O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


II BOB. SANОAT MULKI OBEKTLARINI ХUQUQIY JIHATDAN


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana08.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1178150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI SANOAT MULK5424

II BOB. SANОAT MULKI OBEKTLARINI ХUQUQIY JIHATDAN 
MUHОFAZA QILISH 
2.1. Sanоat mulki оb`еktlarini хuquqiy jihatdan muhоfaza qilish 
Intellektual mulkni ikkita huquqiy sohalarga ajratish mumkin: 
- mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
- sanoat mulki huquqlariga ajratish tamoyillari. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, intellektual mulkning ikkita huquq sohasiga 
bo‘linishi bu ob’ektlarni muhofazalash tamoyillaridagi quyidagi asosiy farqlardan 
kelib chiqadi: 
Mualliflik huquqi adabiyot, fan va san’at asarlari o‘zining aniq ifodasini topgan 
shaklni muhofaza qiladi. Bunday ifodalash shakli so‘z, timsollar, musiqa, surat, uch 
o‘lchovli predmetlar yoki bunday shakllarning kombinatsiyasi (masalan, kinofilm yoki 
teatr postanovkasi, opera) bo‘lishi mumkin. Mualliflik huquqlari asarlarning istalgan 
turini maxsus ruxsatsiz (muallif roziligisiz) nusxa ko‘chirish, ko‘paytirish va boshqa 
usulda qayta tiklashdan, shu jumladan omma orasida ko‘rsatishdan muhofazalaydi. 
Lekin mualliflik huquqlari u yoki bu asarda aks etgan G‘oyaning o‘zini muhofaza 
qilmaydi. Masalan, agar siz yangi davigatel ixtiro qilgan va bu haqda kitob yozgan 
bo‘lsangiz, faqat shu kitobni ko‘paytirib tarqatishgina sizning mualliflik 
huquqlaringizning buzilishi deb hisoblanadi. Lekin, kimki istasa bu kitobni o‘qib, hech 
bir to‘siqsiz unda ko‘rsatilgani bo‘yicha dvigatelni ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga 
qo‘yishi mumkin.
4
Yana bir muhim jihati shundaki, deyarli barcha mamlakatlarda mualliflik 
huquqlarini muhofazalash asar yaratilgan va xalqqa taqdim etilgan vaqtdan boshlanadi 
va hech qanday rasmiyatchiliklarni bajarish, masalan, ro‘yxatdan o‘tish, muhofaza 
4
G‘.M.Abduqodirov Kasb ta’limi praktikumi O‘quv qo‘llanma T.: “Sharq” 2012. 


18 
hujjatlarini olish kabilarni talab qilmaydi. Mualliflik huquqlarining buzilishi bilan 
bog‘liq masalalar sudda ko‘rib chiqiladi; 
Sanoat mulki, mualliflik huquqidan farqli ravishda bevosita G‘oyani, xususan 
buyumning turli shakllarda ko‘p marta qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnik, badiiy 
va boshqa mohiyatlarini muhofaza qiladi. Masalan, agar dvigatel sanoat mulki ob’ekti 
– ixtiro sifatida muhofaza qilingan bo‘lsa, olingan muhofaza boshqa shaxslarga maxsus 
ruxsatnomasiz ushbu ixtironi amalga oshirishning barcha shakllarini tayyorlash va 
sotishni man qiladi. Bundan tashqari, sanoat mulkining mualliflik huquqidan muhim 
farqi shundan iboratki, sanoat mulki huquqi mualliflik huquqi kabi tegishli ob’ekt 
yaratilgan vaqtdan boshlab o‘z–o‘zidan amal qilmaydi. Sanoat mulki huquqlarini 
muhofazalash uchun, masalan ixtiroga muhofaza hujjatining mavjud bo‘lishi shartdir. 
Ushbu muhofaza hujjatida davlat tomonidan huquqiy muhofaza kafolatlanadigan 
huquqlar hajmi aniq belgilab beriladi. Turli mamlakatlardagi qonunchilikka ko‘ra 
ushbu muhofaza hujjatlari turlicha nomlanadi. Aksariyat mamlakatlarda ixtiro va 
sanoat namunalariga beriladigan muhofaza hujjatlari patent, tovar belgilariga 
beriladigan hujjatlar esa guvohnoma deb qabul qilingan. 
Sanoat mulki huquqlarini muhofazalash uchun, xususan sanoat ob’ektiga 
muhofaza hujjati – patent, guvohnoma va boshqalarni olish uchun eng avvalo 
muhofaza hujjati berilishi uchun tegishli talabnomani to‘g‘ri rasmiylashtirish va uni 
patent berilishi so‘ralayotgan ob’ektning belgilangan mezonlarga muvofiqligini 
ekspertizadan o‘tkazadigan (patentga layoqatliligini tekshiradigan) va ekspertiza 
natijalari bo‘yicha ob’ektni rasmiy ro‘yxatga oladigan, ob’ektning patentga 
layoqatliligini e’lon qiladigan va unga patent beradigan vakolatli davlat organiga 
topshirish zarur. Tabiiyki, bunday ekspertizadan o‘tmagan (patentga layoqatsiz) 
ob’ektlarga muhofaza hujjati berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Sanoat 
mulki huquqlari bo‘yicha bunday davlat organlari intellektual mulk huquqlarini 
muhofaza qilish qabul qilingan barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, patent idoralari 
deb ataladi. 


19 
Patent idoralari – ixtisoslashgan davlat tashkiloti bo‘lib, sanoat mulki ob’ektlariga 
talabnomalarni qabul qiladi, ularni ekspertizadan o‘tkazadi, davlat ro‘yxatiga oladi, 
muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy materiallarni nashr etadi, shuningdek intellektual 
mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi boshqa vazifalarni bajaradi. 
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, sanoat mulki huquqlarini muhofazalash ob’ekt 
yaratilgandan so‘ng emas, balki unga muhofaza hujjati olingandan so‘ng kuchga kiradi. 
Odatda, bunday hujjatning amal qilish muddati muayyan sanadan – sanoat mulki 
ob’ektining ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanadi. Har bir patent uning egasi yoki 
unga xususiy egalik qiluvchi muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsga beriladi. Patent 
egasi – patentning xususiy egasi va ushbu patentdan kelib chiqadigan mutlaq 
huquqlarning egasidir. Patent o‘z egasiga sanoat mulki ob’ektlariga quyidagi alohida 
huquqlarni – ob’ektga egalik qilish, boshqarish va foydalanish bo‘yicha mutlaq 
huquqni beradi. Alohida huquqlar muhofazalangan ixtiro, sanoat namunasi va 
hokazolardan hech kim ruxsatsiz foydalana olmasligini (tayyorlash, sotish va hokazo) 
bildiradi. Shuni tushunib olish zarurki, patent turli ifoda shakllariga ega bo‘lgan texnik 
mohiyatni muhofaza qiladi, sanoat mulki ob’ektiga alohida huquqlar esa patent 
egasining muayyan tovar, buyumga egalik huquqi bor–yo‘qligidan qat’i nazar amal 
qiladi. 
Ko‘rinib turibdiki, patent o‘z egasiga juda muhim huquqlarni beradi, shuning 
uchun patentning amal qilish muddatini vaqt bo‘yicha cheklash mantiqan to‘g‘ri bo‘lib, 
aks holda bu mutlaq huquqlar yoki monopoliya raqobat cheklanganligi sababli 
jamiyatning yanada rivojlanishida to‘siqqa aylanishi mumkin. Masalan, ixtiroga 
beriladigan patentning amal qilish muddati chegaralangan bo‘lib, o‘rtacha 20 yilni 
(boshqa mamlakatlarda turlicha) tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, boshqa 
shaxsning intellektual mulk ob’ekti bo‘lgan ob’ektdan foydalanishni istagan har 
qanday boshqa shaxs faqat bitta qonuniy imkoniyatga ega, ya’ni buning uchun ushbu 
ob’ekt egasining roziligi (ruxsati)ni olishi zarur. Bunda foydalaniladigan ob’ekt, 


20 
foydalanish muddati va to‘lovlarni aniq belgilab olish uchun foydalanishga berilgan 
ruxsatnoma – litsenziya bitimi yoki litsenziya rasmiylashtirilishi zarur. 
Sanоat
mulki оb`еktiga bo`lgan huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning 
(ularning) 
huquqiy 
vоrisiga 
(vоrislariga) 
tеgishli 
bo`ladi хamda iхtirо yoki sanоat namunasi patеnti, dastlabki patеnti va fоydali mоdеl 
guvохnоmasi bilan tasdiqlanadi. 
Basharti, bir nеcha shaхs bir-biridan mustaqil ravishda sanоat mulki оb`еktini 
yaratgan bo`lsa, patеnt, dastlabki patеnt va guvохnоmaga bo`lgan huquq Patеnt 
idоrasiga birinchi bo`lib talabnоma tоpshirgan shaхsga tеgishli bo`ladi. Оb`еkt 
muallifi, basharti o`zining оb`еktiga nisbatan g`ayrihuquqiy ravishdagi o`zlashtirish 
natijasida 
talabnоma 
tоpshirilgan 
yoхud 
patеnt, 
dastlabki 
patеnt 
yoki 
guvохnоma оlgan bo`lsa sud tartibida patent, dastlabki patеnt yoki guvохnоma 
bеrilishiga nоrоzilik bildirish yoki patеnt egasi yoхud uning huquqiy egasi sifatida 
patеnt, dastlabki patеnt yoki guvохnоma o`ziga bеrilishini talab qilish huquqiga egadir. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling