O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.74 Mb.
bet6/32
Sana01.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1418470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
eskisi

130

ILOVALAR..........................................................................................................

141



KIRISH


Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi: Dunyoda jamiyat ravnaqi ko'p jihatdan uning intellektual imkoniyatlari bilan belgilanadi. Chunki ilmiy yutuqlari yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg'or bo'ladi. Jahon davlatlarining ijtimoiy-tarixiy rivojlanishida yoshlarga bo'lgan e'tibor muhim o'rin egallaydi. Yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularga imkoniyatlar yaratish, ularning manfaatlarini ifoda etuvchi huquqiy baza yaratilishi davlatning kelajakda taraqqiyot darajasini belgilab beradi. Mamlakatimizda ta'lim tizimida yuz berayotgan jadal o'zgarishlar sababli yangi qoidalarning, yangicha tizimning paydo bo'lishi ijodkor shaxsning rivojlanishiga ulkan talablar qo'yadi. Ijodkor shaxs o'z taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat tomonidan tan olinadi va ma'lum ijtimoiy statusiga ega bo'ladi. Psixologik tadqiqotlarda ijodkorlikni rivojlantirish bilan bog'liq sohalar – o'quvchining ijodiy muammolarni hal etish muvaffaqiyatini belgilovchi xususiyatlari alohida o'rin tutadi. Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan. Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko’rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirish avvalo har bir faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdagi o’ziga xos psixologik salohiyatning nechog’lik to’la – to’kis namoyon etilyotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamalakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual ma’naviy taraqqiyot yo’liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu boisdan bo’lsa, hozirgi kunda barcha rivojlangan va rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o’z fuqorolarining ma’naviy va intelektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va undan ijodiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo’llarini izlashga jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, shaxsni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash bugungi kunnnig dolzarb masalasi hisoblanadi.
Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o’sib kelayotgan yosh avlod muammolariga bag’ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida milliy qadriyatlarning, ma’naviy komponentlarning o’rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ma’naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog’lom e’tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo’lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Agar biz O’zbekiston kelajagi, taqdiriga o’zimizning javobgar ekanligimizni his etsak, har birimiz uning taraqqiyoti vositasi bo’lmish yosh avlodni tarbiyalash masalalarini chuqur egallamog’imiz, yangicha tafakkur asosida yashashni o’z burchimiz deb bilmog’imiz kerak. Boshqacha qilib aytganda, yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash, ularda to’g’ri munosabatni shakllantirish, ularning ruhan tetik shaxs sifatida rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish zarurati bosh maqsadlardan biridir. Bundan tashqari yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, ayniqsa bolalarda ijodiylik salohiyatini rivoshlantirish borasida mamlakatimizda barcha shart -sharoitlar taxt qilib qo’yilgan. Xalqimiz orasida shunday gap bor: “San’atni sevgan, u bilan oshno bo’lgan inson – qalbi pok, ko’ngli nozik, mehribon bo’ladi.” Bu naql qanchalik haqiqatga yaqin ekanligi quyidagi o’rganilgan nazariy va amaliy bilimlarda ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa, maktab o’quvchilarida ijodkorlikni rivojlantirish orqali, ularning xarakter xususiyatlarida ijobiy xislatlarni shakllantirish mumkinmi yoki yo’qmi degan savollarga ham javob izlaymiz.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling