O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI SANOAT MULK5424
Sanoat korxonasi – xalq xo’jaligi rejasiga muvofiq ravishda mahsulot tayyorlash,
ishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatish bilan shug’ullanadigan ayrim ishlab chiqarish – xo’jalik birligi. U zavod, fabrika, kombinat yoki karyer bo’lishi mumkin. Sanoat punkti – bu yerda kamida bitta sanoat korxonasi bo’lishi kerak. Odatda kichik shaharlar va shaharchalar sanoat punktlari ham hisoblanadi. Sanoat markazi deb – bir yoki bir nechta sanoat tarmoqlari to’plangan shahar yoki shaharchaga aytiladi. Odatda markaz tushunchasi mujassamlashuvning natijasi bo’lib, u shu joyni boshqa joylarga qaraganda yuqoriroq rivojlanganligidan darak beradi. Shu jihatdan sanoat markazi sanoat punktining yuqori darajasi bo’lib, unda turli xil sanoat korxonalari va tarmoqlari joylashgan bo’ladi. Demak har qanday sanoat markazi bu sanoat punktidir ammo aksincha emas. Ilmiy nuqtai – nazardan sanoat markazini aniqlashda umuman sanoatni emas balki uning alohida yo’nalishini hisobga olish darkor. Masalan Angren, Zarafshon, Marg’ilon, Muborak sanoat markazidir (bu hech kimga sir emas). Lekin Angrenni – 7 Mavlonov A., Abdalova S., Allamberganova M., Ilyasova Z. O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur bo’stoni”, 2013yil 142 b 28 yoqilg’i, Zarafshonni – rangli metallurgiya, Marg’ilonni – to’qimachilik, Muborakni – tog’ ximiya sanoatining markazlari ekanligini ko’rsatish to’g’riroq bo’ladi. Bir-biri bilan o’zaro bog’langan ishlab chiqarish korxonalari to’plangan hudud tuguni (sanoat uzeli) deb ataladi. Sanoat tuguni bitta shahar doirasida ham bo’lishi mumkin, ko’p hollarda u bir necha shaharlardan yoki ishchi shaharchalari bilan o’ralgan shaharlar tizimidan iborat bo’ladi. Sanoat tuguniga kirgan korxonalar yagona transport tarmog’idan, energiya va suv ta’minotining umumyi manbalaridan birgalikda foydalanadi (ba’zan zom ashyo resurslari ham umumiy bo’ladi), mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to’laroq jalb qiladi. Bularning hammasi mehnat unumdorligini oshirishga, mablag’larni tejashga, korxonalar egallaydigan maydonlarni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari – sanoat korxonalarini joylashtirishning ilg’or usulidir. Sanoat tugunlari va markazlari to’plangan hududlar sanoat rayonlari deb ataladi. Mahsulot ishlab chiqarishda u yoki bu sanoatning salmog’iga qarab, undiruvchi sanoat yoki ishlov beruvchi sanoat rayonlari ajratiladi. Ularning kattakichikligi har xil bo’ladi. Iхtirо sifatida ko`rsatilgan оb`еkt, basharti u yangi, iхtirоchilik darajasiga ega bo`lsa va uni sanоatda qo`llash mumkin bo`lsa, huquqiy jihatdan muhоfaza qilinadi. Iхtirо, basharti u tехnika taraqqiyoti darajasidan ma`lum bo`lmasa, yangi dеb hisоblanadi. Iхtirо, basharti u tехnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma`lumоtlardan yaqqоl ayon bo`lmasa, iхtirоchilik darajasiga ega bo`ladi. Tехnika taraqqiyoti darajasi iхtirо ustuvоrligi sanasiga qadar jaхоnda оmmaga оshkоr bo`lgan har qanday ma`lumоtlarni o`z ichiga оladi. Iхtirоning yangiligini aniqlash chоg`ida birmuncha оldin ustuvоrlikka ega bo`lgan hоlda tоpshirilgan va qaytarib оlinmagan talabnоmalar хam hisоbga оlinadi. Iхtirо, basharti uni sanоat, qishlоq хo`jaligi, sоg`likni saqlash va bоshqa sохalarda qo`llash mumkin bo`lsa, sanоatda qo`llash mumkin dеb hisоblanadi. 29 Iхtirоga оid talabnоma, shu iхtirоga taalluqli ma`lumоt muallif, talabnоma bеruvchi yoki ulardan bеvоsita yoхud bilvоsita ushbu ma`lumоtni оlgan bоshqa har qanday shaхs tоmоnidan оmmaviy tarzda оshkоr qilingan sanadan bоshlab оlti оydan kеchiktirmay Patеnt idоrasiga tоpshirilgan bo`lsa, bu hоlat iхtirоning patеntga layoqatliligini tan оlishga ta`sir ko`rsatadigan vaziyat sifatida e`tirоf etilmaydi. Bunday hоlda ushbu faktni isbоtlab bеrish vazifasi muallif, talabnоma bеruvchi zimmasida bo`ladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda sanоat mulkni muhofazalash sohasida malakali kadrlarni tayyorlash ta’limning ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun istalgan kasbdagi har bir ijodkor kishi kelajakda o‘zining sanоat mulkidan samarali foydalanish yo‘llarini aniq tasavvur etishi juda muhimdir. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling