O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana08.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1178150
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI SANOAT MULK5424

 
 
 


26 
2.2. Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi 
Sanoat tarmoqlari ayrim mezonlar bo’yicha ham birlashtiriladi. Umuman tarmoq 
deganda korxonalarning ma’lum o’xshash xususiyatlariga ko’ra guruhlanishi 
tushuniladi. Sanoat tarmoqlari odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ular: 

Xom-ashyo birligi bo’yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va 
metallni qayta ishlash, o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza—
qog’oz sanoati va hk.); 

Iste’mol birligi, ya’ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlar (yengil va oziq —ovqat, qurilish, elektr energetika va b.); 

Texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog’i (ximiya va neftni 
qayta ishlash) 
Bundan tashqari sanoat ikki yirik guruhga: undiruvchi va ishlov beruvchi 
sanoatga bo’linadi. Undiruvchi sanoatga kon-kimyo xom ashyosi, metallurgiya uchun 
qora va rangli metallar rudasi, noruda xom ashyolar, metallsiz rudalar, neft, gaz, 
ko’mir, torf, slanes, tuz, noruda qurilish materiallari, yengil tabiiy to’ldiruvchilar va 
ohaktoshlar chiqaradigan korxonalar, shuningdek gidroelektrostansiyalar, o’rmon, 
baliq ovlash va boshqa dengiz mahsulotlari chiqarish korxonalari, suv keltiruvchi 
injenerlik inshootlari kiradi. 
Ishlov beruvchi sanoatga qora va rangli metallar, prokat, kimyo va neft kimyosi 
mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar, yog’och va sellyuloza-qog’oz mahsulotlari, 
sement va boshqa qurilish materiallari, yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqaradigan korxonalar, shuningdek sanoat buyumlarini va issiqlik elektr 
stansiyalarini remont qiladigan korxonalar kiradi. Shuningdek, ishlab chiqariladigan 
mahsulotning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan 
sanoat «A» guruhga — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarysh va «B» guruhga 
— iste’mol buyumlari irlab chiqarish sohalariga bo’linadi. 


27 
Dunyoda qabul qilingan hisob-rejalashtirish metodologiyaskga ko’ra, stanoklar, asbob-
uskupalar, qora va rangli metallar rudasi, mineral o’g’itlar, sellyuloza va sh.k. mahsulot 
turlari «A» guruhga, trikotajdan va boshqa materiallardan tikilgan tayyor mahsulotlar
baliq mahsulotlari, non va non mahsulotlari, xolodilniklar, radiopriyomniklar, mebel 
va boshqa «B» guruhga kiradi.
7
Ishlab chiqarishda va ishlab chiqarishdan boshqa sohalarda qo’llaniladigan bir 
necha xil mahsulotlar (masalan, elektr energiyasi, ko’mir, gazmollar va b.), ulardan 
haqiqatda qanday maqsadlarda foydalanilishiga qarab, «A» va «B» guruhlardan biriga 
mansub bo’ladi. Sanoatni bunday ikki guruhga bo’lish zaruriyati ishlab chiqarish bilan 
iste’mol o’rtasida to’g’ri proporsiyalar yaratish va ijtimoiy ishlab chiqarishni tez 
sur’atlar bilan o’stirish zaruriyatidan kelib chiqadi. 
Sanoat ishlab chiqarishni joylashishiga qarab sanoat korxonasi, sanoat punkti, sanoat 
markazi, sanoat tuguni va sanoat rayoniga ajratiladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling