O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi


Download 297.5 Kb.
bet5/10
Sana02.05.2023
Hajmi297.5 Kb.
#1423087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi

Osiyocha ishlab chiqarish usullari va ularning parchalanishi
Xitoy osiyocha ishlab chiqarish usulidan foydalanadigan qadimgi davlatlardan biridir va ushbu rivojlanish usulining oqi- batlari sotsializm qurishdagi "katta sakrash" va "madaniy inqilob" kabi jarayonlarda o'z aksini topdi.
Osiyocha usulning asosiy belgisi - yer davlat mulki ekanligidir va bu holat Xitoyning butun tarixida o'zgarmasdan qolgandi. Dav- latning yeri dehqonlar o'rtasida yerdan foydalanish tamoyilidan kelib chiqib taqsimlanar edi.
Avvaliga bu tizim "quduqli dalalar" tizimi edi. Uning bunday nomlanishiga sabab dalalarni joylashuv sxemasi "quduq" iero- glifini eslatar edi. 8 ta oiladan iborat jamoa a'zolari chekkalar- da joylashgan o'z dalalariga ishlov berishdan tashqari markazda joylashgan umumiy maydonga ishlov berishlari kerak edi. Uning hosili hukmdorga topshirilardi. Har bir dala 100 mu2 (6 ga) may­donga ega edi. Eramizdan avvalgi 4 asrdagi faylasuf Men-Szi "... yerga ishlov berishning bunday usuli ideal tizim hisoblagandi"- deb ta'kidlagan.
Revolyutsion o'zgarishlar va "katta sakrash"
Xorijiy va byurokratik kapitalga qarshi xitoy inqilobi 25 yil (1924 yilda 1949 yilgacha) davom etdi va uchta fuqarolik urushlari va Yaponiyaga qarshi milliy-ozodlik urushidan iborat edi. U 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasini e'lon qilinishi bilan yakunlandi.
Xitoyda 25 yil davomida harbiy harakatlar bo'lganligi sababli ma'lum bir vayronagarchiliklarga olib keldi. 1949 yilga kelib sano­at ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga nisbatan ikki barobar, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 30-40%ga qisqardi. Inflyasiya yuqori cho'qqisiga chiqdi. 1937 yilda 100 yuanga ikkita sigir sotib olsa bo'lardi, 1943 yilda - tovuq, 1946 yilda - 1 ta tuxum, 1948 yilda hech narsa sotib olib bo'lmasdi.
Iqtisodiy islohotlar
1978 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarurati to'g'risida qaror qabul qilindi. Xitoydagi islohotlarning xususiyat- lari:
Birinchidan, Xitoyda islohotlar iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlardan boshlandi. Kommunistik partiya mamlakatni boshqarardi va u sotsialistik tizimni "xitoy spetsifikasi" bilan qur- ishga intilardi.
Ikkinchidan, Xitoyda xususiylashtirish amalga oshirilmagan edi. "Xususiylashtirish" so'zining o'zi Xitoyda salbiy tuyg'uni yu- zaga keltiradi. Xususiy, egoistik manfaatlar xitoyliklar mentalite- tiga mos emasdir. Undan tashqari "byurokratik kapital" borasidagi muammolar hali yodda edi.



Download 297.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling