Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi
Xitoy osiyocha ishlab chiqarish usulidan foydalanadigan qadimgi davlatlardan biridir va ushbu rivojlanish usulining oqi- batlari sotsializm qurishdagi "katta sakrash" va "madaniy inqilob" kabi jarayonlarda o'z aksini topdi.
Osiyocha usulning asosiy belgisi - yer davlat mulki ekanligidir va bu holat Xitoyning butun tarixida o'zgarmasdan qolgandi. Dav- latning yeri dehqonlar o'rtasida yerdan foydalanish tamoyilidan kelib chiqib taqsimlanar edi.
Avvaliga bu tizim "quduqli dalalar" tizimi edi. Uning bunday nomlanishiga sabab dalalarni joylashuv sxemasi "quduq" iero- glifini eslatar edi. 8 ta oiladan iborat jamoa a'zolari chekkalar- da joylashgan o'z dalalariga ishlov berishdan tashqari markazda joylashgan umumiy maydonga ishlov berishlari kerak edi. Uning hosili hukmdorga topshirilardi. Har bir dala 100 mu2 (6 ga) maydonga ega edi. Eramizdan avvalgi 4 asrdagi faylasuf Men-Szi "... yerga ishlov berishning bunday usuli ideal tizim hisoblagandi"- deb ta'kidlagan.
Revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash"
Xorijiy va byurokratik kapitalga qarshi xitoy inqilobi 25 yil (1924 yilda 1949 yilgacha) davom etdi va uchta fuqarolik urushlari va Yaponiyaga qarshi milliy-ozodlik urushidan iborat edi. U 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasini e'lon qilinishi bilan yakunlandi.
Xitoyda 25 yil davomida harbiy harakatlar bo'lganligi sababli ma'lum bir vayronagarchiliklarga olib keldi. 1949 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga nisbatan ikki barobar, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 30-40%ga qisqardi. Inflyasiya yuqori cho'qqisiga chiqdi. 1937 yilda 100 yuanga ikkita sigir sotib olsa bo'lardi, 1943 yilda - tovuq, 1946 yilda - 1 ta tuxum, 1948 yilda hech narsa sotib olib bo'lmasdi.
Iqtisodiy islohotlar
1978 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarurati to'g'risida qaror qabul qilindi. Xitoydagi islohotlarning xususiyat- lari:
Birinchidan, Xitoyda islohotlar iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlardan boshlandi. Kommunistik partiya mamlakatni boshqarardi va u sotsialistik tizimni "xitoy spetsifikasi" bilan qur- ishga intilardi.
Ikkinchidan, Xitoyda xususiylashtirish amalga oshirilmagan edi. "Xususiylashtirish" so'zining o'zi Xitoyda salbiy tuyg'uni yu- zaga keltiradi. Xususiy, egoistik manfaatlar xitoyliklar mentalite- tiga mos emasdir. Undan tashqari "byurokratik kapital" borasidagi muammolar hali yodda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |