O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 27.81 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi27.81 Kb.
#1439094
  1   2
Bog'liq
1-Lab. S.P.D.F


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“ TASDIQLAYMAN”


Ilmiy va metodologik kimy kafedrasi mudiri
M.M. Jo‘rayev

UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO
Fanidan uslubiy ko’rsatma

Laboratoriya mashg‘ulot-1
Mavzu: Davriy sistemadagi s, p, d, f oila elementlarining suv, kislota (konsentrlangan hamda suyultirilgan)lar, ishqorlar hamda organik birikmalar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish.
CHIRCHIQ 2023
1-laboratoriya.
Davriy sistemadagi s, p, d, f oila elementlarining suv, kislota (konsentrlangan hamda suyultirilgan)lar, ishqorlar hamda organik birikmalar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish.
1. Turli Li, K, Ba, Sr, Cu, Na metallarining xloridlari alangaga tutilganda öziga xos emissiya hosil qiladi.
Ishning maqsadi. Turli Li, K, Ba, Sr, Cu, Na metallarining xloridlari alangaga tutilganda öziga xos emissiya hosil qilishini vizual ravishda kuzatish. Bu modda tarkibidagi elementlarning sifat analizi hisoblanadi.
Kerakli jihozlar. Bir nechta stakan, platina sim, xlorid kislota, Li, K, Ba, Sr, Cu, Na metallarining xloridlari, spirt lampa.
Ishning bajarilishi. Avval HC1 eritmasida keyin distillangan suvda yuvilib quritilgan platina simini Li, K, Ba, Sr, Cu, Na metallarining xloridini to‘yingan eritmasiga yoki quruq holdagi tuziga botiring va gaz gorelkasining rangsiz alangasiga tuting. Alanganing qanday tusga kirishini kuzating. Har bir tajriba oldidan simni konsentrlangan xlorid kislotada yaxshi tozalang va gaz gorelkasi alangasida qizdiring. Bu tajribadan qanday xulosa chiqarish mumkin?
2. Alyuminiy gidroksidning olinishi
Bizga ma’lumki alyuminiy oksid parda hosil qilganligi uchun unchalik aktiv hisoblanmaydi. Shuninh uchun ham oddiy sharoitda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Lekin, biz alyuminiyni ba’zi reagentlar yordamida oksid pardasini tozalab so’ng suv bilan tasirlashtirsek bo’ladi. Buning uchun alyuminiy bo’lakchasidan 2 dona olamizda birinchisini suv solingan proberkaga ikkinchisini esa ishqor eritmasiga solamiz. Suv solingan proberkadagi alyuminiy suv bilan reaksiyaga kirishmayotganligini ko’ramiz. Ishqor eritmasiga solingan alyuminiyni biroz vaqtdan so’ng ishqor eritmasi to’kib tashlanadi va ustiga distirlangan suv solinganda alyuminiy va suv shiddat bilan reaksiyaga kirishayotganligini kuzatish mumkin. Reaksiya tenglamalarini va tajriba xulosalarini yozing.

3. Mis (II)-xlorid


Mis bilan xlorid kislota o’zaro bevosita ta’sirlashmaydi. Kislorod ishtirokida qizdirilganda kimyoviy reaksiya ketishi mumkin:
2Cu + 4HCl + O2 = 2CuCl + 2H2O
Reaksiya ikki bosqichda boradi: 1-bosqichda mis oksidlanadi, 2-bos-qichda esa mis (II)-oksid xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishib, mis (II)-xloridni hosil qiladi:
2Cu + O2 = 2CuO
CuO + 2HCl = CuCl2 + H2O
Lekin mis (II)-oksidiga xlorid kislota ta’sir ettirib mis (II)-xlorid olish ancha qulay. Buning uchun kimyoviy stakanga 250 ml 1M xlorid kislota eritmasidan quyib qizdiriladi va uning usiga oz-ozdan erimay qolguncha mis (II)-oksid qo’shib aralashtiriladi. So’ngra eritma filtrlanadi va bug’-latish yo’li bilan yashil tusli CuCl2·2H2O kristallogidrat hosil qilinadi. Mis dixlorid gigroskopik modda, uni yopiq idishda saqlash kerak.
4. Alyuminiy yodidning olinishi.
Alyuminiy bilan Yodning o’zaro ta’sirlanishidan alyuminiy yodid tuzi hosil bo’ladi. Ushbu tajribani olib boorish uchun falga qo’g’ozning ustiga kerakli miqdorda yaxshi maydalangan yod kristallaridan quyamiz va ustiga alyuminiy kukunidan solinadi. Ularni yaxshilab aralashtirib ustiga 2-3 tomchi suv tomiziladi. Reaksiya alangalanib ketganligini kuzatish mumkin. Tajribada nima uchun yod va alyuminiy birdaniga reaksiyaga kirishmaganligini izohlang va kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing.
5. Natriy gidrokarbonat
10 g osh tuzi tortib olinadi. Tortib olingan osh tuzi havonchada maydalanadi va chinni kosachaga solinib, usiga 10%-li ammiak eritmasidan 30 ml quyilib aralashtiriladi. Tuz erigandan so’ng eritma filtrlanadi. Filtrat asbobning voronkasiga quyiladi va Kipp apparatidan kelayotgan karbonat angidrid oqimi o’tkaziladi. Soda kristallari tezda hosil bo’lmaydi, shuning uchun ungacha asbobning rasmi chizilib tajriba yoziladi. Nordon tuzning mayda kristall holidagi cho’kmasi hosil bo’lgach, eritma filtrlanadi. Cho’kma filtr usida oz miqdordagi sovuq suv bilan yuviladi va filtr qog’ozi orasida quritiladi. Haqiqatdan ham soda hosil bo’lgani isbotlanadi. Soda shisha idishga soli-nadi. Etiketkaga moddaning formulasi, qachon va kim olgani yozib qo’yiladi.
6. Ca metalining KNO3 bilan reaksiyasi.
Bizga ma’lumki Ca metali kerosinda saqlanadi. Ayni kerosinda saqlangan Ca metalidan ma’lum miqdorda olamiz va kerosindan tozalash maqsadida gaz gorilkasida biroz qizdiramiz. Qizdirilgan Ca metalini chinni teglda 3-4 g o’lchab solingan KNO3 tuziga aralashtiramiz va yana gaz gorilkasiga qo’yamiz. Reaksiyani juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring chunki reaksiya kuchli chaqnash bilan amalga oshadi. Reaksiya tenglamalarini va tajriba xulosasini yozing.
7. Vodorod sulfidning olinishi.
Probirkaga 1-2 gramm temir sulfid soling va 5-8 ml 20% li xlorid kislota eritmasidan quying. Probirkani gaz chiqaruvchi nay 0‘tkazilgan tiqin bilan berkiting. Reaksiya tenglamasini yozing.

Download 27.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling