O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Download 18.28 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1432534
Bog'liq
Dissertatsiya 1-beti qisqacha Дониёр


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Qo‘lyozma huquqida


UDK
XORAZM JADIDLARI FALSAFASIDA MILLIY TARAQQIYOT MASALALARI

09.00.03- Falsafa tarixi


Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan


dissertasiya

Ilmiy rahbar: Xajiyeva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor




Urganch 2023
Mavzuning dolzarbligi va zarurati.
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo miqyosida shiddatli kechayotgan globallashuv sharoitida jahonning barcha mamlakatlari uchun barqaror milliy taraqqiyotga erishish, ijtimoiy-ma’naviy hayotning barcha jabhalarida milliy o‘zlikni saqlab qolish, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni chuqur idrok etish va aholi keng qatlamlariga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Shu munosabat bilan jadid ma’rifatparvarlari o‘z davrida milliy taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan konservatizm, dogmatizm, fundamentalizm tizimiga qarshi chiqib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini modernizasiyalash g‘oyalarini ilgari surganlar va milliy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga astoydil kirishganlar.Shu sababdan ham, jadidlarning falsafiy merosi ijtimoiy tafakkur taraqqiyotining muhim va ajralmas bosqichi hisoblanadi.
Jahon falsafasi tarixida jadidlar falsafasining tutgan o‘rnini o‘rganishga qiziqish ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda, jadidlarning ijtimoiy tarixiy tajribasini tadqiq etish o‘zining milliy demokratik taraqqiyot modellarini amalga oshirayotgan mamlakatlar va xalqlar uchun konfessiyalararo, millatlararo, madaniyatlararo samarali muloqotni tashkil etish, gender tenglikni ta’minlash, ma’rifat g‘oyalarini aholining keng ijtimoiy qatlamlariga yetkazish, yoshlarni tarbiyalash va ijtimoiy faolligini oshirish, milliy va zamonaviy taraqqiyot tamoyillarini uyg‘unlashtirish jarayonida ilmiy metodologik va praksiologik ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari konsepsiyasini amalga oshirishda jadidchilik harakatining muhim yo‘nalishi hisoblanadigan Xorazm jadidlarining ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, ularning g‘oyaviy-falsafiy xususiyatlarini tadqiq etish va targ‘ib qilish bugungi kunda falsafa fanining dolzarb vazifalaridan biridir.
Tadqiqotning maqsadi Xorazm jadidlari falsafiy merosining milliy taraqqiyot jarayonida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti sifatida Xorazm jadidlari falsafasida milliy taraqqiyot masalalarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari tanlangan.
Tadqiqotning predmetini Xorazm jadidlari milliy taraqqiyot konsepsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy negizlarini o‘rganish tashkil etadi.
Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling