O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari


Download 297.5 Kb.
bet3/10
Sana02.05.2023
Hajmi297.5 Kb.
#1423087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi

Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari
Birinchi jahon urushi Germaniya uchun boshqa kapitalistik mam- lakatlarga nisbatan mashaqqatliroq kechgandi. Bu yerda sanoat ishlab chiqarishi 2 barobar qisqardi, g'oliblar barcha mustamlaka- larni tortib olishdi, Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytadan Fransiyaning tarkibiga qo'shildi. Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra ushbu yo'qotishlar natijasida Germaniya milliy boyligi ikki marotaba ka- maydi. Lekin eng og'ir salbiy natija bu g'olib mamlakatlar tomoni­dan qo'yilgan reparatsiya1 hisoblanadi, uning hajmi 132 mlrd.oltin markani tashkil etardi. Qisqa muddat ichida urushdan vayronaga aylangan Germaniya uchun ushbu mablag'ni to'lash imkoni yo'q edi. Reparatsion summani qoplash maqsadida g'olib mamlakatlar tomonidan Germaniyadan barcha qimmatbaho narsalar olib chiqib ketildi, 1923 yilda franko-belgiya qo'shinlari Germaniyaning 90% ko'miri va 50% metallini beruvchi Rur viloyatini bosib oldi va hech qanday to'siqlarsiz ushbu xom ashyolar olib chiqib keta boshlandi.
Jami Germaniya reparatsiyalar hisobiga taxminan 20 mlrd. marka to'ladi. Reparatsiylarning asosiy og'irligi urushdan keyingi birinchi yillarga to'g'ri kelib, bunda Germaniya sanoatining yarmi vayronaga aylangan, kapital yetishmasdi, g'olib mamlakatlar esa to'lovlarni talab qilishardi. Avvaliga Germaniyadan barcha oltin olib chiqildi, so'ngra reparatsiyalar hisobiga ko'mir, sigirlar, parovozlar olib chiqib ketildi. Natijada markaning kursi pasayib ketdi. Mam­lakatda kuchli inflyasiya yuz berdi.
Fashistik Germaniya iqtisodiyoti
Germaniyada fashizm, boshqa mamlakatlardagi kabi, may- daburjua siyosiy harakati sifatida vujudga keldi. Bu uncha boy bo'lmagan, o'qimishli bo'lmagan, iqtisodiy rivojlanish natijasida jamiyatda o'z o'rnini yo'qotib borayotgan va albatta bundan no- rozi odamlar edi. Fashistik partiyaning shturm otryadlari mayda burjuaziya vakillaridan iborat edi. Gitler tomonidan e'lon qilin­gan shiorlar maydaburjuacha edi. U kapitalistik monopoliyalarni yo'q qilishni, xonavayron bo'layotgan hunarmandlar va mayda savdogarlarni himoya qilishni, ular uchun arzon kreditlar berishni va'da berdi. Shovinistik targ'ibot ham mayda burjuaziyaga qara- tilgan edi, chunki ular birinchi jahon urushi natijasida inflyasiya va reparatsiyalar natijasida eng katta talofat ko'rgan qatlam edi. Ger­maniya aholisining ushbu qatlamini ommaviy xonavayron bo'lishi ularni faollashtirdi va Gitler partiyasini kuchaytirdi. Gitler ortidan ishchilarning bir qismi ham ergashdi - uning partiyasi milliy-sot- sial ishchi partiyasi deb nomlanar ediku. Albatta, birinchi navbat- da bular ishsiz qolganlar edi.
GFR iqtisodiy mo'jizasi va uning sabablari
GFRning ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan sanoat ishlab chiqarish darajasiga erishish boshqa Yevropa mamlakatlariniki- dan kechroq (1951 yilda) yuz berdi. Bunga faqatgina harbiy vay- ronagarchiliklar sababchi emasdi. Mamlakatda harbiy sanoatni tugatish, monopoliyalarni parchalash bo'yicha islohotlar va Ger- maniyaga qo'yilgan reparatsiya iqtisodiyotni tiklanishini sekin- lashtirardi.
Ammo shundan so'ng GFR sanoati jadal rivojlana boshladi.

  1. 1966 yy.da sanoat ishlab chiqarishining o'rtacha yillik o'sish sur'atlari 9,2%ni tashkil etdi. 1948 yildan 1990 yilgacha bo'lgan davrda GFRda sanoat ishlab chiqarishi 12 marotaba o'sdi, boshqa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich 5,7 ma- rotabaga teng edi. GFRda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar sanoat mahsulotlarining 9% ishlab chiqarilar edi.

Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi.
Urush tugagandan so'ng Potsdam konferensiyasida Gitler qaramog'ida bo'lgan monopoliyalarni yopilishi to'g'risida qaror qabul qilingan edi. G'arbiy Germaniyada ushbu qaror monopo­liyalarni parchalab tashlash ko'rinishida amalga oshirildi: ulkan trest bir qator mustaqil kompaniyalarga bo'lindi. "Po'lat trest" 10 qismga bo'lindi, Krupp konserni 7 qismga bo'lindi. Lekin, ma'lum bir vaqt o'tgandan so'ng, ularni bir-biriga qo'shilib ketishiga hech narsa to'siqlik qilmadi. Hozirgi vaqtda yirik nemis korporatsiyalari ro'yxatida aynan shu kompaniyalar o'rin olgan.
XX asr 80-yy. boshiga kelib dunyoning 10 ta eng yirik banklari ichida birorta german banki yo'q edi. Dunyoning 20 ta yirik sano­at korporatsiyalari ichida bitta german kompaniyasi "Simens" bor edi, u ham bo'lsa deyarli oxirgi o'rinda edi.
80-yy.da GFR iqtisodiyotida bir necha moliya guruhlari us- tunlik qilardi. Ulardan eng yiriklari "Nemis banki" va "Simens" elektrotexnik kompaniyasi boshqaradigan moliya-sanoat guruhi mamlakatning 1/3 qism aksioner kapitalini nazorat qilar edi. Un­ing tarkibiga shu paytgacha mustaqil guruh bo'lgan "Tissen" kor- poratsiyasi, avval Drezden banki guruhiga kirgan AEG, "Daymler- bens"lar kirdi. Guruh qora metallurgiya, elektrotexnika, avtomo- bilsozlik tarmog'i korxonalarini nazorat qilardi.

Birinchi jahon urushidan Fransiya iqtisodiyoti katta zarar ko'rgandi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 40%ga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 1/3 qismga qisqardi. Ammo urush iqti­sodiy o'sishni jadallashuviga imkoniyat yaratib berdi.


Fransiyaga Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytarildi. 1871 yilda franko-pruss urushidan keyin Germaniyaga o'tib ket- gan hududlar hisoblanadi. Lotaringiya - katta ruda zaxiralariga ega metallurgiya hududidir. Lotaringiyani qo'shilishi natijasida Fransiya Yevropada temir rudasi qazib olish bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi. Elzas rivojlangan tekstil sanoatiga ega bo'lib, uni qo'shilishi natijasida Fransiya tekstil sanoati quvvati 1.5 baro­barga oshdi. Elzas va Lotaringiyalarni qo'shilishi natijasida Fran­siyada "qadimgi" tarmoqlar (metallurgiya va tekstil) 20-yy.da o'z ishlab chiqarishini ko'paytirdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda ushbu tarmoqlar turg'unlik holatida edi.
Fransiya Germaniyadan reparatsiya sifatida 8 mlrd.oltin mar- ka olgan edi. Ushbu reparatsiyalarning asosiy qismi toshko'mir bilan to'langan edi. Hukumat ko'mirni sanoatchilarga o'ta past narxlarda sotib ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirardi va raqo- batbardoshlikni oshirardi. Urush oqibatidagi vayronagarchiliklarni tiklash natijasida asosiy kapital yangilandi va bu Fransiya sanoat o'sishiga sababchi bo'ldi. Bu o'sha davr uchun noyob hodisa edi.
Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning xususiyatlari
Jahonning eng yirik 10 ta tijorat banklari qatoriga 4 ta fran­suz banklari kiradi: "Bank nasonal de Pari", "Kredi agrikol", "Kredi Livne", "Sosete jeneral". Jahonning eng yirik 10 ta sanoat kom­paniyalari qatoriga birorta fransuz kompaniyasi kirmaydi. XX asr boshida Fransiya uchun xos bo'lgan xususiyat - kapitalning yuqori konsentratsiyalashuvi, lekin ishlab chiqarishni past darajada kon- sentratsiyalashuvi - hozirgi kungacha ham saqlanib qolgan. Fran­suz korxonalarining 95%i 20 kishigacha faoliyat ko'rsatadigan mayda ishlab chiqarishlardan iborat edi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyat kasb etadi.
Fransuz korxonalarining ko'pchiligi zamon talab etayotgan optimal hajmga ega emas edi, shu sababdan davlat tomonidan firmalarni qo'shilib ketishi va sanoatni yiriklashtirish siyosati olib borilar edi. Yaqin davrlarga qadar jahonning 100 yirik kompani­yalari qatoriga bor yo'g'i 5 ta fransuz kompaniyalari kirgan, bunda ularning eng kattasi 50-o'rinda edi. XX asrning 80-yy. boshlarida esa 20 eng yirik kompaniyalar qatoriga 2 ta fransuz kompaniyalari kirishga muvaffaq bo'ldi.



Download 297.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling