Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 75.6 Kb.
|
Dadayev Isroil Ikrom o’g’li
soliq xavfini baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish;
soliq xavfini boshqarish — xavfning oldini olish, bartaraf etish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qo‘llanilish samaradorligini baholash, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bajarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, soliq organlarida mavjud axborot uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutuvchi tizim. (2-bandning to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 3. Quyidagilar soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash maqsadlari hisoblanadi: yuqori xavfga ega bo‘lgan sohalarga e’tiborni jamlash va soliq organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash; soliq solish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlarini oshirish; faoliyati bo‘yicha soliq xavfi past deb aniqlangan soliq to‘lovchilarga (soliq agentlariga) (keyingi o‘rinlarda — soliq to‘lovchilar) nisbatan soliq nazoratini minimallashtirish; soliqqa oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga tanlab olinadigan soliq to‘lovchilarni inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali aniqlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish; soliq xavfi darajasidan kelib chiqib soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvlari shakllarini belgilash. 4. Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni qayta ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) tomonidan belgilanadi. Download 75.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling