamlarning sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi darajasi va jismoniy madaniyatdan tarbiya va ta'lim sohasida, ishlab chiqarishda va kundalik hayotda foydalanish darajasi.
Jamiyatda jismoniy madaniyat holatining ko'rsatkichlari quyidagilardir:
Uning rivojlanishining ommaviy xarakteri;
Ta'lim va tarbiya sohasida jismoniy madaniyat vositalaridan foydalanish darajasi;
Salomatlik darajasi va jismoniy qobiliyatlarning har tomonlama rivojlanishi;
Sport yutuqlari darajasi;
Kasbiy va davlat jismoniy tarbiya xodimlarining mavjudligi va malaka darajasi;
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish;
Jismoniy tarbiya oldida turgan vazifalar sohasida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish darajasi va xarakteri;


XULOSA
Shunday qilib, jismoniy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo'lib, kuchli va bo'lib xizmat qiladi samarali vosita har tomonlama rivojlangan shaxsning jismoniy tarbiyasi.
Jismoniy tarbiya jismoniy mashqlar orqali tabiatning tabiiy kuchlari va inson salomatligi holatini va darajasini belgilovchi omillarning (mehnat tartibi, turmush, dam olish, gigiyena va boshqalar) butun majmuasidan foydalangan holda odamlarni hayot va mehnatga tayyorlaydi. uning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi.
Jismoniy tarbiya darslarida kishilar nafaqat jismoniy mahorat va malakalarini oshiribgina qolmay, balki kuchli irodali, axloqiy fazilatlarni ham tarbiyalaydilar. Musobaqa va mashg'ulotlar paytida yuzaga keladigan vaziyatlar ishtirokchilarning xarakterini yumshatadi, ularni boshqalarga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi.
Binobarin, jismoniy madaniyat insonning umumiy madaniyati, uning sog'lom turmush tarzining jabhalaridan biri bo'lib, ko'p jihatdan insonning ta'lim, mehnat, kundalik hayot, muloqotdagi xatti-harakatlarini belgilaydi, ijtimoiy-iqtisodiy, ta'lim va sog'liqni saqlash muammolarini hal qilishga yordam beradi. muammolar. Bular. bu inson yetishtirish jarayonidir.



Download 27.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling