O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Sanoat rivojlanishi xususiyatlari


Download 297.5 Kb.
bet2/10
Sana02.05.2023
Hajmi297.5 Kb.
#1423087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi

Sanoat rivojlanishi xususiyatlari.
Birinchi jahon urushi natijasida Angliya g'oliblar qatorida bo'lganligi sababli yutuq bilan chiqqan bo'lishi kerak edi. Uning asosiy dushmani hisoblangan Germaniya mag'lub bo'lib, Angli- yaga Germaniya mustamlakalarining bir qismi o'tdi. Lekin urush ingliz iqtisodiyoti holatini yomonlashtirdi. Urush davrida Angliya o'z savdo flotining yarmini yo'qotdi. Mustamlakalar bilan aloqalar susaydi - Angliya va mustamlakalar o'rtasida ummonlar bo'lib, ularda nemis suvosti kemalari navbatchilik qilardi. Angliyaning Qo'shma Shtatlarga bo'lgan qarzi shu daraja katta ediki, uni qo- plash uchun har yili davlat budjetining 40% sarflanar edi.
Monopoliyalar va davlat tomonidan tartibga solish
Birinchi jahon urushiga qadar Angliya boshqa mamlakatlardan ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarni tashkil etilishi borasida orqada edi. Ammo urush davrida, daro- madli davlat buyurtmalarini eng yirik firmalar olayotgan sharoit- da, hamda urushlar oralig'idagi inqirozli va depressiyali yillarda, mayda va kuchsiz firmalar to'xtovsiz xonavayron bo'layotgan vaqtda, Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayoni muvaf- faqiyatli yakunlandi. 80-yy. boshlarida jahonning 5 yirik monopo- liyalaridan 3 tasi amerikaniki, 2 tasi angliyaniki edi: "Royyal Datch Shell" va "British Petroleum" (ikkalasi neft monopoliyalari). GFR va Yaponiyaning hech qaysi monopoliyalari birinchi beshlikka kir- magandi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar
Birinchi Jahon urushiga qadar Angliya jahonning eng yirik savdo mamlakati hisoblanardi. Tashqi savdo unda katta ahami- yat kasb etardi, xorijdan 90% zarur xom ashyo, 70% oziq-ovqat olib kirilardi, uning sanoat mahsulotining 1/3 qismi eksportga mo'ljallangan edi. Lekin urushdan keyin u jahon bozorlarida o'z pozitsiyalarini yo'qota boshladi. Jahon kapitalistik eksportida un- ing ulushi keskin qisqardi.
Tashqi savdoda o'z pozitsiyasini mustahkamlash uchun ingliz hukumati o'z tovarlarini sotilishi uchun bozorlarni yaratish maqsa- dida iqtisodiy ittifoqlar tashkil eta boshladi.

  1. yilda "sterlingga oid blok" tashkil etilib, u Angliyani mus­tamlaka imperiyasi, Gollandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Portu­galiya bilan birlashtirdi. Ushbu mamlakatlar o'zaro savdoda funt sterlingda hisob-kitob qilishga kelishib olishdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda AQSh dollarida savdo qilardi. Shunday qilib, ush­bu mamlakatlarning tashqi dunyodan ko'ra o'zaro savdo qilish imkoniyatlari kengroq edi.




Download 297.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling