O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Quyidagilar sanоat namunalari sifatida e`tirоf etilmaydi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI SANOAT MULK5424
Quyidagilar sanоat namunalari sifatida e`tirоf etilmaydi:
matbaa mahsulоtlari; mе`mоrchilik оb`еktlari, (kichik mе`mоrchilik shakllaridan tashqari) sanоat, gidrоtехnika inshооtlari va bоshqa statsiоnar inshооtlar; suyuq, gazsimоn, sоchiluvchan yoki shunga o`хshash mоddalardan ibоrat o`zgaruvchan shakldagi оb`еktlar; buyumning faqat tехnik funktsiyasi bilan bоg`liq bo`lgan yеchimlar; mahsulоtlarning jamоat manfaatlariga, insоnparvarlik va aхlоq qоidalariga zid yеchimlar. Sanoat namunalarini tasviflovchi belgilar Sanoat namunasining mohiyati va uni huquqiy muhofazalash hajmi eng avvalo, uning muhim belgilari majmui bilan ifodalanadi, bu belgilar namuna fotosuratlarida aks ettiriladi va buyumning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Muhim belgilarni so‘zlar bilan tavsiflash tasviriy axborotni tushuntirib berishni 33 ta’minlaydi. Odatda, sanoat namunalarining turlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: 1. Murakkab kompozitsiyali, asosi keng hajmiy–fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan buyumlar (masalan, dastgoh, qishloq xo‘jalik mashinasi, mototsikl va hokazo) quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: kompozitsiya elementlarining mavjudligi; elementlarning o‘zaro joylashishi; kompozitsiya elementlarining shakli. 2. Yakka blokli kompozitsiyaga ega buyumlar (masalan, televizor, radiopriemnik, shit priborlari, qutichalar), shuningdek elementar geometrik hajmlar nisbati asosida qurilgan (masalan, mebel seksiyasi bloklari) badiiy–konstruktorlik yechimlari quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: kompozitsiya elementlarining tarkibi va taqsimlanishi; buyumlarning, odatda, frontal yuzasida bo‘ladigan bu elementlarning plastik, grafik, rangli va faktura yechimlari. 3. Buyumlar to‘plamlarining badiiy-konstruktorlik yechimlarini tavsiflashda, tegishli buyumlarni (to‘plam tarkibiga kiradigan) tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilardan tashqari, quyidagilarni aks ettiruvchi belgilardan foydalaniladi: to‘plamning turli qismlari o‘zaro aloqasining xarakteri; elementlarning o‘zaro bir–biriga aloqadorligi; dastlabki elementlarning o‘zi va bu elementlardan foydalanib yaratilgan buyumlar, shuningdek umuman to‘plamning mutanosib tuzilishi. 4. Tashqi ko‘rinishi ikki holatda: yopiq (taxlangan) va ochiq (masalan, shkaflar, sovitkichlar, yopiq korpus ichidagi priborlar, telefon budkalari va hokazo) buyumlarni tavsiflashda buyumning ham tashqi, ham ichki hajmini ifodalovchi elementlar bunday belgilar bo‘lishi mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling