Mavzu: markaziy bankning mustaqilligi
Download 35.69 Kb.
|
mustaqillik 12-мавзу маьруза (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurligi
MAVZU: MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI REJA: Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar Markaziy bankning mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar O‘tish iqtisodiyotida markaziy banklar Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurligi Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlami tartibga solish-dagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o‘ziningn rivojlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyot-dagi bank tizimining birinchi pog‘onasida real o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo‘Igan munosabatlarda namoyon bo‘ldi. Mazkur muammoni tahlil etishda asosiy e’tibor-mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo‘nalishiga qaramligi, ya’ni aniqrog‘i bu tobelikning darajasiga bog‘liq. Markaziy bankning pul-kredit siyosati milliy iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, bunday bog‘liqlikni samarali deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu bog‘liqlik Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi metodlami va yo‘na-lishlami tanlashda hamda qonun bo‘yicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim. Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solish-dagi o‘rni ko'p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo‘nalishlami ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko‘rib chiqish mumkin. Shundan kelib chiqib, Markaziy bankning tartibga solish mexa-nizmini xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yo‘nalishlari o‘rtasida etarli darajada o‘xshashlik-larni tnisol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari nazariyasi bo‘yicha) Markaziy banklarning o'rni kuchayadi, tartibga solishning ma’muriy metodlarini qo'llash kengayadi, va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi oqibatida marka-ziy banklarning iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmlaridan foydalanishga o‘tishiga majbur bo‘ladilar. Markaziy bank shunday vaziyatlarda o‘zining vakolatining bir qismini ichki pul-kredit va valyuta siyosatidagi muammolarni echish uchun Moliya Vazirligiga beradi. Biroq, g‘arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni ko‘r-satadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘mini o‘zgarishiga subyektiv omillar ham katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shu jumladan, hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib ko‘rsatish muinkin. Misol qilib, G‘arbiy Yevropadagi mamlakatlar Markaziy bank-larining rolini o‘zgarishini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda bir qator iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklarning kuchayishini shu milliy bank tizimining boshqamvida ko‘zga ko‘ringan hukuinat va halqaro doiralarda obro‘-e’tibori yuqori bo‘lgan moliya arboblari boshqarganligini ta'kidlaydilar. Buning oqibatida o‘sha davrdagi milliy valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi hukumatning iqtisodiy chora-tadbirlariga qarama-qarshi “qattiq siyosat” qo‘llash mumkin bo‘lgan edi. U yoki bu Markaziy bankning o‘z faoliyatidagi mustaqillik dara-jasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi) ga xolis baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklarning musta-qilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy banklaming iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi. Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit siyosatini tanlash va o‘tkazishda davlat boshqaruv organlariga ko‘proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi-bu uning o‘z instrumentlaridan o‘zi xohlagan yo'nalishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga aytiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklarini turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilIigi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi. Umuman olganda markaziy banklarning mustaqilligini ustun-ligini o‘rganish tadqiqotlarida subyektiv yoki obyektiv faktorlarga baho berib ajratish mumkin. Masalan, subyektiv faktorlar sifatiga mamlakat Markaziy banki bilan hukumat o‘rtasidagi o‘zaro rasmiy munosabatlami hamda Markaziy bank rahbarlarining hukumat doirasi bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan norasmiy aloqalarni tanlab ko‘rsatishgan. Chet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqilikning 4 baliik tizimi tanlangan: 1-ballga-markaziy banklaming davlat boshqamvidan past darajada mustaqiliigi, ya’ni to‘la qaramligi; 4-ballga-mustaqillik darajasi juda yuqori bo‘lgan markaziy banklar kiradi.7j Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining mustaqilligini obyektiv faktorlariga baho berishda, masalan, quyidagi inezonlarni kiritish mumkin: Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki; bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ulaming l'aoliyat ko'rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli; Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish darajasi; Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘matilgan qonun bilan to'xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo‘nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi; mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini to‘g‘ri va egri moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va shakllari. Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va faoliyatini tashkil etishda mustaqilligining ta’minlanishi mamlakatda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutaning barqarorligini tahninlash, shuningdek aholi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlashda muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunda “Markaziy bank o'z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boMmaydi, basharti, ular o‘z zimmalariga bunday majbu-riyatlarni olmagan bo‘lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa”74, deya belgilab qo‘yilgan. Xalqaro amaliyotda Markaziy banklaming mustaqilligi quyidagi mezonlar asosida aniqladi: pul siyosatining ochiq e’lon qilingan maqsadlari mavjudligi; hukumat Markaziy bank bashorat qilgan inflyatsiya ko‘rsatkichlarini qabul qilish tartibi; Markaziy bankning qaror qabul qilish jarayonida hukumat yoki boshqa organlar tomonidan aralashuv darajasi; Markaziy bankka mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi. Maqsadlami belgilashda mustaqillik, agar asosiy maqsad yokipul-kredit siyosatining maqsadlari mamlakat qonunchiligida aniq ko‘rsatiImagan bo‘lsa, markaziy bank o‘z faoliyatini mustaqil ravishda belgilashi mumkin. Operatsion mustaqillik, markaziy bank o‘z-o‘zidan amalga oshi-radigan oraliq va monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, bu esa pul-kredit siyosatining yakuniy maqsadlariga erishish orqali milliy valyutaning barqarorligiga yo‘naltiriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlarini mustaqil ravishda belgilash va operativ mustaqillikka erishish huquqi sifatida joylashtirilishi, moyil hukumatning pul-kredit siyosatiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini kamaytirishga yordam beradi deb taxmin qilish mumkin. Monetar siyosat vositalarining mustaqil bo‘lishi, o‘z maqsad-lariga erishish uchun siyosat vositalarini tanlashda Markaziy bankning to‘liq mustaqilligini nazarda tutadi. Bu pul-kredit siyosati sohasida tezkor qarorlar qabul qilish vakolatini pul hokimiyatiga topshirish uchun hukumat (asosiy) va markaziy bank (agent) o‘rtasida bir xil kelishuvni tuzish deganidir. Download 35.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling