O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar


Download 297.5 Kb.
bet4/10
Sana02.05.2023
Hajmi297.5 Kb.
#1423087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi

Yaponiyada harbiy sohaning rivoji va urushdan keyingi qiyinchiliklar
Birinchi jahon urushida Yaponiya Antanta tarkibida urush olib bordi. Uning Germaniya bilan kelishmovchiligi yo'q edi, lekin An­tanta tomonida urushish afzalroq edi: Germaniyaning Uzoq Shar- qda harbiy qo'shinlari yo'q edi, lekin tortib olish mumkin bo'lgan mustamlakalari bor edi. Agar Yaponiya Antantaga qarshi urush- ganda u Rossiyaga qarshi urushishi kerak edi.
Yaponiya Angliya oldidagi ittifoqdoshlik majburiyatiga rioya qilib urushga kirishdi. Angliya shartnoma haqiqatda ham bor edi, lekin u Yaponiyani Angliya tarafida urushishga majburlamas edi. Angliya hukumati Yaponiyani urushda qatnashishi nemis mus- tamlakalarini bosib olinishga olib kelishini tushungandan so'ng Yaponiyani urushda qatnashishdan voz kechishini talab qilgan, lekin natija bo'lmagan.
Yaponiya urushda nominal ravishda qatnashgan bo'lsa ham o'ziga yaqin bo'lgan Germaniya mustamlakalarini (Shandundagi konsessiya, Tinch okeanidagi Mariana, Karolina va Marshall orol- lari) muvaffaqiyatli bosib oldi.
Shu bilan urushdan olingan foydalar cheklanmagan. Urush davrida Yevropa mamlakatlari o'z tovarlarini osiyo bozorlariga olib kelishni to'xtatishdi va Yaponiya shoshilinch ravishda ushbu bo- zorlarni o'zlashtirishni boshladi. Yaponiyada eksport 3 marotaba o'sdi, sanoat ishlab chiqarishi esa 5 marotaba. Eksport kambag'al Yaponiyaga oltin oqib kelishini ta'minladi, urush davrida Yaponiya oltin zaxirasi deyarli 7 marotaba o'sdi.
Urushdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar. Dzaybaysularni qayta tashkil etish.
Urushdan so'ng amerika qo'shinlari tomonidan okkupatsiya qilingan Yaponiyada militarizm-fashizm tartiblarini yo'q qilishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Iqtisodiy jihatdan ikkita is­lohot muhim edi.
Birinchisi: 1945 yilda dzaybatsularni yo'q qilish to'g'risida qo­nun qabul qilindi. Lekin hanuzgacha Yaponiyaning yetakchi moliya guruhlari tarkibida Mitsui, Mitsubisi, Sumimotolar mavjud. Bun- ing sabablari: qonun loyihasini guruhlarning birini rahbari Yasuda ishlab chiqqan edi. Keyinchalik ushbu loyiha boshqa guruhlar to­monidan ma'qullangan va shundan so'ng davlat tomonidan qabul qilindi. Ushbu qonun bilan guruhlarning bosh xolding-kompani- yalari yo'q qilindi. Natijada guruhlarni boshqarish funksiyasi banklarga o'tdi. Gap shundaki, har bir dzaybatsu tarkibida guruh nomi bilan nomlanuvchi bank mavjud edi (Mitsui Banki, Mitsubisi Banki va boshq). Bu banklarning nomlari o'zgartirilgan edi, le­kin ular keyinchalik avvalgi nomlarini tiklashdi, Yasuda bankidan tashqari, chunki uning nomi yaponlarning muqaddas tog'i Fudzi nomi bilan nomlangan edi. Guruhlar oilaviylik xarakterini yo'qotib bordi: banklar xoldinglar kabi oilaviy mulk emas edi. Moliya guruhlarining oilaviy xarakterini yo'qotishi umumiy qonuniyatdir.
Undan tashqari, yetakchi sanoat kompaniyalari 1945 yildagi qonunga binoan (huddi Germaniyadagi kabi) parchalanib tash- langan edi. Lekin keyinchalik ular birlashib ketish asosida avvalgi holatiga qaytib kelishdi.
Yapon "iqtisodiy mo''jiza"si va uning sabablari
Ikkinchi jahon urushi oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi davrga nisbatan 10 barobar qisqargan edi. Shu sababdan, bu yerda tiklanish jarayoni boshqa mamlakatlarga nis­batan uzoqroq davom etdi: urushdan oldingi darajaga 1952 yilda erishildi. Lekin bu yerda boshqa narsa muhim edi: tiklanish eski texnik asosda amalga oshirildi, ya'ni boshqa mamlakatlardagi kabi texnik yangilanish bu yerda amalga oshirilmagan edi. Yapon sanoatchilari, huddi avvalgidek, arzon ish kuchi bilan yutib chiqish niyatida edi va katta kapital va yuqori texnika talab etmasdan ko'p jonli mehnat talab qiladigan tarmoqlarni tiklashar edi.

Download 297.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling