Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 75.6 Kb.
bet3/6
Sana09.02.2023
Hajmi75.6 Kb.
#1182953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dadayev Isroil Ikrom o’g’li

Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
9. Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha Ishchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ishchi komissiya (J.Qo‘chqorov) Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Dasturda belgilangan muddatlarda kiritsin:
soliq ma’muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi hamda metodologiyasini tubdan takomillashtirishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning soliq yukini yanada kamaytirishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni “yirik soliq to‘lovchilar” toifasiga kiritish mezonlarini belgilashni;
bir xil soliq solish obyektlariga ega bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni birlashtirishni;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash uchun qo‘shimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va ushbu miqdor oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik subyekti maqomini saqlab qolgan holda, qo‘shimcha soliq majburiyatlarini belgilashni;
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini optimallashtirishni;
alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yig‘imning hududlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan stavkalarini;
halol, shu jumladan ish o‘rinlarini va mehnatga haq to‘lash fondini legallashtiradigan soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish choralarini joriy etishni;
Internet tarmog‘ida savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etishni;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirishni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishni.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvariga qadar:
soliq to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlarining barcha davlat xizmatlaridan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron foydalanish imkoniyatini ta’minlasin;
soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga taqdim etiladigan axborotning mazmunini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK korxonalarining soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
tadbirkorlik subyektlarini elektron raqamli imzo bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi ishonchliligini auditdan o‘tkazsin.
12. 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorining amal qilishi tatbiq etilsin.
13. 2021-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Dasturni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan uskuna, dasturiy va moddiy-texnik vositalar bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvlari uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari va Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.


  1. Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Soliq xavfini boshqarish va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligini ko‘rsatuvchi faktlarni aniqlash va soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralarni qo‘llash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni kuchaytirishga qaratilgan o‘z vaqtida choralarni ko‘rsin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishni va joriy etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
1 Ushbu Nizom soliq organlarida soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 75.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling