Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 75.6 Kb.
bet4/6
Sana09.02.2023
Hajmi75.6 Kb.
#1182953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dadayev Isroil Ikrom o’g’li

aniqlangan soliq xavfi — “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) orqali aniqlanadigan soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari;
potensial soliq xavfianiqlanmagan, biroq uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud bo‘lgan soliq xavfi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq majburiyati — soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan soliq to‘lovchilarga yuklangan soliq va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati; soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan soliq agentlari tomonidan soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchilardan ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq to‘lovchilarni segmentlash — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavf darajasiga qarab soliq to‘lovchilarni muayyan toifalarga ajratish;
soliq xavfi — budjet tizimiga soliq va yig‘imlar (keyingi o‘rinlarda — soliqlar) to‘lanmasligi yoki to‘liq to‘lanmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik ehtimoli;
soliq xavfi darajasi — xavfning yuzaga kelish ehtimoliga va uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga bog‘liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati;
soliq xavfi darajasi mezonlari — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavfini baholash va keyinchalik soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) xavf darajasiga qarab toifalarga ajratish imkonini beruvchi mezonlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq xavfi tahlili — soliq organlarida mavjud bo‘lgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish;

Download 75.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling