O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Download 297.5 Kb.
bet10/10
Sana02.05.2023
Hajmi297.5 Kb.
#1423087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi

Ulug‘bek (1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e’tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko‘prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g‘oyalar muhim o‘rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida, ayniqsa, tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo‘shdi. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari 1469-yilda Husayn Boyqaroning taxtga kelishiga bag‘ishlangan «Hiloliya» asaridir.
1482-yilda yozilgan «Vaqfiya» asarida A.Navoiy shaxsan o‘zining yerlaridan olingan daromadi misolida daromadning o‘z xarajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan qismini aholining foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. 0‘g‘rilik, ta’magirlik va zo‘rlik hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan nafratlanadi va shu yo‘l bilan boylik orttirayotgan kishilami jamiyat hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan qatlam deb ta’riflaydi.
A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan bin 1500-yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asaridir.

  1. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar

Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483­1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma’lum. Xususan, Bobuming «Bobumoma» asarida, «Mubayyin» kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga, shu jumladan, soliq siyosatiga katta o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob»da esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirlladi. Bu asarlami mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy islohotlami, o'zgarishlami tahlil qilish, qisqacha xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz.
Bobuming «Mubayyin» asari qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan. Asaming nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega.



1 reparatsiya - urushda ko'rilgan zararlarni qoplash uchun yengilgan va urush chiqishiga sabab bo'lgan davlat tomonidan enggan davlatga to'lanadigan tovon.

2 Mu - Xitoyda yer maydonini o'lchash birligi. (1 mu = 666.7 kvadrat metr) 194

Download 297.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling