O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Download 297.5 Kb.
bet9/10
Sana02.05.2023
Hajmi297.5 Kb.
#1423087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi

Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dm tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: «Amr qildimki, sadrlarsadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg‘ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflaming ahvolini, ulaming vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kundalik xarajatlami yozib borish uchun bir kitob tayinlansin».
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi bo‘lgan:

  1. Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar.

  2. Tarxon yeriar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.

  3. Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan.

  4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etilardi. Masalan, Amir Temuming Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdar. mablag‘ ajratilgan.

  5. Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo‘lgan. Davlat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat’iy olib borilgan, taftish yo‘lga qo'yilgan edi. Buning uchun ma’lum mas’ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar.

A.Temuming davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «Temur tuzuklamda to‘la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temuming 1342- 1405-yillar oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo'shni (27) yurt va mamlakatlami zabt etish masalalari yoritilgan bo‘Isa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o‘ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug‘bek davridagi iqtisodiy islohotlar A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug‘bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi mamlakat» degani) 1428- yilda Ulug'bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti bilan bog‘liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr- qimmatini oshirish uchun harakat qilingan.

Download 297.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling